Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 29.10.2013 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan davlat universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalariga hamda respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar vazifalariga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishning zamonaviy shakllari va metodlari, ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda, mamlakatimizning oliy taʼlim muassasalari yagona korporativ elektron tarmoqqa birlashtirilgan, oliy taʼlimning ishlab chiqarish bilan aloqasi rivojlanmoqda. Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi tubdan qayta koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, ayrim oliy taʼlim muassasalari faoliyatida oʻquv-tarbiya jarayonini va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishga masʼuliyatsizlik bilan yondashish, professor-oʻqituvchilar tarkibi hamda rahbar kadrlar saviyasi va malakasi pastligi hollari hali ham uchrab turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Namangan davlat universiteti faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha bir qator kamchiliklar va muammolar aniqlandi. Taʼlim sifati, professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish darajasi, moddiy-texnika bazasining ahvoli zamonaviy universitet talablariga javob bermaydi. Universitet rahbariyati tomonidan kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlash uchun oliy taʼlim muassasasining lozim darajadagi shart-sharoitlarini yaratish va infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda ilm-fan yetarlicha rivojlanmayapti, universitet bitiruvchilarining asosiy ish beruvchilari — kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va maktablar bilan samarali hamkorlik oʻrnatilmagan. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishga tizimli yondashuv mavjud emas. Universitetning professor-oʻqituvchilari tomonidan xorijiy tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini egallash darajasi oʻta qoniqarsiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan davlat universitetida mintaqa iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, zamonaviy fikrlaydigan rahbar va ilmiy-pedagog kadrlarni tarbiyalash, oʻquv-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish va uning sifatini tubdan yaxshilash, universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻquv-tarbiya jarayonini va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda, kadrlarni joy-joyiga qoʻyishda yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun Namangan davlat universitetining rektori Y. Rahimov egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi rahbariyati tomonidan zarur darajadagi eʼtiborning mavjud emasligi Namangan davlat universiteti faoliyatidagi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarning sababidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Namangan davlat universiteti faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Dastur quyidagilarga yoʻnaltirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlar va professor-oʻqituvchilar tarkibini mustahkamlash, universitetning rahbarlik va oʻqituvchilar lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularning zamonaviy taʼlim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllanish boʻyicha malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonida xalqaro tajriba asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllanish vositasida talabalarning bilimlari darajasini va ularni oʻqitish sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitetning ilmiy salohiyatini har tomonlama rivojlantirish va kuchaytirish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot mavzularini kengaytirish, magistrlarni va katta ilmiy xodimlar-tadqiqotchilarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy-maʼrifiy va sport-tarbiya ishlari tizimini sifat jihatidan yangilash, talabalarning boʻsh vaqtini samarali oʻtkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitetning moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish, oʻquv auditoriyalarini, laboratoriyalarni oʻqitishning zamonaviy vositalari, shu jumladan kompyuter texnikasi bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rahbar kadrlarni va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish, Namangan davlat universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini bajarish monitoringi boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (A. Ikramov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda — Namangan davlat universiteti rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda — attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak boʻlgan rahbar kadrlar va professor-oʻqituvchilar tarkibi roʻyxatini aniqlasin, attestatsiyani oʻtkazish jadvalini, attestatsiyaning taxminiy savolnomasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Namangan davlat universiteti rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazsin, uning natijalari boʻyicha ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi darajasini aniqlasin, universitetni zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbar va ilmiy-pedagog kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga batafsil axborot taqdim etgan holda Dastur vazifalarining oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda — yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribasini hisobga olgan holda Namangan davlat universitetining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va namunaviy oʻquv dasturlari qayta koʻrib chiqilishini va takomillashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — universitet fakultetlari va kafedralarining oʻquv-tarbiyaviy, ilmiy, oʻquv-metodik faoliyatini rivojlantirish istiqbolli dasturi ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yili mobaynida universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun zamonaviy pedagogika, axborot texnologiyalarini qoʻllanish, internet-resurslardan foydalanish amaliy koʻnikmalarining professional darajasini oshirish, shuningdek xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Namangan viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda taʼlim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalashni taʼminlash uchun universitet bitiruvchilarini mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq ishga joylashtirishga yoʻnaltirilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini, muassasalar va tashkilotlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda, har yili Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Namangan davlat universitetining taʼlim va mutaxassisliklari yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yuzasidan asoslangan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Namangan davlat universiteti talabalarining malaka amaliyotini oʻtkazish bazasi sifatida jalb etiladigan viloyat muassasalari va tashkilotlari roʻyxatini aniqlasin, shuningdek ular oʻrtasida shartnomaviy munosabatlarning oʻrnatilishi va samarali amalga oshirilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2014-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirishda unga belgilangan tartibda Namangan davlat universitetining qurilish-tiklash ishlari obyektlari kiritilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tegishli kapital qoʻyilmalar ajratilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi tegishli tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda, ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-oktabrdagi 290-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan davlat universiteti faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Tadbirlar nomi‎

