Navoiy viloyati Tomdi tumani hokimining
Qarori
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan traktor, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yil 15-noyabrdagi “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 248-son buyrugʻini ijrosini taʼminlash hamda tumandagi shirkat xoʻjaliklari, tashkilotlar va kichik korxonalar hamda fuqarolarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalari 2013-yil 6-maydan 2013-yil 1-avgustga qadar yillik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Shirkat xoʻjaliklari, tashkilot va kichik korxona rahbarlari texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtish uchun Agrosugʻirtaga tegishli boʻlgan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasin.
4. Tuman qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori (N. Turmaxanov)ga texnik koʻrik natijalari boʻyicha 2013-yil 5-avgustga qadar tuman hokimligiga maʼlumot berish topshirilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Asubayev zammasiga yuklatilsin.
Hokim Q. ALDABERGENOV
Tomdi t.,
2013-yil 3-may,
90-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 3-maydagi 90-q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan traktor, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiya
TARKIBI
| 1. | N. Turmaxanov | tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektori, komissiya raisi |
| 2. | M. Aytbayev | tuman YXTPTFK korxonasi bosh mexanigi |
| 3. | X. Amanov | tuman Agrosugʻurta boʻlimi bosh menedjeri |
| 4. | Barcha shirkat xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlar bosh muhandislari | |
Tuman hokimining 2013-yil 3-maydagi 90-q-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan traktor, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
|
№ |
Tashkilot nomi |
Muddati |
| 1. | Balimanov shirkat xoʻjaligi | 06.05.2013-y. |
| 2. | Tomdi shirkat xoʻjaligi | 07.05.2013-y. |
| 3. | Birlik shirkat xoʻjaligi | 13.05.2013-y. |
| 4. | Keregetau shirkat xoʻjaligi | 14.05.2013-y. |
| 5. | Kerizbuloq shirkat xoʻjaligi | 15.05.2013-y. |
| 6. | Janasharua shirkat xoʻjaligi | 16.05.2013-y. |
| 7. | Tomdi YXTPTFK korxonasi | 17.05.2013-y. |
| 8. | Tomdi tuman Oʻrmon xoʻjaligi boʻlimi | 20.05.2013-y. |
| 9. | Tomdi Agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji | 21.05.2013-y. |
| 10. | Ayaqquduq shirkat xoʻjaligi | 22.05.2013-y. |
| 11. | Tomdi “Mashina traktor parki” MChJ | 24.05.2013-y. |
| 12 | Tomdi “Obi hayot” boʻlimi | 27.05.2013-y. |
| 13. | “Tomdi kommunalchisi” MChJ | 27.05.2013-y. |
| 14. | “Tomdi qurilish” xususiy korxonasi | 03.06.2013-y. |
| 15. | “Sarbon” MChJ | 04.06.2013-y. |
| 16. | “Zarafshontrans” MChJ | 10.06.2013-y. |
| 17. | “Navoiyneftbazasi” UK Zarafshon filiali | 10.06.2013-y. |
| 18. | GP “Qizil-Qum” GRE | 12.06.2013-y. |
| 19. | S.T Miraj | 14.06.2013-y. |
| 20. | “Aqtau Prom Invest” xususiy korxonasi | 17.06.2013-y. |
| 21. | Zarafshon obodonlashtirish boshqarmasi | 19.06.2013-y. |
| 22. | Fuqarolarga tegishli texnikalar | 01.07.2013-y. 30.07.2013-y. |