Buxoro viloyati Shofirkon tumani hokimining
Qarori
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Buxoro viloyat hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 508-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1432-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hamda tumanda 2013-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektor (M. Qobilov)ga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxslar tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etsin:
yuridik shaxsning rahbari yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtish kerak boʻlgan mashinalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiyasi);
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan ijaraga berilgan mashinalar sonini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
4. Tuman hokimi oʻrinbosari J. Jalilovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Ushbu qaror “Shofirkon ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Gʻaybullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. JOʻRAYEV
Shofirkon t.,
2013-yil 24-yanvar,
41-son
Tuman hokimining 2013-yil 24-yanvardagi 41-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
| № |
Tashkilot va korxonalar nomi |
Koʻrikdan oʻtkazish | |
|
Muddati |
Vaqti | ||
| 1. | Shofirkon Agrotexservis MChJ | 01.03.2013-y. | 9.00 |
| 2. | Shofirkon MTPO AJ | 02.03.2013-y. | 9.00 |
| 3. | Shofirkon Durmen MMTP | 04-05.03.2013-y. | 9.00 |
| 4. | Denav texnika MMTP | 06-07.03.2013-y. | 9.00 |
| 5. | U. Asadov texnika MMTP | 07-08.03.2013-y. | 9.00 |
| 6. | Shofirkon Naqqosh MMTP | 10-11.03.2013-y. | 9.00 |
| 7. | Shofirkon Savrak MMTP | 12-13.03.2013-y. | 9.00 |
| 8. | Talisafetobod MMTP | 14-15.03.2013-y. | 9.00 |
| 9. | Shofirkon Iskogare MMTP | 17-18.03.2013-y. | 9.00 |
| 10. | Shofirkon Mashʼal MMTP | 19-20.03.2013-y. | 9.00 |
| 11. | Chigilbak Chandir MMTP | 25-26.03.2013-y. | 9.00 |
| 12. | Burku Sarmast Vardonze MMTP | 27-28.03.2013-y. | 9.00 |
| 13. | Shofirkon Choʻlquvar MMTP | 29-30.03.2013-y. | 9.00 |
| 14. | Shofirkon obodonlashtirish boʻlimi | 01.04.2013-y. | 9.00 |
| 15. | Shofirkon Qishloqxoʻjalik kasb-hunar kolleji | 10.06.2013-y. | 9.00 |
| 16. | Shofirkon Davsuvmaxsus pudrat unitar korxonasi | 02-03.04.2013-y. | 9.00 |
| 17. | Qishloqxoʻjalikimyo Shofirkon tuman filiali | 04-05.04.2013-y. | 9.00 |
| 18. | Oʻsimliklarni himoya qilish otryadi | 06.04.2013-y. | 9.00 |
| 19. | MPMK 203 OAJ | 04.05.2013-y. | 9.00 |
| 20. | PMK 2 | 09-10.07.2013-y. | 9.00 |
| 21. | Shofirkon oʻrmon xoʻjaligi | 11.07.2013-y | 9.00 |
| 22. | Tumandagi texnikasi mavjud fermer xoʻjaliklari | Yil davomida | 9-16 00 |
| 23. | Shaxsiy texnikasi mavjud boʻlgan fuqarolar | Yil davomida | 9-16 00 |
Tuman hokimining 2013-yil 24-yanvardagi 41-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tumandagi Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalari va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining
tarkibi
| M. Qobilov | “Davtexnazorat” inspeksiyasi Shofirkon tuman Qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori, komissiya raisi |
| Aʼ3OLARI: | |
| I. Abdullayev | Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari |
| A. Ochilov | “Shofirkonagrotexservis” MChJ mutaxassisi |