Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-oktabr,
287-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 15-banddagi “Tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga” soʻzlari “Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshiga “tovarlar” soʻzlaridan keyin “(moliyaviy xizmatlardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 36-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxlari (tariflar)ning isteʼmolchi tomonidan pasaytirilishi”;
oʻn uchinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 37-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun tasdiqlangan va belgilangan xarid narxlari (tariflar) pasaytirilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan mablagʻlar tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxi (tarif) bilan hisob-kitob amalga oshirilgan amaldagi narx (tarif) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 94-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 9-bandining “g” kichik bandida:
a) uchinchi xatboshiga “narxlar (tariflar)ning” soʻzlaridan keyin “shuningdek Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlarga narxlar” soʻzlari qoʻshilsin;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar narxlari ustidan monitoring olib boradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 166-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida elektron xaridlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-bandining yigirma sakkizinchi xatboshidagi “Tovar bozorlarida” soʻzlari “Tovar yoki moliya bozorida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 573-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 26-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)