Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2527]
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 23-dekabrdagi 329-V-4-sonli va Moliya vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 57-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2527-4, 03.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda), “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 188-modda), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
329-V-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
98-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda), “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 188-modda), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat maqsadli jamgʻarmasi — Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi;
davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi — davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablagʻlar;
qarz oluvchilar (qarzdor) — yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mikrokreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
3. Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi foiz stavkasining 50 foizini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar boʻyicha foizlar ular berilgan kundan boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi kundan boshlab undiriladi.
6. Mikrokreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarini qurishni moliyalash, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti;
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov maqsadlari uchun berilishi mumkin emas.
II bob. Mikrokreditlar berish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish;
mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash;
hunarmandchilikni rivojlantirish;
kasanachilikni tashkil etish;
xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega boʻladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
kam taʼminlangan oilalar aʼzolari;
tarkibida nogironlar, jumladan Koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari boʻlgan oilalar;
tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band boʻlmagan aʼzolari boʻlgan oilalar;
boquvchisini yoʻqotgan oilalarning aʼzolari;
yosh oilalarning aʼzolari.
Qarz oluvchi oʻzining mazkur bandda nazarda tutilgan oila aʼzosi ekanligini tasdiqlash uchun bankka fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining maʼlumotnomasini taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
III bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish
9. Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
qarz oluvchining bank hisobvaragʻiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi koʻrsatilgan biznes-reja;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat soliq inspeksiyasining qarz oluvchi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan kredit taʼminoti turlaridan biri.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarning mikrokredit olish boʻyicha arizalarini elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy taʼminot joriy qilinishi mumkin.
11. Qarz oluvchilar mikrokredit qaytarilishining taʼminoti sifatida xizmat koʻrsatuvchi bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
mol-mulk garovi;
Keyingi tahrirga qarang.
bank yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
12. Mikrokredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu mikrokredit boʻyicha oʻz qiymatining 80 foizi miqdorida garov predmeti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar qarz oluvchilar tomonidan mikrokredit qaytarilishining taʼminoti sifatida taqdim qilgan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
13. Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi oʻrtasida 3 nusxada tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur shartnomaning oxirgi varagʻiga kafillik qabul qilinganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan yozuv kiritiladi.
14. “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan, qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil qarzni qaytarish muddati tugagach, xizmat koʻrsatuvchi bankning birinchi talabiga binoan shartnomaga muvofiq qarz oluvchining qarzini toʻlashi shart.
IV bob. Kredit liniyalarini ochish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Kredit liniyasini ochish uchun davlat maqsadli jamgʻarmasi va Bosh bank oʻrtasida Bosh kelishuv tuziladi. Bosh kelishuvda banklarning viloyat va tuman boʻlimlari tomonidan mikrokreditlar berishda oʻrnatiladigan limit (chegara)lar boʻyicha alohida shart belgilab qoʻyilishi zarur.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasini ochish toʻgʻrisida Bosh kelishuvlarni bir yoki bir necha tijorat banklari bilan tuzishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Bosh kelishuv imzolangandan soʻng, davlat maqsadli jamgʻarmasi va Bosh bank oʻrtasida kredit liniyasini ochish boʻyicha kredit shartnomasi tuziladi. Bunday kredit shartnomalari, agar Bosh bank tomonidan vakolat berilgan boʻlsa, tijorat banklari va davlat maqsadli jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari oʻrtasida ham tuzilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kredit liniyasini ochish boʻyicha kredit shartnomasi imzolangandan soʻng, davlat maqsadli jamgʻarmasi har oyning 15-sanasidan kechiktirmay tegishli summani tijorat bankining vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyalari hisobidan qarz oluvchilarga berilgan mikrokreditlar 22005 — “Budjetdan tashqari fondlarga toʻlash uchun uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻida hisobga olinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Mikrokreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar alohida hisobvaraqda jamlanadi va shartnomada belgilangan muddatlarda davlat maqsadli jamgʻarmasining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugagandan soʻng, Bosh bank davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlarini qarzdorlar tomonidan amalda qaytarilishidan qatʼi nazar, hisoblangan foizlarni qoʻshgan holda davlat maqsadli jamgʻarmasining bank hisobvaragʻiga qaytarishi shart.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Davlat maqsadli jamgʻarmasi oʻzining kredit liniyalari hisobidan berilgan mikrokreditlardan maqsadli foydalanilishini oʻrganish maqsadida kredit yigʻmajildlarini koʻrib chiqish va tijorat bankining vakili bilan birga tegishli joyga chiqqan holda monitoring oʻtkazish huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tijorat bankining mikrokreditdan maqsadli foydalanmayotganligi aniqlangan taqdirda, davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasining maqsadsiz ishlatilgan qismini muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqli.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tijorat banklari davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyalarini oʻzlashtirish holati toʻgʻrisida har chorakda davlat maqsadli jamgʻarmasiga mazkur jamgʻarmaning kredit liniyasi hisobidan mikrokredit olgan qarz oluvchilar roʻyxatini ilova qilgan holda maʼlumot taqdim etadi. Mazkur maʼlumotlar asosida har chorakda tijorat banki va davlat maqsadli jamgʻarmasi oʻrtasida mablagʻlarning ishlatilishi haqida oʻzaro solishtirma dalolatnoma tuziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
V bob. Mikrokreditlar berishni rasmiylashtirish
25. Tijorat banklari oʻzlari bilan muntazam aloqaga ega, bank hisobvaragʻida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obroʻ va kredit tarixiga ega boʻlgan qarz oluvchilarga mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlaridan birini talab qilmay blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega.
