Buxoro viloyati Kogon tumani hokimining
Qarori
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Buxoro viloyati hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 508-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1432-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hamda tumanda 2013-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektori (J. Ergashev)ga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxslar tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etsin:
yuridik shaxsning rahbari yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtish kerak boʻlgan mashinalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiyasi);
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan ijaraga berilgan mashinalar sonini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
4. Tuman hokimi oʻrinbosari Gʻ. Djunaitov tumandagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Ushbu qaror “Kogon hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Jalliyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. HAMROYEV
Kogon t.,
2013-yil 1-fevral,
88-son
Tuman hokimining 2013-yil 1-fevraldagi 88-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
|
№ |
Tashkilot va korxonalar nomi |
Koʻrikdan oʻtkazish | |
|
Muddati |
vaqti | ||
| 1. | Tuman MTP toʻliq shirkati | 1-mart 2013-yil | 09-00 |
| 2. | “Agrotexservis” MChJ | 28-fevral 2013-yil | 09-00 |
| 3. | Nurafshon chuqurkoʻl servis MMTP | 2-mart 2013-yil | 09-00 |
| 4. | Zarafshon texnika ravnaqi MMTP | 4-5-mart 2013-yil | 09-00 |
| 5. | Kogon Madadkor Akram MMTP | 6-mart 2013-yil | 09-00 |
| 6. | Kogon Madadkor Mashʼali MMTP | 7-mart 2013-yil | 09-00 |
| 7. | Boʻston texnikasi MMTP | 9-mart 2013-yil | 09-00 |
| 8. | Yoshlik Fayz Baraka MMTP | 11-mart 2013-yil | 09-00 |
| 9. | Kogon tuman obodonlashtirish boʻlimi | 12-mart 2013-yil | 09-00 |
| 10. | “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” Kogon tuman filiali | 13-mart 2013-yil | 09-00 |
| 11. | Qishloq xoʻjalik kolleji | 3-iyun 2013-yil | 09-00 |
| 12. | “Kogon Shoxrud Doʻstlik” ishlab chiqarish korxonasi | 4-iyun 2013-yil | 09-00 |
| 13. | Kogon omuxta yem sotish birlashmasi | 15-mart 2013-yil | 09-00 |
| 14. | Buxoro parranda OAJ | 16-noyabr 2013-yil | 09-00 |
| 15. | Tuman Suvoqova korxonasi | 1-may 2013-yil | 09-00 |
| 16. | Geofizika ekspeditsiyasi OAO | 11-may 2013-yil | 09-00 |
| 17. | Kogon oʻngqirgʻoq boshqarmasi | 12-aprel 2013-yil | 09-00 |
| 18. | PMK-1 ABKS | 13-aprel 2013-yil | 09-00 |
| 19. | Buxoro neftbaza UK | 17-may 2013-yil | 09-00 |
| 20. | Buxoro ABMK | 14-may 2013-yil | 09-00 |
| 21. | “Buxoroqurilish” mollari sh. j. | 8-oktabr 2013-yil | 09-00 |
| 22. | “Buxorotemirbeton” MChJ | 9-oktabr 2013-yil | 09-00 |
| 23. | 6-son vakillik NGSR | 23-mart 2013-yil | 09-00 |
| 24. | “Shuxrat-Servis” MChJ | 26-mart 2013-yil | 09-00 |
| 25. | “Parravshantrans” korxonasi | 7-aprel 2013-yil | 09-00 |
| 26. | “Buxorosantexservis” | 15-aprel 2013-yil | 09-00 |
| 27. | “Neftegazqurilishtaʼmir” | 8-noyabr 2013-yil | 09-00 |
| 28. | “Kogonneftegazqurilishtaʼmir” | 27-noyabr 2013-yil | 09-00 |
| 29. | Kogon “Remstroykombinat” qoʻshma korxona | 19-noyabr 2013-yil | 09-00 |
| 30. | Kogon Aziz-97 X.K. | 15-noyabr 2013-yil | 09-00 |
| 31. | “Suvqurilish” korxonasi | 16-noyabr 2013-yil | 09-00 |
| 32. | Kogon “Burgʻulash va qurilish” MChJ | 28-may 2013-yil | 09-00 |
| 33. | OOO“Neftegazinjinering” | 30-may 2013-yil | 09-00 |
| 34. | Dostonbek Nurobod MChJ | 13-iyun 2013-yil | 09-00 |
| 35. | Kogon tuman Kommunal foydalanish yoʻli | 14-iyun 2013-yil | 09-00 |
| 36. | Kogon “Maxsustrans” MChJ | 24-iyun 2013-yil | 09-00 |
| 37. | UP “Trubodetal” OOO MNGM | 25-iyun 2013-yil | 09-00 |
| 38. | “Kogon Fayz qurilish” MChJ | 23-sentabr 2013-yil | 09-00 |
| 39. | “Said Al Akbar” trofe XK | 24-sentabr 2013-yil | 09-00 |
| 40. | “Qidir Mukim” XK | 25-sentabr 2013-yil | 09-00 |
| 41. | UP “Kipmontajservis” MMGP | 13-avgust 2013-yil | 09-00 |
| 42. | “Bobonavroʻz” XIChF | 14-avgust 2013-yil | 09-00 |
| 43. | Kogon nurli Kelajak | 15-avgust 2013-yil | 09-00 |
| 44. | Buxoro birlashgan yoqilgʻi moy ombori korxonasi | 17-avgust 2013-yil | 09-00 |
| 45. | Qurilish va obodonlashtirish UK | 20-avgust 2013-yil | 09-00 |
| 46. | Jayron ekologiya markazi | 3-dekabr 2013-yil | 09-00 |
| 47. | “Kogon ravon yoʻl” MChJ | 4-dekabr 2013-yil | 09-00 |
| 48. | NGSR-4 vakillik | 5-dekabr 2013-yil | 09-00 |
| 49. | “Chorimegomontaj” MChJ | 6-dekabr 2013-yil | 09-00 |
| 50. | Tumandagi texnikasi mavjud fermer xoʻjaliklar | yil davomida | 09-00 — 16-00 |
| 51. | Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan fuqarolar | yil davomida | 09-00 — 16-00 |
Izoh: hududlardagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari shu hududdagi MMTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtish uchun yigʻiladi.
Tuman hokimining 2013-yil 1-fevraldagi 88-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining
tarkibi
| J. Ergashev | “Davtexnazorat” inspeksiyasi Kogon tuman qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori, komissiya raisi |
| Aʼzolari: | |
| E. Oʻroqov | Kogon tuman MTP toʻliq shirkati rais oʻrinbosari |
| J. Safarov | Tuman “Agrotexservis” MChJ bosh muhandisi |