17.10.2013 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida oʻq otish sportini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika sportchilarini oʻq otish va stendga oʻq otish boʻyicha xalqaro musobaqalarga sifatli tayyorlash va ularda sportchilarning muvaffaqiyatli qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasining mashqlar oʻtkazish bazasini rivojlantirish hamda sportning ushbu turini keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikaning mavjud oʻq otish sporti bazasining maydoni va joylashgan joyi jihatidan xalqaro musobaqalar oʻtkazish uchun yaroqli boʻlgan zamonaviy oʻq otish kompleksini yaratish uchun yetarli emasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, Oʻrtasaroy posyolkasi manzilida joylashgan 99-son harbiy shaharchasini Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga bepul foydalanish uchun berish va uning negizida “Zamonaviy oʻq otish sporti kompleksini qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tezkor boshqaruvida boʻlgan Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oqqoʻrgʻon koʻchasi, 34-uy manzilidagi 1 qavatli binoni Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi maʼmuriyatini joylashtirish uchun Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga bepul foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻq otish sporti kompleksi obyektlarini qurish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“CNEGARALOYINA” MCHJ — bosh loyihalovchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi tender savdolari natijalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning toʻrtinchi choragi — qurilishni tugallash muddati etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachi bosh loyihalovchi bilan birgalikda bir oy muddatda “Zamonaviy oʻq otish sporti kompleksini qurish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha sifatli texnik topshiriqni ishlab chiqsin va kelishish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari asosida Toshkent viloyati hokimligiga loyiha uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga davlat budjeti mablagʻlari ajratish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengashga koʻrib chiqish uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Markaziy harbiy sport klubining 25 va 50 metrli oʻq otish tirlarini rekonstruksiya qilishni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalarning budjet limitlari doirasida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha, Toshkent viloyati hokimligiga Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oqqoʻrgʻon koʻchasi, 34-uy manzilida joylashgan binoni taʼmirlash va jihozlash uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek obyektlarni qurish boʻyicha qurilish-montaj ishlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent viloyati hokimligi oʻq otish sport kompleksini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini tekislash va koʻkalamzorlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasining Respublika oliy sport mahorati maktabi shtatiga sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha (oʻq otish va stendga oʻq otish boʻlimiga) qoʻshimcha ravishda ikkita katta trener lavozimi shtat birligini kiritish, ularning trenerlik-metodik faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish funksiyalarini Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasi Oʻzbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi bilan birgalikda Ovchilik va sport qurollarining oʻq otish turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga ularni sotib olish uchun ruxsatnoma olayotgan shaxslarni majburiy tartibda oʻqitish toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston “Veteran” faxriy jangchilar (baynalmilalchilar) birlashmasi bilan birgalikda doimiy ravishda Oʻzbekiston oʻq otish sporti Federatsiyasiga va uning mintaqaviy tuzilmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari orasidan istiqbolli va talantli yoshlarni tanlab olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda yoshlar oʻrtasida sportning oʻq otish turlari keng targʻib etilishini taʼminlashda har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 560-modda)