Tadbirlarni amalga
‎oshirish mexanizmi‎

Bajarish muddatlari‎ Sarf-xarajatlar,
‎mln soʻm
(moliyalashtirish
‎ manbalari) ‎
Bajarish
‎uchun masʼullar‎

‎‎I. Namangan davlat universitetini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, rahbar xodimlarni va professor-oʻqituvchilar
‎tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish, kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish

1.‎‏

Namangan davlat universitetini (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) yuqori malakali, zamonaviy talablarga javob beradigan rahbar kadrlar va professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlash.

1. Universitetning rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilar tarkibining attestatsiyasini tashkil etish va belgilangan tartibda oʻtkazish. ‎

2013-yil noyabr ‎ ‎‏ Attestatsiya
‎komissiyasi, Oliy
‎va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎ Namangan davlat
‎universiteti

2. Kadrlarni tanlash hamda Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibining boʻshaydigan lavozimlarini yosh istiqbolli mutaxassislar va respublika oliy taʼlim muassasalari magistraturalarining chet tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bitiruvchilari bilan toʻldirish, shuningdek kadrlar zaxirasini shakllantirish va uning tarkibini muntazam ravishda yangilash. ‎

2013-yil noyabr-dekabr‎

3. Universitetning rahbar xodimlari uchun taʼlim jarayonini boshqarish muammolari boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil qilish.‎

Jadvalga asosan ‎

Oliy va oʻrta
‎maxsus taʼlim
‎vazirligi huzuridagi
‎Bosh ‎ilmiy-metodik
‎markaz‎

2.

Respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, chet tillarni egallashi, ularning kompyuter savodxonligini oshirish, jumladan Internet tarmogʻidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va metodik taʼminlash. ‎

1. Respublikaning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida Universitet professor-oʻqituvchilari tarkibining malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishining har yilgi aniq rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.‎

noyabr
‎ (har yili) ‎
Oliy va oʻrta
‎maxsus taʼlim vazirligi, Namangan davlat
‎universiteti, Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalar ‎

2. Fakultet va kafedralarning ilmiy kengashlarida professor-oʻqituvchilar tarkibining malaka oshirish va stajirovka natijalari boʻyicha muntazam ravishda hisobot-taqdimotlari (prezentatsiyalari)ni oʻtkazib borish, ilgʻor tajribani keng ommalashtirish.‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda, jadvalga asosan‎

‎‏Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi
‎huzuridagi Bosh
‎ilmiy-metodik markaz, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti,
‎Toshkent axborot texnologiyalari
‎universiteti

3.Respublika markaziy oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek xorijiy mutaxassislar ishtirokida muntazam ravishda videoleksiyalar tashkil etish.‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab‎

4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha trenerlar tayyorlash hamda ularning rahbarligida Universitet oʻqituvchilari uchun kurslar oʻtkazilishini taʼminlash.‎

2013-yil noyabr — 2014-yil aprel ‎

5. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida amaliy ingliz tilini oʻqitish boʻyicha trenerlar tayyorlash hamda universitet oʻqituvchilari uchun ikki bosqichli oʻquv kurslari tashkil etish.‎

2013-yil noyabr — 2014-yil aprel ‎

6. Professor-oʻqituvchilar oʻrtasida amaliy chet tili, kompyuter savodxonligi va Internet tarmogʻidan foydalanish bilimlari darajasini aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish.‎

2014-yil, iyun ‎

Namangan
‎davlat universiteti ‎

7. Xalqaro yetakchi oliy taʼlim muassasalarida (Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti) va xalqaro shartnomalar va memorandumlar, KOICA, MTCP, ITEC, Erasmus Mundus, Tempus, SIU, ISTIC-UNESCO, DAAD dasturlari doirasida xorijiy oliy taʼlim muassasalarida (Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur va Janubiy Koreya) Universitetning 26 nafar professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

2013 — 2015-yillar‎

Xalqaro grantlar mablagʻlari‎

Namangan
‎davlat universiteti,
‎sherik tashkilotlar‎

‎‎II. Oʻquv jarayonini tashkil etish va takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajriba asosida zamonaviy taʼlim va
‎ axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobiga taʼlim sifatini oshirish

