Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining
Qarori
Tumanda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-Q sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-Q sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika shaharlari va tumanlaridagi obodonlashtirish masalalari boʻyicha tashkilotlarni (boʻlinmalarni) qayta tashkil etish va ularning negizida obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligini inobatga olib, tumandagi Obodonlashtirish boʻlimi qayta tashkil etilib, uning negizida obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
4. Quyidagi ishlar:
koʻchalar, skvyerlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa koʻkalamzor zonalarni koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
yoʻl-koʻprik xoʻjaligini (koʻchalar, yoʻlaklar qatnov qismining yoʻl qoplamasi, bekat koʻtarmalari, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport chorrahalari va yoʻl oʻtkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash;
drenaj xoʻjaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sunʼiy havzalar, yer osti va yomgʻir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yoʻllar va koʻchalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar;
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda dafn etish va davlat veterinariya boʻlimlariga olib kelish;
ekologiya meʼyorlari, sanitariya, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga hamda boshqa meʼyorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylarini (qabristonlar) va qabr ustiga oʻrnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Niyozov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. IBRAGIMOV
Nurobod t.,
2013-yil 22-mart,
128-Q-son