1-ILOVA
| 1. | Mirziyoyev Sh.M. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi | |
| 2. | Qosimov R.S. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari | |
| 3. | Bobojonov I. | Xorazm viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari | |
| 4. | Sultonov X.M. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) | |
| 5. | Azizxo‘jayev A.A. | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri | |
| 6. | A’zamov Q. | Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari | |
| 7. | Karimov A. | “Oltin meros” jamg‘armasi raisi | |
| 8. | Jo‘rayev T.I. | Xalq ta’limi vaziri | |
| 9. | Bobokalonov Z. | Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari | |
| 10. | Ikromov A. | O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi mas’ul kotibi | |
| 11. | Yo‘ldoshev B.S. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti | |
| 12. | Ergashev Sh. | Ibn Sino jamg‘armasi raisi | |
| 13. | Norov V.I. | Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari | |
| 14. | Shog‘ulomov R.Sh. | Matbuot va axborot agentligining bosh direktori | |
| 15. | Ko‘chimov A.K. | “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi | |
| 16. | Hazratqulov M. | Milliy axborot agentligi bosh direktori | |
| 17. | Toxtayev A.R. | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi | |
| 18. | Izbasarov A.F. | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari | |
| 19. | Oripov A. | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi | |
| 20. | Murod Muhammad Do‘st | “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori | |
| 21. | Husanboyev B.M. | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi | |
| 22. | Safarov K. | Ma’mun akademiyasi raisi | |
| 23. | Qo‘ziyev T. | Badiiy akademiya raisi | |
| 24. | Ubaydullayev B. | O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi | |
| 25. | Madaminov M. | Xorazm viloyatining Xiva tumani hokimi |
2-ILOVA
| T/r | Tadbirlar mazmuni | Muddatlari | Bajarish uchun mas’ullar |
| I. YUNESKO ishtirokidagi xalqaro tadbirlar | |||
| 1. |
“Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning dunyo ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish |
2005-yil oktyabr |
Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, Xorazm viloyati hokimligi |
| 2. |
“Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning dunyo ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya ma’ruzalari tezislarini e’lon qilishga tayyorlash |
2005-yil oktyabr- noyabr |
YUNESKO ishlari bo‘yicha respublika milliy komissiyasi |
| 3. |
Xorazm Ma’mun akademiyasini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlash |
2004-yil noyabr- dekabr |
YUNESKO ishlari bo‘yicha respublika milliy komissiyasi |
| 4. |
Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazish |
2005-yil oktyabr- noyabr |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
II. Ilmiy-tadqiqot va noshirlik ishlari | |||
| 5. |
Xorazm Ma’mun akademiyasining milliy va jahon fani xazinasiga qo‘shgan hissasini ochib berishga doir ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va ushbu ishlarning natijalarini n�shr etish |
2004-2005 yillar davomida |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| 6. |
Xorazm Ma’mun akademiyasi haqida ilmiy va badiiy asarlarni chop etish |
2004-2005 yillar davomida |
Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” matbaa kompaniyasi |
| 7. |
Xorazm Ma’mun akademiyasi to‘g‘risida ilmiy-ommabop hujjatli film yaratish |
2005-yil | “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 8. |
“Xorazm vohasining taniqli ilm-fan namoyandalari siymosi tasviriy san’at asarlarida” ko‘rgazmasini tashkil etish |
2004-2005 yillar davomida |
Xorazm viloyati hokimligi, Badiiy akademiya |
| 9. |
Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan pochta markalari, konvertlar chiqarish va ularning savdosini tashkil etish |
2005-yil | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
III. Ommaviy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlar | |||
| 10. |
O‘quv yurtlarida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlarining xizmatlarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan ma’rifiy kurslarni tashkil etish |
2004-2005 yillar davomida |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| 11. |
Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni aks ettiruvchi turkum teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda materiallar berib borish |
2004-2005 yillar davomida |
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi |
| 12. |
Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon tamaddunini rivojlantirishdagi tarixiy hissasini chet elda va mamlakat ichida keng reklama va targ‘ib etishni ta’minlash |
2004-2005 yillar davomida |
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Fanlar akademiyasi |
| 13. |
Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi ramzini tayyorlash |
2005-yil | Badiiy akademiya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |