Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimining
Qarori
Yangibozor tumanida traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimining 2014-yil 8-fevraldagi 114-sonli “Yangibozor tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Yangibozor tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (X. Qurbashev) tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-fevraldan 1 maygacha) texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
4. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikda nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilsin.
5. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (X.Qurbashev) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Qaror matbuotda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U. Roʻzmetov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. MADRAXIMOV
Yangibozor sh.,
2013-yil 9-mart,
224-son