06.09.2013 yildagi 439-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tizimli tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 22-avgustdagi 01-03/1-455-sonli topshiriqlari va viloyat hokimining 2013-yil 28-avgustdagi “2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tizimli tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 192-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda tuman aholisini 2013-2014-yil qish-bahor mavsumida arzon va sifatli meva-sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash uchun ularning zaxirasini yaratish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-avgustdagi 01-03/1-455-sonli majlis bayoni va viloyat hokimining 2013-yil 28-avgustdagi 192-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman aholisi hamda ijtimoiy soha muassasalarini 2013-2014-yil qish-bahor oylarida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida ushbu mahsulotlarni zaxira omborlariga jamgʻarish hajmlari va turlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi (Z. Haydarov) joriy yilning 10-sentabriga qadar moliya boʻlimi (Z. Tangirov), xalq taʼlimi (M. Alqarov), sogʻliqni saqlash (D. Norboyev), Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Oʻrolova)lar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda, joriy yil mavsumida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1a-ilovaga* muvofiq — aholi ehtiyojlari uchun ichki isteʼmol bozoriga grafik asosida savdoga chiqarish uchun tayyorlov tashkilotlari kesimida zaxiraga jamgʻariladigan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1b-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — yirik korxona va tashkilotlar oʻz ishchi xodimlari ehtiyojlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1v-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — sogʻliqni saqlash muassasalarining ehtiyojlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1g-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — xalq taʼlimi muassasalari ehtiyojlari uchun zaxiraga jamgʻariladigan mahsulotlar hajmlariga aniqlik kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2013-2014-yil qish-bahor oylarida tuman ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligi hamda narxlar barqarorligini taʼminlash, shuningdek zaxira tadbirlarini tizimli va samarali tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimligida masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida joriy yilning sentyabr oyidan boshlab — 1-dekabriga qadar har hafta dushanba kuni soat 18-00 dan — 20-00 gacha “zaxira tadbirlarini muhokama qilish soati”ni oʻtkazib borish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 10-sentabriga qadar 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun jamgʻarilishi rejalashtirilgan mahsulotlar turlari va hajmlarini tayyorlov tashkilotlari hamda ijtimoiy sohalar muassasalarigacha yetkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda zaxiraga jamgʻariladigan mahsulotlar hajmlaridan kelib chiqqan holda ularni qish-bahor oylarida sifatli saqlanishini taʼminlash maqsadida mahsulotlarni joylashtiradigan omborlar va sovutkichli sigʻimlarni manzilli roʻyxatini (dislokatsiyasini) aniqlab, 10-sentabrga qadar mavsumga tayyor holga keltirish ishlarini tashkil qilish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 10-sentabriga qadar, zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi savdo tashkilotlari, yirik korxonalar va tashkilotlar, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, ijtimoiy muhofaza muassasalari bilan mahsulot yetishtiruvchi dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa egalari bilan shartnomalar tuzilishini va boʻnak mablagʻlari ajratilishini taʼminlash va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 15-sentabriga qadar, tuzilgan shartnomalar asosida, tayyorlovchi savdo tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilib, ularni bank kreditlari va naqd pul mablagʻlariga boʻlgan talabini banklar kesimida aniqlash, banklarga buyurtmalar berilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira tadbirlariga jalb qilingan sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalariga 2013-yilning dekabr oyi va 2014-yilning yanvar—may oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadlari uchun sarf-xarajatlari smetasiga kiritilgan mablagʻlarni tuman moliya boʻlimi tomonidan joriy yilning 20-sentabriga qadar ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi ishchi-xodimlari koʻp boʻlgan yirik korxonalar va tashkilotlar tomonidan qish-bahor oylarida oʻzlarining ishchi-xodimlari sonidan kelib chiqqan holda, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira omborlariga amalda qoʻyilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 10-sentabridan boshlab — 1-dekabrigacha har haftada qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻini bajarilishini, zaxiraga qoʻyilgan mahsulotlarni ichki isteʼmol bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, joriy yilning dekabr oyidan boshlab 2014-yilning iyun oyigacha savdoga chiqarish boʻyicha 10 kunlik grafik ishlab chiqish va mahsulotlarga narxlarni aholiga maqbul darajada belgilash kabi masalalarni nazorat qilish va tahlil maʼlumotlarini har 10 kunda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan asosiy vazifalar hamda joylarda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini borishi, ichki isteʼmol bozorida oziq-ovqat xavfsizligini hamda narx-navolarni barqaror saqlanishini taʼminlash, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har hafta dushanba kuni tuman hokimligiga axborot berib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman ishchi guruhi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun aholi va ijtimoiy soha muassasalari kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish hajmlari 3-ilova*, zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan omborlar va muzlatkichli sigʻimlarning manzilli roʻyxati dislokatsiyasi 4-ilova*, tayyorlovchi korxonalarni mahsulot saqlovchi omborlar va sovutkichli sigʻimlarga biriktirilishi 5-ilova*, tayyorlovchi korxonalarning moliyaviy ahvoli va talab etiladigan mablagʻlar 6-ilova*, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalarining moliyaviy ahvoli va talab etiladigan mablagʻlar 7-ilova*, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan yirik korxonalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 8-ilova*, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining zaxiraga qoʻyish grafigi 9-ilovalarga* muvofiq tayyorlovchi korxonalar, tashkilotlar sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalarining ishlab chiqqan takliflari boʻyicha bajarilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 9-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mahalla” xayriya jamoat fondi (K. Tatliboyev), har bir mahalla va qishloq fuqarolar yigʻini raislari hamda faollari boshchiligida ishchi guruhi tuzib, aholi oʻrtasida 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinida tuzilgan ishchi guruh masalaga aloqador tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda, aholi tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga jamgʻarilishini xatlovdan (inventarizatsiya) oʻtkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya boʻlimi (Z. Tangirov), Tijorat banki boshqaruvchilariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan tashkilot, korxona va muassasalarga belgilangan tartibda kredit mablagʻlari ajratilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 3-avgustdagi 343-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Z. Haydarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Gʻ. QARShIBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtakor sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 6-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439-son