3.‎‏
‎‏

Taʼlim jarayonining sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, respublikaning yetakchi va xalqaro oliy taʼlim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy tajribalar hamda erishilgan yutuqlarni oʻrganish asosida oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish.‎

1. Xorijiy va respublikadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida, shu jumladan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida kadrlar tayyorlashning normativ-huquqiy bazasini oʻrganish, oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tegishli takliflar tayyorlash.‎

2013-yil noyabr — 2014-yil iyun ‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi, xalqaro
‎oliy taʼlim muassasalari, Namangan davlat
‎universiteti ‎

2. Respublikaning bazaviy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, amaldagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining oʻquv rejalari va dasturlarining mazmunini takomillashtirish, laboratoriya-amaliyot mashgʻulotlari uchun ajratiladigan soatlar sonini koʻpaytirish.‎

2014-yil avgustdan boshlab bosqichma-bosqich ‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi, bazaviy oliy taʼlim muassasalari, Namangan davlat
‎universiteti ‎

3. Respublika oliy taʼlim va ilmiy muassasalarining yetakchi olimlari, professorlari va oʻqituvchilarini jalb etgan holda doimiy ravishda leksiyalar (videoleksiyalar) turkumlarini tashkil etish.‎

Tadbirlar jadvali boʻyicha ‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi
‎ huzuridagi Bosh
‎ ilmiy-metodik
‎markaz, Namangan
‎davlat universiteti ‎

4.‎‏

Multimediy dasturlari oʻqitiladigan kompyuter dasturlari vositalarini joriy etish hisobiga oʻqitish metodlari va texnologiyalarini takomillashtirish, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni taʼminlash.‎


1. Universitet fanlari boʻyicha multimediy dasturlari oʻqitiladigan kompyuter dasturlari vositalarini qoʻllagan holda oʻqitishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha chor�-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish, universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kompyuter dasturlari vositalari bazasini shakllantirish.‎

2014-yil yanvar‎ ‎‏
Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat
‎universiteti, Toshkent
‎axborot texnologiyalari universiteti‎

2. Barcha fanlar boʻyicha oʻqitishning interfaol usullarini (keys-stadi, loyiha prezentatsiyalari, guruhlarga boʻlinib komanda usulida ishlash va h. k.) qoʻllagan holda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishni metodik taʼminlash. ‎

2014-yil yanvar‎
5.‎‏
‎‏
‎‏

Universitet kafedralarining oʻquv-tarbiyaviy, ilmiy-uslubiy faoliyatini taʼlim yoʻnalishlari va fanlariga muvofiq tashkil etishni takomillashtirish, oʻquv jarayonini tizimli ravishda nazorat va monitoring qilinishini tashkil etish.‎

1. Kadrlar tayyorlashning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga muvofiq kafedralarning oʻqitiladigan fanlari roʻyxatini tahlil qilish va maqbullashtirish, ularni 2014-2015 oʻquv yilida joriy etish.‎

2013-yil ‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat
‎universiteti,
‎Oʻzbekiston milliy universiteti,
‎Oʻzbekiston davlat
‎jahon tillari
‎universiteti,
‎Toshkent axborot texnologiyalari
‎universiteti

2. Ixtisoslashtirilgan kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasining muvofiqligini baholashni muntazam ravishda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, oʻquv rejalari va fanlar dasturlarini yangilash, talabalar bilim darajasini test sinovidan oʻtkazish, ularning natijalarini har bir semestr yakunlari boʻyicha Universitet kengashida tanqidiy koʻrib chiqish.‎

doimiy ravishda, noyabr‎

3. Universitet ixtisoslashtirilgan kafedralarining Oʻzbekiston milliy universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tegishli kafedralari hamda respublikaning boshqa yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini doimiy asosda yoʻlga qoʻyish.‎

2013-yil noyabr‎

4. Oʻquv mashgʻulotlari ustidan tizimli nazorat rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan talabalarning bilim darajasini tanlov asosida testdan oʻtkazish.‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab‎

6.‎‏
‎‏

Oʻquv-metodik majmualarni takomillashtirish va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlikni oshirish.‎


‎‏

1. Tegishli fanlar boʻyicha oʻquv-metodik majmualarni yanada takomillashtirish boʻyicha mualliflar jamoasini shakllantirish va ular bilan axborot-resurs markazini taʼminlash. ‎

2013-yil noyabr‎

‎‏
‎‏

Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat
‎ universiteti,
‎bazaviy
‎oliy taʼlim
‎muassasalari ‎


‎‏

2. Universitetning axborot-resurs markazini bazaviy oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda zarur oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.‎

2014-yil I chorak ‎

3. Oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik majmualarning elektron bazasini shakllantirish va axborot-resurs bazasidan erkin foydalanishni taʼminlash.‎

2014-2015-yillar‎

7.‎‏
‎‏

Universitetning ichki korporativ tarmogʻi asosida yagona integratsiyalashgan axborot muhitini shakllantirish hamda uzluksiz axborot almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻquv jarayonini audiovizual texnologiyalarning zamonaviy vositalari bilan taʼminlash hamda professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazish jarayonida elektron oʻquv materiallaridan foydalanish.‎


‎‏

1. Oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Universitetning infratuzilmasini rivojlantirish va multimediy dasturlari oʻqitiladigan kompyuter dasturlari vositalarini keng joriy qilish uchun shart-sharoitlar (kompyuter sinflari, multimediy vositalari, tarmoq texnologiyalari va boshqalarni) yaratish.‎

2014-yil sentabr ‎ ‎‏
‎‏

‎‏Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy
‎etish markazi, Namangan
‎ davlat universiteti,
‎Toshkent axborot texnologiyalari
‎universiteti
‎‏

2. Yagona integratsiyalashgan axborot muhitini shakllantirish, elektron formatda oʻquv-uslubiy, ilmiy, taʼlim resurslari bazasini yaratish.‎

2014-yil dekabr ‎

3. Axborot muhitlari resurslaridan, shu jumladan Wi-Fi texnologiyasi yordamidan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish.‎

2014-yil dekabr‎
8.‎‏

Taʼlim, ilmiy muassasalar bazasida, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish samaradorligini oshirish.‎‏
‎‏
‎‏

1. Talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashi tashkil etiladigan tashkilotlar va korxonalar roʻyxatini Universitet hamda Namangan viloyati hokimligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash.‎

2013-yil noyabr ‎ ‎‏

Namangan viloyati
‎ hokimligi, Oliy va
‎oʻrta maxsus taʼlim
‎vazirligi, Namangan
‎ davlat universiteti

2. Malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish boʻyicha takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqish.‎

2013-yil noyabr‎

3. Doimiy sherik boʻlgan taʼlim, ilmiy muassasalar bazasida, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ixtisoslashgan kafedralar filiallarini tashkil etish. ‎

2013-2014 oʻquv yili‎

4. Talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish va amalga oshirish.‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab‎
9.‎‏
‎‏
‎‏

‎‏Universitetning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan oʻzaro aloqasini takomillashtirish.
‎‏
‎‏

1. Universitet huzuridagi 2 ta akademik litseyda kafedralar filiallari faoliyatini tashkil etish.‎

2014-yil sentabr‎

‎‏Namangan davlat
‎ universiteti, Oʻrta
‎maxsus, kasb-hunar
‎taʼlimi markazi

2. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquv jarayoniga Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibini jalb etish.‎

2014-yil sentabr‎

3. Universitet huzuridagi akademik litseylarda va hamkorlik qiladigan kasb-hunar kollejlarida talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil etish.‎

Oʻquv jarayoni jadvali boʻyicha‎

4. Universitet kafedralarining ilmiy faoliyatiga akademik litseylar va hamkorlik qiladigan kasb-hunar kollejlari pedagoglarini jalb etish. Oʻquv-uslubiy, ilmiy materiallarni tayyorlash boʻyicha hamkorlik ishlarini tashkil etish. ‎

Doimo‎
10.‎

Oʻquv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va kompaniyalar mutaxassislarini jalb qilish.‎

Qisqa muddatli dars berish uchun Piza Universiteti (Italiya), Vestminister universiteti (Buyuk Britaniya), Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur), Bredford universiteti (Buyuk Britaniya), Nagoya universiteti (Yaponiya)dan xorijiy mutaxassislar va oʻqituvchilarni, shuningdek respublikaning xalqaro oliy taʼlim muassasalaridan yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish.‎

2013 — 2015-yillar Xalqaro grantlar mablagʻlari hisobiga‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat
‎universiteti‎

11.‎‏
‎‏
‎‏

Universitet bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash, potensial ish beruvchilar va mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari bilan korporativ hamkorlikni kengaytirish.‎‏

1. Universitetning potensial ish beruvchilar va mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari bilan korporativ hamkorligini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.‎ 2013-yil noyabr‎ ‎‏
Namangan viloyati
‎ hokimligi, Namangan
‎ davlat universiteti,
‎Mehnat va aholini
‎ijtimoiy muhofaza
‎ qilish vazirligi

