16.09.2013 yildagi 550-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tizimli tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyat hokimining 2013-yil 28-avgustdagi “2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tizimli tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 192-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilish asosida tuman aholisini arzon va sifatli meva-sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-avgustdagi 01-03/1-455-sonli majlis bayoni va viloyat hokimining 2013-yil 28-avgustdagi 192-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman aholisi hamda ijtimoiy soha muassasalarini 2013-2014-yil qish-bahor oylarida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida ushbu turdagi mahsulotlarni zaxira omborlariga jamgʻarish hajmlari va turlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, tuman iqtisodiyot boʻlimi (O. Musanov) joriy yilning 20-sentabriga qadar moliya, xalq taʼlimi, tibbiyot birlashmasi, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda, joriy yil mavsumida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1a-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — aholi ehtiyojlari uchun ichki isteʼmol bozoriga grafik asosida savdoga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1b-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — yirik korxonalar va tashkilotlarning oʻz ishchi xodimlari ehtiyojlarini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1v-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — tibbiyot birlashmasining ehtiyojlariga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1g-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — xalq taʼlimi muassasalari ehtiyojlarini qoplash uchun zaxiraga jamgʻariladigan mahsulotlar hajmlariga aniqlik kiritib, tuman hokimligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2013-2014-yil qish-bahor oylarida tuman ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligi hamda narxlar barqarorligini taʼminlash, shuningdek zaxira tadbirlarini tizimli va samarali tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimligida masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida joriy yilning sentyabr oyidan boshlab — 1-dekabrga qadar har hafta dushanba kuni soat 18-00 dan — 20-00 gacha “zaxira tadbirlarini muhokama qilish soati”ni oʻtkazib borish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 20-sentabriga qadar, 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun jamgʻarilishi rejalashtirilgan mahsulotlar turlari va hajmlarini tayyorlov tashkilotlari hamda ijtimoiy sohalar muassasalarigacha yetkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda, zaxiraga jamgʻariladigan mahsulotlar hajmlaridan kelib chiqqan holda, ularni qish-bahor oylarida sifatli saqlanishini taʼminlash maqsadida, mahsulotlarni joylashtiriladigan omborlar va sovutkichli sigʻimlarni manzilli roʻyxatini (dislokatsiyasini) aniqlab, ularni joriy yilning 15-sentabriga qadar mavsumga tayyor holga keltirish ishlarini tashkil qilish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 20-sentabriga qadar, zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi savdo tashkilotlari, yirik korxonalar va tashkilotlar, sogʻlikni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalarining manzilli roʻyxatini tuzib, ularga zaxira hajmlarini belgilab berish hamda mahsulot saqlashga ixtisoslashgan omborlar va sovutgichli sigʻimlarga biriktirib berilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 20-sentabriga qadar, zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi savdo tashkilotlari, yirik korxonalar va tashkilotlar, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalar bilan mahsulot yetishtiruvchi dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa egalari bilan shartnomalar tuzilishini va boʻnak mablagʻlari ajratilishini taʼminlash va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 20-sentabriga qadar, tuzilgan shartnomalar asosida, tayyorlovchi savdo tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilib, ularni bank kreditlari va naqd pul mablagʻlariga boʻlgan talabini banklar kesimida aniqlash, banklarga buyurtmalar berilishini tashkil qilish va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida masalani hal qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira tadbiriga jalb qilingan sogʻlikni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalariga 2013-yilning dekabr oyi va 2014-yilning yanvar — may oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadlari uchun sarf-xarajatlari smetasiga kiritilgan mablagʻlarni tuman moliya boʻlimi tomonidan istisno tariqasida joriy yilning 20-sentabriga qadar ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi ishchi-xodimlari koʻp boʻlgan yirik korxonalar va tashkilotlar tomonidan qish va bahor oylarida oʻzlarining ishchi-xodimlari sonidan kelib chiqqan holda, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira omborlariga amalda qoʻyilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 20-sentabridan boshlab, 1-dekabrigacha har haftada qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻini bajarilishini, zaxiraga qoʻyilgan mahsulotlarni ichki isteʼmol bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda joriy yilning dekabr oyidan boshlab 2014-yilning iyun oyigacha savdoga chiqarish boʻyicha 10 kunlik grafik ishlab chiqish va mahsulotlarga narxlarni aholiga maqbul darajada belgilash kabi masalalarni nazorat qilish va tahlil maʼlumotlarini har 10 kunda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan asosiy vazifalar hamda joylarda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini borishi, ichki isteʼmol bozorida oziq-ovqat xavfsizligini hamda narx-navolarni barqaror saqlanishini taʼminlanishi yuzasidan maxsus muhokamalar oʻtkazish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligiga axborot berib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman ishchi guruhi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun maqsadli yoʻnalishlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish hajmlari 3-ilova*, zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan omborlar va muzlatkichli sigʻimlarning manzilli roʻyxati (dislokatsiyasi) 4-ilova*, zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi korxonalarni mahsulot saqlovchi omborlar va sovutkichli sigʻimlarga biriktirilishi 5-ilova*, zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi korxonalarining moliyaviy ahvoli va talab etiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 6-ilova*, zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan sogʻlikni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalarining moliyaviy ahvoli va talab etiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 7-ilova*, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan yirik korxonalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 8-ilova*, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish grafigi 9-ilovalarga* muvofiq tayyorlovchi korxonalar, tashkilotlar, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy muhofaza muassasalarining ishlab chiqqan takliflari boʻyicha bajarilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hududidagi mahalla va qishloq fuqarolar yigʻini raislari hamda faollari boshchiligida ishchi guruhi tuzilib, aholi oʻrtasida 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinida tuzilgan ishchi guruh masalaga aloqador tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda, aholi tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga jamgʻarilishini xatlovdan (inventarizatsiya) oʻtkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklari boshqaruvchilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan tashkilot, korxona va muassasalarga belgilangan tartibda kredit mablagʻlari ajratilishi tavsiya etilsin, ajratilgan mablagʻlar yuzasidan har hafta yakuni bilan tuman hokimligiga maʼlumotlar taqdim etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (Musanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 20-sentabridan boshlab 1-dekabrigacha har haftada tuman hududlarida 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻining amaldagi ijrosi boʻyicha 10, 11-ilovalarga* muvofiq hamda joriy yilning dekabr oyidan boshlab 2014-yilning iyun oyigacha zaxiraga jamgʻarilgan mahsulotlarni savdoga chiqarilishi yuzasidan 12-ilovaga* muvofiq tahlil maʼlumotlarini har 10 kunda tuman hokimligi va viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasiga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 12-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2012-yil 7-avgustdagi 388-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S. Bolqiboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim v.b. S. BOLQIBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zafarobod sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
550-son