xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimining
Qarori
Yangiariq tumanida traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Yangiariq tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (A. Davletov) tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar ,oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-fevraldan 1-maygacha) texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikda nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilsin.
5. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (A. Davletov) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Qaror matbuotda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari K. Otajonovga yuklatilsin.
Hokim Sh. BEKChANOV
Yangiariq sh.,
2013-yil 28-yanvar,
72-son
Yangiariq tuman hokimining 2013-yil 28-yanvardagi 72-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2013-yilda traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
| 1. | Davletov Abdulla | — | komissiya raisi, Yangiariq tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori |
|
AʼZOLARI | |||
| 2. | Jumaniyozov Fayzulla | — | “Yangiariq MTP”. MChJ raisi |
| 3. | Roʻzmetov Komiljon | — | “Xorazm Yangiariq Agrotexservis MTP” MChJ raisi |
| 4. | Egamberganov Maqsud | — | “Yangiariq Oqmachit MMTP” MChJ raisi |
Yangiariq tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 72-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
|
№ |
MMTP, korxona va tashkilot nomi |
haydov traktorlari |
Chopiq traktorlari |
Transport traktorlari, traktor tirkamalari |
Buldozer, skreper va ekskavatorlar |
Silos, yem-xashak oʻrish kombaynlari |
Gʻalla kombaynlari |
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtish joyi |
| 1. | “Oʻzbekiston” MMTP | 02.02.2013-y. | 01.03.2013-y. | 01.04.2013-y. | | | | “Oʻzbekiston” MMTP saroyi |
| 2. | “Navroʻz” MMTP | 04.02.2013-y. | 04.03.2013-y. | 02.04.2013-y. | 02.04.2013-y. | | | “Navroʻz2” MMTP saroyi |
| 3. | “Xorazm” MMTP | 05.02.2013-y. | 05.03.2013-y. | 04.04.2013-y. | 04.04.2013-y. | | | “Xorazm” MMTP saroyi |
| 4. | “A.Oʻtar” MMTP | 07.02.2013-y. | 06.03.2013-y. | 05.04.2013-y. | | | | “A.Oʻtar” MMTP saroyi |
| 5. | “Okmachit” MMTP | 08.02.2013-y. | 07.03.2013 y. | 06.04.2013-y. | | | 08.04.2013-y. | “Oqmachit” MMTP saroyi |
| 6. | “Yangiariq” MTP MChJ | 09.02.2013-y. | 08.03.2013-y. | 08.04.2013-y. | 08.04.2013-y. | | 12.04.2013-y. | “Yangiariq” MTP saroyi |
| 7. | “Qoraqum” SFU | 11.02.2013-y. | | 09.04.2013-y. | | | | “Yangiariq” MTP saroyi |
| 8. | “Qarmish” SFU | 11.02.2013-y. | 09.03.2013-y. | 10.04.2013-y. | 10.04.2013-y. | | | “Xorazm” MMTP saroyi |
| 9. | “Toʻravakil” SFU | | | 11.04.2013-y. | 11.04.2013-y. | | | “Yangiariq” MTP saroyi |
| 10. | Oʻsimliklarni himoya qilish markazi | | 11.03.2013-y. | 12.04.2013-y. | | | | “Qishloqxoʻjalikkimyo” tuman filiali traktor saroyi |
| 11. | “Qishloqxoʻjalikkimyo” XJ | | 12.03.2013-y. | 13.04.2013-y. | | | | |
| 12. | “Paxta tozalash” OAJ | 12.02.2013-y. | 13.03.2013-y. | 15.04.2013-y. | 15.04.2013-y. | | | “Yangiariq paxta tozalash” OAJ |
| 13. | Dehqon va fermer hoʻjaliklari uyushmasi | | | 16.04.2013-y. | | | | “Yangiariq” MTP saroyi |
| 14. | “291-sonli koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” MChJ | | | 17.04.2013-y. | | | | 291-sonli koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi |
| 15. | Magistral gaz tarmoqlari boshqarmasi 3-sonli kompressor stansiyasi | | | 18.04.2013-y. | | | | Magistral gaz tarmoqlar boshqarmasi 3-sonli kompressor stansiyasi |
| 16. | “Xorazmbaliqmahsulotlari” MChJ | 15.02.2013-y. | | 19.04.2013-y. | | | | “Xorazmbaliqmahsulotlari” MChJ traktor saroyi |
| 17. | Yangiariq qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji | 18.02.2013-y. | 14.03.2013-y. | 20.04.2013-y. | | 20.04.2013-y. | | Yangiariq qishloq xoʻjalik kasb hunar kolleji traktor saroyi |
| 18. | Xususiy firma, fermer hoʻjaliklari, shaxsiy fuqarolar texnikalari | 20—28.02.2013-y. | 16—30.03.2013-y. | 15—30.04.2013-y. | 15—30.04.2013-y. | 30.04.2013-y. | 17—30.04.2013-y. | “Yangiariq” MTP traktor saroyi |