2. Universitetda ish beruvchilar (korxonalar, tashkilotlar va muassasalar) bilan birgalikda hududiy bandlikka koʻmaklashish markazlari, potensial ish beruvchilar va mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining bevosita ishtirokida bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʻyicha samarali qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirlar (Bitiruvchilar kuni, Yutuqlar kuni, Yosh mutaxassis kuni, Boʻsh oʻrinlar yarmarkasi) tashkil etish va oʻtkazish.‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab‎

3. Talabalarning malakaviy amaliyotlarini kelgusida bitiruvchilarning ish bilan bandligini taʼminlaydigan korxonalarda oʻtkazishni tashkil etish, bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bazasini ish beruvchilarning buyurtmalari yoxud ulardagi ishlab chiqarish-texnologik muammolarni oʻrganish natijalari boʻyicha takliflari asosida shakllantirish. ‎

2014-yil aprel-may, oʻquv jarayoni rejasiga muvofiq ‎

4. 2-kursdan boshlab talabalar oʻquv amaliyoti mashgʻulotlarini tegishli ish beruvchi tashkilotlar va muassasalar bazasida oʻtkazilishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. ‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab‎

‎‎III. Universitetning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, zarur yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish,
‎magistrlar va katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni maqsadli tayyorlash dasturini amalga oshirish

12.‎‏

Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasiga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, respublika muassasalari, tashkilotlari va yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Universitet bazasida ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini (“Biotexnologiya”, “Fizik-kimyoviy tadqiqotlar”) tashkil etish, shuningdek yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda ularni zamonaviy asbob-uskunalar va priborlar bilan jihozlash.‎

2013 — 2015-yillar‎ Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar mablagʻlari va grantlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎Fanlar akademiyasi,
‎Tashqi iqtisodiy
‎aloqalar, investitsiyalar
‎va savdo vazirligi,
‎Namangan davlat universiteti, yetakchi
‎oliy taʼlim
‎muassasalari,
‎tegishli
‎tashkilotlar‎‏

2. Tegishli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida yuqorida sanab oʻtilgan laboratoriyalarning yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirishni tashkil etish.‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab, jadval asosida ‎

3. Oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlar asosida respublikadagi ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilmiy markazlari bilan hamkorlikni tashkil etish. ‎

2014-2015-yillar‎

Namangan
‎ davlat universiteti,
‎tegishli tashkilotlar‎‏

4. Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xorijiy grantlar, mintaqaviy korxonalar buyurtmalari boʻyicha xoʻjalik shartnomalari hamda ularda oʻqituvchilarning ishtiroki darajasini oʻrtacha 2 baravarga koʻpaytirish doirasida ilmiy loyihalarni va tadqiqotlarni bajarishga professor-pedagog kadrlarni, iqtidorli talabalarni keng jalb etish.‎

13.‎‏

Mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari haqiqiy ehtiyojlarini oʻrganish asosida ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini kengaytirish.‎

1. “Namanganmash” OAJ, “Nestle” OAJ, “Namanganvino” OAJ, “Karbonam” MChJ va boshqa korxonalar takliflarini hisobga olgan holda mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish boʻyicha tadqiqotlarni kelgusida olib borish uchun ushbu muammolar boʻyicha ilmiy-tadqiqot mavzularining maʼlumotlar bazasini yaratish.‎

2013-yil noyabr-dekabr‎ Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari va xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎Namangan viloyati
‎hokimligi, Namangan
‎davlat universiteti

2. Yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda yosh olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va stajirovka oʻtashi uchun chet el grantlarini jalb etish. ‎

har yili‎

‎‏14.

‎‏Universitetning magistrlari va katta ilmiy xodimlari-izlanuvchilarini maqsadli tayyorlash dasturini amalga oshirish. ‎‏

1. Magistratura talabalari va katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan yakka tartibdagi ish rejasiga asosan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.‎ ‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab jadval asosida‎

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari ‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat universiteti,
‎Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti ‎‏
‎‏
‎‏

2. Magistratura talabalari va katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun, taniqli olimlarni jalb etgan holda, seminarlar va maqsadli kurslar tashkil etish.‎ ‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab‎

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari ‎

3. Ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida magistratura talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etish.‎ ‎

