Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilgari “Toshqishloqmash” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mashinalari va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-apreldagi PQ–830-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Toshqishloqmash” OAJning ishlab chiqarish faoliyati toʻxtatilganligi, u ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi texnikasi nomenklaturasi va ishlab chiqarish aktivlarining bir qismi “TTZ” OAJ va “Chirchiqqishloqmash” OAJga berilganligi, ushbu jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushi tegishli ravishda koʻpaytirilganligi;
yangi qurilish rejalariga muvofiq Toshkent shahrida “Toshqishloqmash” OAJning binolari, inshootlari, yer osti va yer usti kommunikatsiyalari obyektlari, ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha koʻchmas mulk obyektlaridan tashqari, belgilangan tartibda buzib tashlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Toshqishloqmash” OAJning ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulki jamiyat ustav fondidagi davlat ulushi kamaytirilishi, keyinchalik ular ochiq savdoda sotilishi hisobiga belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi balansiga beriladi;
“Toshqishloqmash” OAJning binolari, inshootlari, yer osti va yer usti kommunikatsiyalari obyektlari buzilishi natijasida olingan ikkilamchi materiallarni sotishdan tushgan daromadlar jamiyatning kreditorlik qarzini qaytarishga yoʻnaltiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi uch oy muddatda:
ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda “Toshqishloqmash” OAJning;
“Toshqishloqmash” OAJ unga birlashgandan keyin “Texnolog” OAJning ustav fondlari miqdorlari qayta koʻrib chiqilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-aprel,
79-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-apreldagi 79-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Toshqishloqmash” OAJning Toshkent shahar hokimligiga berilayotgan koʻchmas mulklari
ROʻYXATI
| 1. | 9 qavatli maʼmuriy korpus, unga tutash savdo paviloni bilan birga. |
| 2. | Savdo markazi, shu jumladan markaziy oshxona va “Rohat” paviloni. |
*Berilayotgan obyektlar quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Musaxonov koʻchasi, 2.