Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 29.07.2013 yildagi 426-Q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi PQ-1920-sonli “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilning “Obod turmush yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan xalqimizning turmush darajasi va sifatini oshirish, farovonlik, tinchlik va totuvlikni taʼminlash vazifalarini amalga oshirishga resurslar va imkoniyatlarni safarbar qilish, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi PQ-1920-sonli “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi PQ-1920-sonli “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod turmush yili” Davlat dasturi tasdiqlanganligi, quyidagilar uni amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilanganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikni, fuqarolar totuvligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlash, inson huquqlari erkinligi va manfaatlari muhofazasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholi farovonligi va real daromadlarining izchil oʻsishini taʼminlash, ish bilan bandlikni oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni yanada rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda, uning ijtimoiy nochor qatlamlarini va kam taʼminlangan oilalarni davlat tomonidan aniq manzilli muhofaza qilish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholi salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ularni zamonaviy tashxis va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash, kasalliklar profilaktikasini kengaytirish hamda ularni davolashning ilgʻor tibbiy texnologiyalari va metodlarini joriy etish, pirovard natijada odamlarning, ayniqsa bolalar va onalarning sogʻligʻini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, uygʻun kamol topgan oʻsib kelayotgan avlodni professional, zamonaviy darajada tayyorlangan kadrlarni tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini har tomonlama oshirish, taʼlim saviyasini yanada takomillashtirish va sifatini yuksaltirish, taʼlim muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xalqning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi uy-joylar qurish, zamonaviy yoʻllar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, aholi punktlarini toza ichimlik suv, elektr energiyasi va issiqlik bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mahalla institutini va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning huquqlari va vakolatlarini kengaytirish, joylarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, yosh va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam berishni yaxshilash, mahallalar va uy-joy mavzelarining tashqi qiyofasini sifat jihatidan yaxshilash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini hal etishda ularning roli va ahamiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oilalarni yanada mustahkamlash, ayollarning oila va jamiyatdagi roli va maqomini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ish bilan bandligini taʼminlash hamda ayollarning iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalaridagi faoliyatini munosib ragʻbatlantirish, ularning oʻz iqtidorini namoyon qilishi va uy-roʻzgʻordagi ishlarini yengillashtirish uchun qulay ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-dekabrdagi F-3940-sonli “Obod turmush yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasiga “Obod turmush yili” Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va monitoringini olib borish vazifasi yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Obod turmush yili” Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan tumanning hududiy dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Obod turmush yili” hududiy Dasturini amalga oshirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga*, hududiy dasturning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish guruhi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1—3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Obod turmush yili” hududiy Dasturini amalga oshirish boʻyicha tuman komissiyasi (B. Kadirov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda “Obod turmush yili” Davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlari va tadbirlaridan kelib chiqqan holda, boʻlim, tashkilot, korxona va muassasalar hamda har bir mahallalarda “Obod turmush yili”ning hududiy dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod turmush yili” hududiy dasturida belgilangan har bir tadbirning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha boʻlim, tashkilot, korxona va muassasalar, tuman hokimligi va nodavlat notijorat tashkilotlari darajasida ishlar aniq-puxta muvofiqlashtirilishini tashkil etsin hamda dastur amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Obod turmush yili” hududiy dasturi bandlarining bajarilishiga masʼul etib tayinlangan tuman komissiyasi aʼzolari, tegishli tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari hamda shaharcha, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga dasturning har bir bandlari boʻyicha hududiy dastur ishlab chiqish, bajarilishini taʼminlash va monitoring hisobotlarini har oyning 22-sanasiga qadar tuman hokimligi umumlashtirish guruhiga taqdim etib borish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oqdaryo ovozi” gazetasi (Y. Muxammadiyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod turmush yili” Davlat dasturining maqsadi va vazifalarini, uni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va chora-tadbirlarini aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilikning Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida doimiy xabardor boʻlishini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, tuman hokimligi, nodavlat-notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi aniq hissasi yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim N. BERDIBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyish sh,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426-Q-son