Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimining
Qarori
2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimining 2014-yil 26-avgustdagi 1905q-sonli “2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2013-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish 1-ilovaga muvofiq korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklariga yuklatilsin.
2. Qoʻshkoʻpir tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Bobojonov)ga 2-ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishli korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatda haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishi;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatga haq toʻlash xarajatlari, Qoʻshkoʻpir tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Bobojonov) bir hafta muddatda mazkur qarorni 2-ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimining 2013-yil 19-yanvardagi 308-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Artiqov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v. b. A. SULTANOV
Qoʻshkoʻpir sh.,
2013-yil 24-aprel,
894q-son
Tuman hokimining 2013-yil 24-apreldagi 894q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2013-yil fevral — dekabr oylarida Qoʻshkoʻpir tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish
topshirigʻi
| t/r | Korxona va tashkilot nomi | Haq toʻlanadigan jamoat ishlari manzili | Haq toʻlanadigan jamoat ishlari turlari | Jalb qilinadiganlar soni (kishi) | Tashkil qilish davri |
| 1. | Jaloladdin Zafar oʻgʻli f/x | Oqdarband qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 12 | 15-kundan 1-oygacha |
| 2. | Dostonbek Nurmat oʻgʻli f/x | Oʻrtayop qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 14 | 15-kundan 1-oygacha |
| 3. | Samandar Matnazar f/x | Shix qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 11 | 15-kundan 1-oygacha |
| 4. | Raxim Rajabov f/x | Xadra qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 6 | 15-kundan 1-oygacha |
| 5. | Nuraddin doʻkonchi f/x | Xosiyon qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 15 | 15-kundan 1-oygacha |
| 6. | Ismoil sarkotib f/x | Xadra qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 10 | 15-kundan 1-oygacha |
| 7. | Ahmadjon f/x | Xonobod qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 15 | 15-kundan 1-oygacha |
| 8. | Mustaqil f/x | Oqdarband qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 14 | 15-kundan 1-oygacha |
| 9. | Quronboy Oʻrtayop f/x | Oʻrtayop qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 14 | 15-kundan 1-oygacha |
| 10. | Qoʻshkoʻpir Paxta tozalash OTXJ | Sh. Rashidov koʻchasi | Mavsumiy ishlar | 34 | 15-kundan 1-oygacha |
| 11. | Qoʻshkoʻpir Pilla MChJ | Sh. Rashidov koʻchasi | Mavsumiy ishlar | 13 | 15-kundan 1-oygacha |
| 12. | Yangilik bioservis MChJ | Yangilik qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 12 | 15-kundan 1-oygacha |
| 13. | Yashnarbek bioservis MChJ | Qatogʻon qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 12 | 15-kundan 1-oygacha |
| 14. | O. Qurbonov bioservis MChJ | Gʻozovot qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 8 | 15-kundan 1-oygacha |
| 15. | Shaydo Javlonbek f/x | Gʻozovot qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 13 | 15-kundan 1-oygacha |
| 16. | Xonobod bioservis MChJ | Xonobod qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 8 | 15-kundan 1-oygacha |
| 17. | Baxtiyor Madrim oʻgʻli f/x | Oʻrtayop qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 14 | 15-kundan 1-oygacha |
| 18. | Madrim Baxodir f/x | Xadra qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 11 | 15-kundan 1-oygacha |
| 19. | Sanjarbek Zafarbek f/x | Xadra qishlogʻi | Mavsumiy ishlar | 15 | 15-kundan 1-oygacha |
| |
Jami: |
x |
x |
251 |
x |
Tuman hokimining 2013-yil 24-apreldagi 894q-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qoʻshkoʻpir tumanida 2013-yil davomida ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni kasbga oʻqitish va qayta oʻqitishni tashkil qilish
| t/r | Korxona va tashkilot nomi | Kasbga oʻqitishni tashkil qilgan hududlar | Kasbga oʻqitishni tashkil qilish joyi | Jalb qilinadiganlar soni (kishi) | Tashkil qilish davri |
| 1. | Maxliyo tekstil MChJ | Qoʻshkoʻpir shaharcha | Qoʻshkoʻpir Politexnika va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji | 14 | 1-oygacha |
| 2. | Matlatip fermer xoʻjaligi | Qoʻshkoʻpir shaharcha | Qoʻshkoʻpir Qurilish va transport kasb-hunar kolleji | 40 | 1-oygacha |
| 3. | Baraka optima servis xususiy korxona | Qoʻshkoʻpir shaharcha | Qoʻshkoʻpir Politexnika va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji | 7 | 1-oygacha |
| 4. | Kinovideo MChJ | Qoʻshkoʻpir shaharcha | Qoʻshkoʻpir Politexnika va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji | 7 | 1-oygacha |
| 5. | Madrim Baxodir fermer xoʻjaligi | Xadra qishlogʻi | Qoʻshkoʻpir Iqtisodiyot maishiy xizmat kasb-hunar kolleji | 8 | 1-oygacha |
| 6. | Odam oqsoqol fermer xoʻjaligi | Xadra qishlogʻi | Qoʻshkoʻpir Iqtisodiyot maishiy xizmat kasb-hunar kolleji | 8 | 1-oygacha |
| 7. | Madinabonu Xonjamol oilaviy korxona | Xonobod qishlogʻi | Qoʻshkoʻpir Iqtisodiyot maishiy xizmat kasb-hunar kolleji | 8 | 1-oygacha |
| 8. | Maxliyo Shaxriniso xususiy korxona | Shix qishlogʻi | Qoʻshkoʻpir Oqdarband qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji | 7 | 1-oygacha |
| 9. | Mirsharob xususiy korxona | Oqdarband qishlogʻi | Qoʻshkoʻpir Oqdarband qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji | 6 | 1-oygacha |
| 10. |
Faol ayollar shoʼba korxonasi |
Gʻozovot qishlogʻi | Qoʻshkoʻpir Gʻozovot maishiy xizmat kasb-hunar kolleji | 13 | 1-oygacha |
| |
Jami: |
| | 118 | |
(“Hayot koʻzgusi” gazetasi, 30.04.2013-y., 12-son)