Xorazm viloyat Yangiariq tumani hokimining
Qarori
Tumanda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan keyingi yillarda respublika shaharlari va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini zamonaviy shaharsozlik meʼyorlari va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman xokimining birinchi oʻrinbosari (Gʻ. Bobojanov) tuman Obodonlashtirish boshqarmasini malakali mutaxassislar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan butlashni taʼminlasinlar.
4. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim Sh. BEKChANOV
Yangiariq sh.,
2013-yil 15-fevral,
974-son