sirdaryo viloyati Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashining
Qarori
Sirdaryo tuman maxalliy budjetining 2013-yilgi asosiy istiqbol koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887-sonli qarorini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24, 25-moddalariga binoan Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi qaror qiladi:
1. Sirdaryo tuman mahalliy budjetining 2013-yilga asosiy istiqbol koʻrsatkichlari tasdiqlansin.
2. Tuman hokimligi, tuman hokim oʻrinbosarlari asosiy eʼtiborni birinchi darajali xarajatlar ish haqi, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalarni toʻliq moliyalashtirishga qaratib, ushbu masalalarga tuman Kengashi deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishni taʼminlasinlar. Buning uchun joylardagi rahbarlarning shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
3. 2013-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari 1,20 barobariga oshirilganligini hisobga olib, ushbu sohalarga ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanish choralari koʻrilsin.
4. Tuman moliya boʻlimi (U. Babayev) tuman hududiy gʻaznachilik boʻlinmasi (J. Xolmuxamedov) budjet mablagʻlarning maqsadli va samarali foydalanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. SUVONOV
Sirdaryo t.,
2013-yil 28-yanvar,
16/94-son