Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 08.11.2013 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika shaharlarida va tuman markazlarida kommunal drenaj tizimi ishlarini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada aholi yashashi uchun munosib turar joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi turar joy binolari qurish, zamonaviy yoʻllarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikni takomillashtirish asosida obodonchilik ishlarini boshqarish samaradorligini oshirish, qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish hamda shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hisobiga respublika shaharlari va aholi punktlarini obodonlashtirishga doir muhim chora-tadbirlar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shular bilan bir qatorda, mintaqalarda kommunal drenaj xoʻjaliklari obyektlarini xatlovdan oʻtkazish natijasida aniqlanganidek, ishlayotgan drenaj tizimini mukammal taʼmirlash, shu jumladan maʼnaviy va fizik jihatdan eskirgan, koʻp energiya talab qiladigan nasoslarni hamda elektr taʼminoti uskunalarini (transformatorlarni, kabellarni) almashtirish, elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlari bilan jihozlash, shuningdek yangi quduqlar, kollektorlar va suv ayirish quvurlarini barpo etish talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 14-fevraldagi PQ-1920-son qarorini bajarishga hamda aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga, respublika aholi punktlari hududidagi drenaj suvlarini oʻz vaqtida chetga chiqarib tashlashni taʼminlash uchun kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlari ishlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 ta shaharda va 86 ta tuman markazlarida kommunal drenaj xoʻjaligining joriy holati xatlovdan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarini qurish, mukammal taʼmirlashning boshlangʻich roʻyxatlari tuzilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014—2017-yillarda shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining drenaj quduqlari va kollektorlarini mukammal taʼmirlash dasturlari 1* va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014—2017-yillarda shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hududlarda drenaj quduqlari qurish dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 2014-yildan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan 1*-2-ilovalarga* muvofiq dasturlarni bajarishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda 2014-yildan boshlab, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mavjudligini hisobga olgan holda, 3-ilovaga* muvofiq loyihalarni amalga oshirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli shaharlar va tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalari — kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarini mukammal taʼmirlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatining injiniring kompaniyalari — drenaj quduqlari qurish boʻyicha buyurtmachilar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan 1*—3-ilovalarga* muvofiq dasturlar doirasida loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan hamda mukammal taʼmirlanayotgan kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlari loyiha-smeta hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarini saqlashga va ulardan foydalanishga nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Investitsiya dasturining asosiy parametrlariga kiritish uchun 1*, 2* va 3-ilovalarga* muvofiq dasturlarning tasdiqlangan parametrlari doirasida kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarini qurish va mukammal taʼmirlash yakuniy manzilli roʻyxatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Iqtisodiyot vazirligiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-noyabrgacha tanlov savdolari oʻtkazilishini, pudrat shartnomalari tuzilishini hamda kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarini qurish va mukammal taʼmirlashning yakuniy manzilli roʻyxatlari tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni hamda ishlab chiqarish-texnik xodimlari malakasini oshirishni nazarda tutuvchi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan drenaj tizimi obyektlaridan foydalanishni yaxshilash dasturlarining 2014-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarning bajarilishi, ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarining belgilangan muddatlarda soʻzsiz foydalanishga topshirilishi boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishi yuzasidan tizimli monitoringni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi amalga oshirilgan ishlar yakunlari boʻyicha obyektlarning hajmlari, sifati va foydalanishga topshirish muddatlarining tasdiqlangan dasturlarga, manzilli roʻyxatlarga hamda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligini yalpi tekshirishdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2014—2017-yillarda shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining drenaj quduqlari va kollektorlarini qurish hamda mukammal taʼmirlash dasturlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha Idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) 4-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning (Zakirov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan va mukammal taʼmirlanayotgan kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda yer osti suvlari holatining tekshirilishini hamda aholi punktlarining suv bosadigan hududlari zonalashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarini qurish va mukammal taʼmirlash sifatiga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlarning amalga oshirilishi, ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi, obyektlarning belgilangan muddatlarda, oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal drenaj xoʻjaligidan foydalanish samaradorligini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining kommunal drenaj xoʻjaligi obyektlarini qurish va mukammal taʼmirlashning hududiy manzilli roʻyxatlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorakda eshitib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 600-modda)