2013-2014 oʻquv yilidan boshlab‎

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari ‎‏

4. Respublikaning yetakchi markaziy oliy taʼlim muassasalarida — Oʻzbekiston milliy universitetida, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, shuningdek Fanlar akademiyasining soha ilmiy-tadqiqot institutlarida 16 nafar magistrlar, 2 nafar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tayyorlash. Bu 2016-yilga borib, hozirgi vaqtda universitetda taʼlim olayotgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni hisobga olgan holda, ilmiy darajalilarni 41 foizdan 45 foizgacha koʻpaytirish imkonini beradi. ‎ ‎

2014 — 2016-yillar ‎

IV. Maʼnaviy-maʼrifiy va sport-tarbiyaviy ishlar hamda talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtini mazmunli
‎oʻtkazish tizimi sifatini taʼminlash
15.‎‏

Maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlarning shakl va usullarini yanada takomillashtirish.‎‏

1. Universitet negizida “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari, shakllari, usullari va vositalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish.‎

2014-yil may‎ 4,0
‎Budjet mablagʻi
‎hisobiga ‎
Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Namangan davlat universiteti,
‎“Ka‎molot” YOIH viloyat boʻlimi, “Mahalla” fondi

2. Talabalar barcha kontingentini qamrab olgan holda “Axborot guruhi”, “Notiqlar”, “Munozara” muloqot klublari va “Ibn Sino” salomatlik maʼrifat maskani faoliyatini tashkil etish.‎

2013-2014 oʻquv yilida, maxsus reja asosida‎

‎Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga

3. Talabalar uchun “Vatanparvarlik oʻlka tarixini oʻrganishdan boshlanadi” (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (muqaddas qadamjolarga), “Oʻzbekiston — jannatmakon diyor” (teatr, muzeylar va koʻrgazmalarga), “Bunyodkorlik yoʻlida” (mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlarga) kabi mavzularda sayohatlar uyushtirish.‎

“Maʼnaviyat kuni” tadbirlari doirasida (har oyda bir marta)

4. Talabalar oʻrtasida “Yosh ijodkorlar ijodida vatanparvarlik talqini” mavzusida ijodiy ishlar, “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” mavzusida referatlar tanlovlarini oʻtkazish.‎

16.‎‏

‎‏“Umumiy va pedagogik madaniyat — jamoada sogʻlom muhit garovi” mavzusida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Talabalar, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda “Maʼnaviyat kuni”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Ota-onalar kuni”, “Birinchi kurs talabasi maktabi” tadbirlarini oʻtkazish.‎

2013 — 2015-yillarda, maxsus reja asosida Namangan davlat universiteti,
‎Namangan viloyati hokimligi, “Mahalla”
‎ fondi

2. Talabalar oʻrtasida muntazam ravishda taʼlim-tarbiya jarayonining darajasi va sifati haqida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, ular natijalari asosida tadbirlar ishlab chiqish.‎

3. “Oliy taʼlim muassasalarida odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyati haqida talabalar oʻrtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirish.‎

4. “Oʻquv dargohimizni maʼnaviyat va maʼrifat maskaniga aylantirishda mening hissam” shiori ostida Universitet hududida “Tozalik va obodonlashtirish oyligi”ni tashkil etish.‎

17.‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

Jamiyatning barqaror taraqqiyotiga zid boʻlgan turli yot gʻoyalar, mafkuraviy va maʼnaviy tahdidlar tarqalishining oldini olishga doir ishlar sifatini oshirish, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni va mustaqil Oʻzbekistonning yutuqlarini aholi oʻrtasida targʻib qilish.‎

1. Talabalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish tadbirlarini oʻtkazish. 2013-yil noyabr ‎ Namangan viloyati hokimligi, Namangan
‎davlat universiteti (ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura va sud organlari bilan birgalikda)








‎Namangan davlat universiteti, “Mahalla” fondi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, “Kamolot” YOIH
2. “Mafkuraviy immunitet va gʻoyaviy kurashchanlik — jamiyatimizning barqaror taraqqiyoti garovidir” mavzusida har bir akademik guruhda ochiq muloqot oʻtkazish.‎ 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab ‎

3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida universitetning professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan jamiyatimizda erishilayotgan yutuqlarni yoritishga bagʻishlangan uchrashuvlar tashkil etish.‎

2014-yil may‎

4. “Oila — mahalla — oliy taʼlim muassasasi” mavzusini aholi oʻrtasida targʻibot qilish uchun viloyatning 11 ta tumanida tadbirlarni amalga oshirish.‎

2014-yil yanvar — sentabr ‎

5. Muddatli harbiy xizmatni oʻtab, taʼlim olayotgan yoshlardan iborat “Yosh posbonlar” guruhlarini shakllantirish va ularning 82 ta “Mahalla posboni” tuzilmasi bilan hamkorlik qilish qoʻshma rejasini ishlab chiqish.‎

2013-2014 oʻquv yili mobaynida‎
18.‎‏

‎‏Jismoniy tarbiya va sport targʻiboti orqali yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi falsafasini shakllantirish, universitet talaba yoshlari orasidan qizlarni sport bilan shugʻullanishga jalb etish tadbirlarini amalga oshirish.

