Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2021-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 2-martdagi 17, 314-V-2, 2015-7-sonli “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2021-2, 06.03.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 18-sentabrdagi 92, 26/I, 2009-28-son qarori (roʻyxat raqami 2021, 2009-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 462-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-sentabr,
88-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-sentabr,
314-V-1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-sentabr,
2013-44-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 88, 314-V-1, 2013-44 - son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imtiyozlarni qoʻllash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni boʻyicha Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga asosan Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi – Maʼlumotnomani taqdim qiladilar.”.
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Hujjat turi | |
/ |
| | |
Soliq davri |
| | | | | ||||||||||||||||||
| Hujjat turi: 1 – hisob-kitob, 2 – aniqlashtiruvchi (kasr orqali aniqlashtiruv raqami) Yuridik shaxsning ________________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
| toʻliq nomi | |||||||||||||||||||||||||||||
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi
HISOB-KITOBI — MAʼLUMOTNOMA
HISOB-KITOBI — MAʼLUMOTNOMA
|
Koʻrsatkich nomi |
Satr |
Hisobot davri uchun summa (ming sum) | |||
|
1-chorak |
yarim yillik |
9 oy |
yil | ||
| I. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash, jami (020, 030 va 040-satrlar yigʻindisi), shu jumladan: | 010 | | | | |
| uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan investitsiya kreditlari (brutto*) (14700 - 15500, 15701 ning tegishli hisobvaraqlari, bundan 14900 mustasno) | 020 | | | | |
| uch yildan kam boʻlmagan muddatga koʻrsatilgan lizing xizmatlari (brutto*) (15600, 15705 ning tegishli hisobvaraqlari) | 030 | | | | |
| banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar | 040 | | | | |
| II. Kredit portfeli, jami (060, 070 va 080-satrlar yigʻindisi), shu jumladan: | 050 | | | | |
| berilgan kreditlar summasi (brutto*) (11900 - 15500, 15700 hisobvaraqlar) | 060 | | | | |
| lizing xizmatlari (brutto*) (15600 ning tegishli hisobvaraqlari) | 070 | | | | |
| banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar | 080 | | | | |
| III. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi (%da) ((010-satr / 050-satr) x 100%) | 090 | | | | |
| IV. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasi, % | 100 | | | | |
| V. Tuzatilgan soliq stavkasi, % | 110 | | | | |
* Brutto — ishonchsiz qarzlar boʻyicha yaratilgan zaxiralarni hisobga olmagan holdagi kredit yoki lizing summasi
|
Ushbu hisob-kitob — Maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman: |
Davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan toʻldiriladi | ||||||||||||||||||||||||||||
| Rahbar: | | | | | | | | | | |
Ushbu hisob-kitob—Maʼlumotnoma | ||||||||||||||||||
| STIR | | | | | | | � | | | | |||||||||||||||||||
| F.I.O. | ________________________ | | | ||||||||||||||||||||||||||
| Imzo | ________________________ | | |||||||||||||||||||||||||||
| Bosh buxgalter | | shaxsan | | pochta orqali | |||||||||||||||||||||||||
| STIR | | | | | | | | | | | | | |||||||||||||||||
| F.I.O. | ________________________ | | | | varaqda taqdim etildi | ||||||||||||||||||||||||
| Imzo | ________________________ | Taqdim | |||||||||||||||||||||||||||
| | etilgan sana | | | | | | | | | | | ||||||||||||||||||
| |
(kun/oy/yil) | ||||||||||||||||||||||||||||
| Sana | | | | | | | | | | |
F.I.O. |
_____________________________ | |||||||||||||||||
| | | | | | | |
(kun/oy/yil) |
| | |
Imzo |
__________________________ | |||||||||||||||||
|
M.Oʻ.”. |
| | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 562-modda)