Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021 24.01.2013 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati Buxoro shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Buxoro viloyat hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mashina va asbob-uskunalarining texnik holatini nazorat qilish bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi hamda tumanda 2013-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahardagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga, shahardagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahar qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektor (S. Niyozov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ, yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxslar shahar qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rahbari yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtish kerak boʻlgan mashinalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan ijaraga berilgan mashinalar sonini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Huseynovga shahardagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki ochiq aksionerlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror “Buxoro oqshomi” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Huseynov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim V. OʻRINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2013-yil 24-yanvardagi 102-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahardagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎‏ Tashkilot va korxonalar nomi‎‏ Koʻrikdan oʻtkazish‎‎
muddati‎

vaqti‎

1.‎ Buxoro-Navoiy XDAAYSITFDK‎ 20.02.2013-y.‎ 09-00‎
2.‎ 220-son KMS MChJ‎ 21.02.2013-y.‎ 09-00‎
3.‎ Losha “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” tumanlararo korxonasi‎ 22.02.2013-y.‎ 09-00‎
4.‎ “Buxorotelekom” filiali‎ 23.02.2013-y.‎ 09-00‎
5.‎ Buxoro davlat Universiteti‎ 25.02.2013-y.‎ 09-00‎
6.‎ Buxoro Qishloq xoʻjalik kolleji‎ 26.02.2013-y.‎ 09-00‎
7.‎ Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari boshqarmasi (UNES)‎ 27.02.2013-y.‎ 09-00‎
8.‎ OOO “Kovrov Servis”‎ 28.02.2013-y.‎ 09-00‎
9.‎ SMU-3 “Amu-Buxorokanalqurilish”‎ 01.03.2013-y.‎ 09-00‎‎
10.‎ “Buxorovtorchermet” sh/k‎ 02.03.2013-y.‎ 09-00‎
11.‎ B�xoro MK-7 KEK‎ 04.03.2013-y.‎ 09-00‎
12.‎ “Buxoromaxsusqurilish” h.j.‎ 05.03.2013-y.‎ 09-00‎
13.‎ “Buxorodonmahsulotlari” AOOT‎ 06.03.2013-y.‎ 09-00‎
14.‎ Viloyat “MITIChB”‎ 07.03.2013-y.‎ 09-00‎
15.‎ “Buxorosoztaʼmirservis” IChSh‎ 09.03.2013-y.‎ 09-00‎
16.‎ “Buxoriylar avlodi” x/f‎ 11.03.2013-y.‎ 09-00‎
17.‎ Viloyat “Suvoqova” i.ch birlashmasi‎ 12.03.2013-y.‎ 09-00‎
18.‎ “Buxorotaʼmirservis”‎ 15.03.2013-y.‎ 09-00‎
19.‎ Buxoro shahar uy-joylarni taʼmirlash MChJ‎ 16.03.2013-y.‎ 09-00‎
20.‎ Buxoro taʼminotchi quruvchi MChJ‎ 18.03.2013-y.‎ 09-00‎
21.‎ Viloyat “Gʻoʻza urugʻchilik” boshqarmasi‎ 19.03.2013-y.‎ 09-00‎
22.‎ Buxoro shahar obodonlashtirish korxonasi‎ 20.03.2013-y.‎ 09-00‎
23.‎ Viloyat oʻrmon xoʻjaligi‎ 22.03.2013-y.‎ 09-00‎
24.‎ OʻzPITI Buxoro filiali xoʻjaligi‎ 23.03.2013-y.‎ 09-00‎
25.‎ Tajriba tayanch xoʻjaligi‎ 25.03.2013-y.‎ 09-00‎
26.‎ Sohibkor texnikasi MMTP‎ 26.03.2013-y.‎ 09-00‎
27.‎ “Binokor-97” korxonasi‎ 27.03.2013-y.‎ 09-00‎
28.‎ “Buxorotaʼmirlash” IChSh (RMZ)‎ 28.03.2013-y.‎ 09-00‎
29.‎ “Prodress Andit” MChJ‎ 29.03.2013-y.‎ 09-00‎
30.‎ Losha “Agromashservis” IChSh‎ 30.03.2013-y.‎ 09-00‎
31.‎ Buxoro yuqori texnologiya muhandislik oliygohi‎ 01.04.2013-y.‎ 09-00‎
32.‎ Shahardagi texnikasi mavjud fermer xoʻjaliklar‎ yil davomida‎ 09-00dan
‎16-00 gacha‎
33.‎ Shahardagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan fuqarolar‎ yil davomida‎ 09-00dan
‎16-00 gacha‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Hududlardagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari shu hududdagi MMTP va xoʻjaliklarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtish uchun yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2013-yil 24-yanvardagi 102-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahardagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S. Niyozov‎ “Davtexnazorat” Buxoro shahar qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektor, komissiya raisi‎

Aʼzolari:‎‎‎

A. Fattoyev‎ Shahar hokimligi bosh mutaxassisi‎
O. Kurbonov‎ “Sohibkor texnikasi” MMTP raisi‎