Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining qarori, 14.02.2013 yildagi 263q-son
Кучга кириш санаси
08.03.2013
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining Qarori Urganch shahridagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq transport vositalarining 2013-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman: 1. Urganch shahar ichki ishlar boʻlimi Avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoidalari va meʼyorlariga amal qilishni nazorat etish boʻlimi (O. Sotimov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, shahardagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasin. 2. Shahardagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1 yilda 1 marotaba (1-martdan 10-iyungacha); a) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha); b) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin; v) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno. shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari. 3. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi. Ushbu qarorning 2-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi. Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi. 5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga shahar mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, fuqarolar yigʻini raislari, shahar Ichki ishlar boʻlimi xodimlari va jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin. 6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2012-yil 3-fevraldagi 106q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 7. Shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha shahar hokimligiga 2013-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin. 8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin. 9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari O. Sapayev zimmasiga yuklatilsin. Hokim I. YOQUBOV Urganch sh., 2013-yil 14-fevral, 263q-son Urganch shahar hokimining 2013-yil 14-fevraldagi 263q-sonli qaroriga 1-ILOVA Urganch shahrida transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi
Izoh: shaharda mashinalari mavjud boʻlgan korxona va tashkilotlar masʼul xodimlari komissiya aʼzolari hisoblanadi. Urganch shahar hokimining 2013-yil 14-fevraldagi 263q-sonli qaroriga 2-ILOVA Urganch shahar hududidagi yuridik shaxslarga qarashli avtomototransport vositalarini, tirkama va yarim tirkamalarni 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali
Eslatma: ushbu jadvalda koʻrsatilgan muddatda korxona tashkilot mavjud transport vositalarini majburiy texnika koʻrigiga tayyorlash imkoni boʻlmagan taqdirda yoki shu muddatdan oldin oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan korxona tashkilot rahbari 10 kun oldin bu haqda yozma axborot bilan Urganch IIB YXXB ga murojaat qilishi lozim. (“Urganch oqshomi” gazetasi, 08.03.2013-y., 6-son) |
Решение Хокима города Ургенча Хорезмской области О проведении обязательного технического осмотра транспортных средств в городе Ургенче Хоким И. ЯКУБОВ г. Ургенч, 14 февраля 2013 г., № 263к |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||