xorazm viloyati Xiva tumani hokimining
Qarori
Xiva tumanida traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Xiva tuman qishloq xoʻjaligi boʻyicha inspektori (M. Imomov)ga tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-martdan 1-aprelgacha) texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undiriladi.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 13-fevraldagi 24-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha bosh inspektor (M. Imomov)ga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim D. ALLAKULIYEV
Xiva sh.,
2013-yil 25-yanvar,
25-son
Tuman hokimining 2013-yil 25-yanvardagi 25-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi aʼzolari
roʻyxati
| 1. | Imomov Maxmud | Komissiya raisi, Xiva tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha bosh inspektori |
| |
Komissiya aʼzolari | |
| 2. | Axmedov Axmed | Tuman YXXG katta inspektori militsiya serjant |
| 3. | Saʼdullayev Madyor | Tuman Agrotexservis masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari |
| 4. | Abdurasulov Akbar | Tuman OAJ MTP rahbari |
| 5. | Atajanov Maksud | Xiva tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori |
Tuman hokimining 2013-yil 25-yanvardagi 25-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r |
Tashkilotlar nomi |
Oʻtkaziladigan kun, oy, yil | Oʻtkaziladigan joyi |
| 1. | Shomoxulum MMTP | 4.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 2. | Irdimzon MMTP | 5.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 3. | Ogoxiy MMTP | 6.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 4. | Dashyok-Xiva MMTP | 7.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 5. | Al-Xorazimiy MMTP | 8.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 6. | P. Maxmud MMTP | 9.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 7. | Beruniy MMTP | 11.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 8. | Kafolat MMTP | 12.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 9. | Qishloq xoʻjalik kimyo Xiva tuman filiali | 13.03.2013-yil | Tuman OAJ MTP hududida |
| 10. | Suvdan foydalanish uyushmasi | 14.03.2013-yil | Tuman OAJ MTP hududida |
| 11. | Oʻsimliklarni himoya qilish Xiva tuman filiali | 15.03.2013-yil | Tuman OAJ MTP hududida |
| 12. | Agrotexservis masʼuliyati cheklangan jamiyati | 16.03.2013-yil | Tashkilotning hududida |
| 13. | Xiva qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji | 18.03.2013-yil | P. Maxmud MMTP hududida |
| 14. | Soyot kasb-hunar kolleji | 19.03.2013-yil | Tashkilot hududida |
| 15. | Maishiy kasb-hunar kolleji | 22.03.2013-yil | P. Maxmud MMTP hududida |
| 16. | Xiva yoʻl idorasi | 23.03.2013-yil | Tuman OAJ MTP hududida |
| 17. | Xiva parrandachilik korxonasi | 24.03.2013-yil | Dashyok-Xiva MMTP hududida |
| 18. | Rahmat xususiy korxonasi | 25.03.2013-yil | Tuman OAJ MTP hududida |
| 19. | Neft gaz qurilish korxonasi | 26.03.2013-yil | Kafolat MMTP hududida |
| 20. | Texnika ishlab chiqarish korxonasi | 28.03.2013-yil | Kafolat MMTP hududida |
| 21. | Zaungur magistral gaz quvurlarini boshqarish korxonasi | 28.03.2013-yil | Kafolat MMTP hududida |
| 22. | Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi | 29.03.2013-yil | Tuman OAJ MTP hududida |
| 23. | “Shimolgazunitira” Xiva tuman filiali | 30.03.2013-yil | Tuman OAJ MTP hududida |
| 24. | Suv idorasi | 30.03.2013-yil | Dashyok-Xiva MMTP hududida |
| 25. | Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji | 30.03.2013-yil | P. Maxmud MMTP |
| 26. | Tumandagi boshqa tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va xususiy korxonalar | 1-apreldan 1-martgacha | Tashkilotning hududida |