1. Universitet talabalari uchun inson salomatligini asrashga oid milliy qadriyatlar va anʼanalarni, milliy sportni aks ettiruvchi “Sogʻlom turmush tarzi va jismoniy tarbiya” mavzusida bukletlar chiqarish.‎

2013-yil ‎ 2,5
‎Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga ‎‏
Viloyat madaniyat va
‎sport ishlari
‎boshqarmasi, Namangan davlat universiteti

2. Mashhur sportchilar, “Talabalar universiadasi” sport musobaqalari sovrindorlari, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmat koʻrsatgan arboblar bilan talabalar uchrashuvini tashkil qilish.‎

“Maʼnaviyat kuni” tadbirlari doirasida (har oyda bir marta)‎

3. Qizlar uchun 13 ta sport seksiyasi-toʻgaraklarida ishlash uchun malakali ayol trenerlarni jalb etish. ‎

2013-yil noyabr‎

5,0
‎ Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga ‎

4. Talaba-sportchi qizlar oʻrtasida sport musobaqalari, marafonlar va festivallar tashkil etish va oʻtkazish.‎

2014-yil mart ‎

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga‎

19.‎‏

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning metodik taʼminotini mustahkamlash.

1. Universitetni maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishli metodik materiallar, koʻrgazmali vositalar va adabiyotlar bilan taʼminlash.‎

2013-yil noyabr ‎ ‎‏ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat universiteti,
‎Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi
2. Universitet radiouzelini ishga tushirish va uni fakultetlar bilan yagona tarmoqqa ulash, Universitetning veb-saytini maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi tahliliy materiallar bilan taʼminlash.‎ 2013-yil noyabr-dekabr ‎
20.‎‏

Universitet “Maʼnaviyat va maʼrifat” xonalarining faoliyat samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash.‎‏

1. “Maʼnaviyat va maʼrifat” xonalarini Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida jihozlash.‎

2013-yil noyabr ‎ 5,0
‎ Universitetning budjetdan tashqari mablagʻi hisobiga ‎
Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat universiteti,
‎Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi

2. Xonalarning koʻrgazmali va targʻibot vositalari, ilmiy va badiiy adabiyotlar, CD va DVD disklarga yozilgan filmlar bilan moddiy va metodik taʼminotini yaxshilash.‎

2013-yil noyabr ‎

2,0
‎Universitetning budjetdan tashqari mablagʻi ‎

3. Xonalarni markaziy gazeta va jurnallarga obuna qilish, ular bilan muntazam taʼminlash, shuningdek axborot-resurs markazi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid adabiyotlar koʻrgazmasini oʻtkazish, ularni oʻrganish monitoringini olib borish. ‎

2013-2014 oʻquv yili davomida muntazam ravishda‎

3,0
‎Budjet mablagʻlari hisobiga ‎

21.‎‏

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.‎

1. Universitetning 6 ta ijodiy-badiiy, 24 ta kasbiy, 13 ta sport seksiyalari, klublari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularda talabalarni maksimal qamrab olish, mazkur tadbirlar bilan talaba yoshlarning qamrab olinishini 35 foizdan 60 foizgacha yetkazish. ‎

2013-yil dekabr‎ 25,0
‎ OOʻMTV huzuridagi
‎Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
‎mablagʻlari hisobiga
Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎Namangan davlat universiteti,
‎ “Kamolot” YOIH

2. Madaniy tadbirlar oʻtkazish uchun Universitet majlislar zalini zarur anjomlar bilan jihozlash va taʼminlash. ‎

2013-yil dekabr‎

3. “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi koʻmagida “Fotosuratlar muzeyi” tashkil etish, ijodkor talaba yoshlar uchun — “Kelajak press”, til oʻrganish boʻyicha — “Kelajak Lingvo” klubi faoliyatini takomillashtirish.‎

2013-yil dekabr ‎

4. Talaba yoshlarning intilishlari, izlanishlari va tashabbuslarini, “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyilini roʻyobga chiqarishda faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash orqali ularning energiyasiga, bilimlariga va salohiyatiga tayangan holda “Kamolot” YOIH turli yoshlar tadbirlarini oʻtkazish. ‎

