Buxoro viloyati Buxoro tumani hokimining
Qarori
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Buxoro viloyat hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 508-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1432-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hamda tumanda 2013-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektorlar (Z. Muxuddinov, Sh. Murodov)ga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxslar tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etsin:
yuridik shaxsning rahbari yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtish kerak boʻlgan mashinalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiyasi);
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan ijaraga berilgan mashinalar sonini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
4. Tuman hokimi oʻrinbosari U. Rajabov tumandagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Ushbu qaror “Galoosiyo ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Toxirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim H. RAVShANOV
Buxoro t.,
2013-yil 2-fevral,
57-son
Tuman hokimining 2013-yil 2-fevraldagi 57-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
|
№ |
Tashkilot va korxonalar nomi |
Koʻrikdan oʻtkazish | |
|
muddati |
vaqti | ||
| 1. | Kunjukala MMTP | 25-fevral 2013-y. | 09-00 |
| 2. | “Agrotexservis” MTP MChJ | 28-fevral 2013-y. | 09-00 |
| 3. | Galo-Osiyo MTP OAJ | 3-mart 2013-y. | 14-00 |
| 4. | Yangi-Turmush MMTP | 21-fevral 2013-y. | 09-00 |
| 5. | Doʻstlik MMTP | 22-fevral-mart 2013-y. | 09-00 |
| 6. | Kavola Maxmud MMTP | 1-mart 2013-y. | 09-00 |
| 7. | Bogikalon MMTP | 2-mart 2013-y. | 09-00 |
| 8. | Losha MMTP | 19-fevral 2013-y. | 09-00 |
| 9. | Bogdash MMTP | 19-fevral 2013-y. | 09-00 |
| 10. | Yurinbolo MMTP | 18-fevral 2013-y. | 09-00 |
| 11. | Shergiron MMTP | 4-mart 2013-y. | 09-00 |
| 12. | Rabotikalmok MMTP | 5-mart 2013-y. | 09-00 |
| 13. | Novmetan MMTP | 15-fevral 2013-y. | 09-00 |
| 14. | Qishloqxoʻjalikkimyo tuman filiali | 13-mart 2013-y. | 09-00 |
| 15. | Tuman Qishloq xoʻjalik kolleji | 14-mart 2013-y. | 09-00 |
| 16. | 99-son yoʻl qurilish boʻlimi | 1-may 2013-y. | 09-00 |
| 17. | Tuman obodonlashtirish boshqarmasi | 2-may 2013-y. | 09-00 |
| 18. | Tuman Davlat unitar korxonasi | 4-may 2013-y. | 09-00 |
| 19. | Paxta tozalash zavodi | 4-aprel 2013-y. | 09-00 |
| 20. | 47-son MPMK | 5-may 2013-y. | 09-00 |
| 21. | Tumandagi texnikasi mavjud fermer xoʻjaliklar | yil davomida | 09-00-16-00 |
| 22. | Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan fuqarolar | yil davomida | 09-00-16-00 |
Izoh: hududlardagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari shu hududdagi MMTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtish uchun yigʻiladi.
Tuman hokimining 2013-yil 2-fevraldagi 57-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining
tarkibi
| Z. Muxuddinov | “Davtexnazorat” inspeksiyasi Buxoro tuman qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori, komissiya raisi |
| Aʼzolari: | |
| Sh. Murodov | “Davtexnazorat” inspeksiyasi Buxoro tuman qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori |
| Z. Kodirov | Tuman MTP OAJ rais |