26. Tijorat banki va mijoz oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilgandan soʻng, kredit boʻlimi xodimi bank buxgalteriyasiga muddati va foiz stavkasini koʻrsatgan holda kredit hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi farmoyishni taqdim etadi. Bunda mikrokredit berish boʻyicha qaror qabul qilingandan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi.
27. Qarz oluvchining mikrokredit berish boʻyicha arizasi xizmat koʻrsatuvchi bankka kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida koʻrib chiqilishi va tegishli qaror qabul qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan mikrokredit berish yoki uni berishni rad etish uchun tijorat banki filialining qarori asos hisoblanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
29. Qarz oluvchining arizasi bank tomonidan koʻrib chiqilayotganda, quyidagilar tahlil qilinadi:
qarz oluvchining daromadlari yetarliligi;
qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid emasligi;
qarz oluvchining majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish imkoniyati mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tijorat banki filiali kredit qoʻmitasi tomonidan qarz oluvchining investitsiya loyihasi maʼqullangandan soʻng, davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit liniyasida mablagʻ mavjud boʻlmasa, tijorat banki filiali shu kunning oʻzida Bosh bankka yoki tegishli hududiy boʻlimiga mazkur kredit liniyasi boʻyicha qoʻshimcha mablagʻlar ajratish boʻyicha buyurtma bilan murojaat qiladi. Mazkur buyurtma asosida Bosh bank yoki viloyat boʻlimi buyurtma olingan kunning ertasidan kechiktirmay davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan talab qilinayotgan summani ajratadi.
Agar davlat maqsadli jamgʻarmasining Bosh bankda ochilgan kredit liniyasida mablagʻlar mavjud boʻlmasa, Bosh bank shu kunning oʻzidayoq bu haqda buyurtma bilan murojaat qilgan tegishli tijorat banki filialiga xabar berish bilan birga, davlat maqsadli jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish haqida talabnoma joʻnatadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tijorat banki filiali davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit liniyasida mablagʻlar vaqtinchalik mavjud emasligi haqida xabar olgan kunning ertasidan kechiktirmay, bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi. Bank filialining kredit qoʻmitasi kalendar navbati asosida mikrokredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan qarz oluvchilar nomi koʻrsatilgan roʻyxat tuzadi.
Mazkur roʻyxat davlat maqsadli jamgʻarmasi boʻyicha alohida tuziladi va barchaning tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joyga osib qoʻyiladi. Roʻyxatning bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan nusxalari Bosh bank yoki viloyat boʻlimiga taqdim etiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit liniyasiga mablagʻ kelib tushgandan soʻng, mikrokreditlar mazkur kredit liniyasi hisobidan roʻyxatdagi navbat boʻyicha beriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
VI bob. Monitoring oʻtkazish
33. Mikrokreditlar qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochilgan tijorat banklari tomonidan beriladi.
Mikrokreditlar alohida kredit hisobvaragʻini ochish va ushbu hisobvaraqdan toʻlov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar uchun naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
34. Mikrokreditlar boʻyicha muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va toʻla qaytarilgunga qadar 91905 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar boʻyicha majburiyatlari” koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻida hisobga olinadi.
35. Mikrokreditlarni qaytarish muddati kelgan vaqtda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida kreditni qaytarish uchun mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur mikrokredit muddati oʻtgan kreditlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va u boʻyicha rasmiylashtirilgan muddatli majburiyatnomalar toʻlovi esa, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) muvofiq, 2-sonli kartoteka orqali kalendar navbati boʻyicha amalga oshiriladi.
36. Tijorat banklari mikrokreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring oʻtkazadi.
37. Monitoring oʻtkazish jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, tuzgan shartnomalari (buyurtmalar) boʻyicha majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlari, foydasi, aylanma mablagʻlari aylanmasi va dinamikasi hamda tovar-moddiy boyliklar zaxirasi holati tahlil qilib boriladi. Tahlillar natijasi qarz oluvchi uchun tijorat bankida ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi.
Tijorat banklari xodimlari garov taʼminotining holati va berilgan mikrokreditdan maqsadli va samarali foydalanilayotganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
38. Mikrokreditdan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banki qarzdorga kelgusida kredit berishni rad etishga yoki mikrokredit summasi va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarib olishga hamda shartnomada belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga haqlidir.
39. Qarzdor mikrokredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida toʻlashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini bank tasarrufiga berishdan bosh tortgan hollarda, tijorat banki tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi.
40. Qarz oluvchining garov taʼminoti mikrokredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-son, 186-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibiga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
VII bob. Yakuniy qoidalar
41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 27.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 26-son, 323-modda)
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 14-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 622-modda; 2014-y., 26-son, 323-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son; 22.04.2019-y., 10/19/2527-3/2986-son)