Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 10.08.2013 yildagi 426-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining shu mazmundagi 2013-yil 11-iyuldagi 154-Q-sonli qarorini tumanda bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining shu mazmundagi 2013-yil 11-iyuldagi 154-Q-sonli qarori rahbarlik va amalda bajarish uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 19-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bosh vazirning oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruh tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uy-joy fondi, unga xizmat koʻrsatuvchi markazlashtirilgan qozonlar va qozonxonalarni, sovuq suv va markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tarmoqlarini joriy va kapital taʼmirlash, irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish, markaziy va kvartallar ichidagi koʻchalarni sanitariya jihatidan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek Toshkent shahri va respublikaning 28 ta yirik shaharlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B. I. Zakirov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlariga, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga belgilangan muddatlarda hamda yetarli hajmlarda yoqilgʻi-energetika resurslarining asosiy turlarini — tabiiy gaz, elektr energiyasi, mazut, pech yoqilgʻisi, koʻmir, tom yopish uchun qattiq bitumni uzluksiz yetkazib berish, elektr va gaz taʼminoti, gaz taqsimlash punktlari va transformator podstansiyalarini kapital va joriy taʼmirlashni amalga oshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ. I. Ibragimov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablar, bolalar bogʻchalari, “Mehribonlik” va mehr-shafqat uylari, tibbiyot muassasalari, kollejlar, litseylar, oliy oʻquv muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga, mazkur obyektlarning tomlarini, ichki isitish tizimlari va qozonxonalarini joriy va kapital taʼmirlab, ularni muqobil yonilgʻi turlaridan foydalanishga oʻtkazishni, obyektlarning issiqlik bilan taʼminlanishini, tegishli sanitariya holati, ularning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutuvchi ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A. I. Ikramov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hudud doirasida, shu jumladan respublikaning 28 ta yirik shaharlari va tumanlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi, masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga tayyorlash boʻyicha tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari, asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil kuz-qish mavsumida hududlar boʻyicha aholi ehtiyojlari uchun koʻmir jamgʻarish va budjet sohasi uchun koʻmir yetkazib berish topshirigʻi 3* va 3a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq va mahalla fuqarolari yigʻini raislari rahbarligida iqtisodiyot tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalari tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman komissiyasi (S. Doʻsmurodov) kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, qozonxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumtaʼlim maktablari, oʻquv yurtlari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin va shu yilning 24-iyulidan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning maxsus majlisini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislari, shuningdek masʼul tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman komissiyasi (S. Doʻsmurodov) tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2013-2014-yillar kuz-qish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan zarur tashkiliy tadbirlar kompleksi belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Doʻsmurodov va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Quliyevlar zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim P. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayloq sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426-q-son