2013-2014 oʻquv yili‎

5. Talabalarning yozgi taʼtillari davrida fanlardan qoʻshimcha konsultatsiyalar oʻtkazish, xorijiy tillarni oʻrganish, kompyuter kurslari tashkil qilish, sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish.‎

22.‎‏

Talabalar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.‎‏

1. Talabalar turar joylarida axborot-resurs markazi filiali va kompyuter zallari faoliyatini tashkil etish, dam olish xonasi va maishiy markazlar tashkil etish uchun joy ajratish. ‎

2014-yil fevral ‎ 20,0
‎OOʻMTV huzuridagi
‎Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
‎mablagʻlari hisobiga
Oliy va oʻrta
‎maxsus taʼlim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi

2. Talabalar turar joylarini toʻla qamrab oluvchi Wi-Fi aloqa hududini tashkil qilish.‎

2014-yil may ‎
V. Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻquv auditoriyalari, laboratoriya xonalarini
‎zamonaviy oʻqitish vositalari, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash
23.‎‏

‎‏Universitetning oʻquv-laboratoriya korpuslarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.

1. Amalda foydalanib kelinayotgan eskirgan oʻquv laboratoriyalari uskunalarini yangilash va taʼmirlash.‎

2013-yil‎ ‎OOʻMTV
‎ huzuridagi Oliy
‎taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmagi, grantlar va homiylar mablagʻlari
‎‏Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Namangan davlat universiteti

2. Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha jami 29 ta, shu jumladan, “Fizika” boʻyicha — 9 ta, “Kimyo” boʻyicha — 9 ta, “Biologiya” boʻyicha — 3 ta, “Geografiya va ekologiya” boʻyicha — 3 ta oʻquv laboratoriyalari tashkil etish. ‎

2014-yil‎

3. 9 ta xorijiy tillar kabinetlari tashkil etish, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va uskunalar bilan jihozlash. ‎

2014-yil‎

4. Oʻquv-metodik va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi elektron mahsulotlar yaratish uchun Axborot texnologiyalari markazida 2 ta multimedia studiyalarini tashkil etish.‎

2014-2015-yillar ‎

75,0
‎ OOʻMTV huzuridagi
‎Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
‎mablagʻlari hisobiga ‎

Davlat aloqa
‎qoʻmitasi‎

5. Universitetning kompyuter texnikasi bilan jihozlanganlik darajasini belgilangan normativlarga (100 nafar talaba hisobiga 15 ta kompyuter) yetkazish.‎

2013 — 2015-yillar‎

600
‎Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ‎

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎

24.‎‏

Universitetning axborot-resurs markazi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.‎‏

1. Namangan shahar, Uychi koʻchasi, 316-uy manzilida joylashgan 2 qavatli oshxona binosini rekonstruksiya qilish va unda Universitetning zamonaviy axborot-resurs markazini joylashtirish.‎

2014-yil‎

Loyiha-qidiruv
‎ishlariga muvofiq
‎Davlat budjeti
‎mablagʻlari‎

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi ‎‏

2. Namangan shahar, Boburshoh koʻchasi, 81-uy manzilida joylashgan talabalar turar joyi binosi tarkibidagi yordamchi binoni rekonstruksiya qilish va unda Universitetning zamonaviy axborot-resurs markazini va maishiy xizmat markazini joylashtirish.‎

2014-yil‎

Investitsiya dasturi doirasida kapital qoʻyilmalar‎

25.‎

Talabalar turar joylarini rekonstruksiya qilish hamda ularni zarur mebel va inventarlar bilan jihozlash.‎

Namangan shahar, Boburshoh koʻchasi, 81-uy manzilida joylashgan talabalar turar joyining 3 ta binosini rekonstruksiya qilish va zarur inventarlar bilan jihozlash. ‎

2014-yil‎

Investitsiya dasturi doirasida kapital qoʻyilmalar‎

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-oktabrdagi 290-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan davlat universiteti rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturining bajarilishi monitoringini olib borish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ikramov A.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

Xodiyev B.Y.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Boltaboyev M.R.

Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

4.

Murodov O.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari

5.

Alimuxamedov B.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

Kuranboyev K.K.

Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari

7.

Ismailov B.M.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori

8.

Shermatov Sh.X.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

9.

Qoʻchqorov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

10.

Toxirov B.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqarma boshligʻi

11.

Jalolov H.S.

Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari

12.

Poʻlatov M.E.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma boshligʻi

13.

Xakimov X.I.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori

14.

Sodiqov B.O.

Toshkent davlat texnika universitetining kadrlar boʻlimi boshligʻi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 44-son, 579-modda)