Xorazm viloyati hokimining
Qarori
Yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xorazm viloyati hokimining 2014-yil 27-martdagi 80-q-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Tavarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq Urganch shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. “Urganch maxsus sanitar trans” ishlab chiqarish davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Urganch maxsus sanitar trans” IChDK deb yuritiladi) (A. Erniyazov) tomonidan Urganch shahridagi Yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq xoldagi maishiy chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda “Chiqindilar” deb yuritiladi) olib ketish va qabul qilish xizmatlari uchun toʻlov miqdorlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. “Urganch maxsus sanitar trans” IChDK tomonidan aholidan chiqindilarni toʻplab olib ketganligi uchun toʻlovlarni vaqtida toʻlanishida, mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda koʻp kvartirali uylarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yaqindan amaliy yordam koʻrsatsinlar.
3. Urganch shahar hokimligi “Urganch maxsus sanitar trans” IChDK tomonidan shaharda yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda chiqindilarni olib ketishda aholini hayotiga, sogʻligʻiga va atrof-muhitga, isteʼmolchilarni shaxsiy mulkiga zarar olib kelmaydigan holda va sanitariya qonun hujjatlariga, sanitariya normalariga, qoidalariga rioya etilishi taʼminlansin:
Chiqindilarni olib ketishda kommunal xizmati toʻlovi miqdorlarining toʻliq undirilishi va mablagʻlarning maqsadli foydalanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
4. Mazkur qaror “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Roʻzmetov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. BOBOJONOV
Urganch sh.,
2013-yil 27-aprel,
87-son
(“Xorazm haqiqati” gazetasi, 11.05.2013-y., 38-son)