Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 31-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi 422-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyulda qabul qilingan OʻRQ-162-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 353-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishini, transportdan, transport kommunikatsiyalaridan, aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishini taʼminlashga doir vazifalarni bajarmaganlik uchun javobgarlik
Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh muassasalarga va boshqa muassasalarga) toʻsqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlar ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, transportdan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratishga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi”;
2) 25-moddaning ikkinchi — yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlarni ish bilan taʼminlashga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, sexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Koʻzi ojiz nogironlar sharoitlari oʻz imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga moʻljallanmagan joylar berilishida, xom ashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam koʻrsatadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 510-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar ish bilan taʼminlangan deb hisoblanadi:
yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni haq evaziga toʻliqsiz ish vaqtida yoki uyda bajarayotgan, shuningdek haq toʻlanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega boʻlgan;
betobligi, taʼtilda, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish toʻxtatib qoʻyilganligi munosabati bilan, shuningdek vaqtincha ish joyida boʻlmaganda xodimning ish joyi qonun hujjatlariga muvofiq saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida boʻlmagan;
haq toʻlanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
oʻzini ish bilan mustaqil taʼminlayotgan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, hunarmandlar, oilaviy korxonalar ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari aʼzolari, fermerlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlarida va ularning organlarida xizmatni oʻtayotgan, shuningdek muqobil xizmatni oʻtayotgan;
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarda, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar”;
2) 3-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ishsizlar — oʻn olti yoshdan to pensiya bilan taʼminlanish huquqini olishgacha boʻlgan yoshdagi, haq toʻlanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno).
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan shaxslar ishsiz deb eʼtirof etiladi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 4-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonun 27-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan soʻng kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish topib berish mumkin boʻlmagan taqdirda, ishsizning qobiliyatini, uning sogʻligʻi holatini, oldingi ish tajribasini va uning uchun qulay boʻlgan oʻqitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) oʻzgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin”;
toʻrtinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“taklif etilgan ishni rad etish ishsizning sogʻligʻi holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga koʻra mavjud moneliklarga asoslangan boʻlsa”;
4) 7-modda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga”;
oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
odam savdosidan jabrlanganlarga qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi”;
ikkinchi qismidagi “mazkur toifadagi fuqarolarni” degan soʻzlar “ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toifadagi fuqarolarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ish beruvchi ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar boʻladi”;
5) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Unumli va ijodiy mehnat qilishga boʻlgan oʻz qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shugʻullanish har kimning mutlaq huquqidir.
Har kim ish beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish yoʻli bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir”;
6) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat hududidan tashqarida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy byurolar tomonidan amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
7) 16-moddaning uchinchi qismi:
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ish qidirib murojaat qilayotgan fuqarolarning, shuningdek boʻsh ish joylarining (vakant lavozimlarning) hisobini yuritadi”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarining bajarilishi monitoringini ushbu dasturlarga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot, shuningdek davlat statistika organlarining maʼlumotlari asosida amalga oshiradi”;
toʻqqizinchi — oʻn yettinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn beshinchi xatboshisidagi “ishsiz fuqarolarni” degan soʻzlar “ishsizlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 17-moddaning birinchi qismi:
uchinchi xatboshisidagi “normativ hujjatlar” degan soʻzlar “normativ-huquqiy hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish”;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kasanachilik, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining va oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash”;
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9) 18-moddaning:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish”;
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarini bajarmaganlik uchun, shuningdek avval talabnoma berilgan, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim olgan yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”;
beshinchi qismidagi “mahalliy mehnat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 22-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “keyinchalik ikki oygacha muddatga uzaytirish huquqi bilan” degan soʻzlar “keyinchalik uzaytirish huquqi bilan ikki oy muddatgacha boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 27-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yoʻllanma olish uchun murojaat qilishi shart”.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi 625-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) 6-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, birjalarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda) 37-moddasi birinchi qismining “e” bandidagi “aspiranturada, doktoranturada” degan soʻzlar “aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi 1002-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 4, 129-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“standartlarni buzganlikda aybdor boʻlgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashda;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berishda;
standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlashda mutlaq huquqqa egadir”;
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”;
beshinchi va oltinchi qismlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi 1006-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda, № 10, 536-modda) 23-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan sertifikatlashtirilmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun tayyorlovchining (tadbirkorning) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor - tayyorlovchilar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi tayyorlovchilarni (tadbirkorlarni) majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazishdan ozod qilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 169-modda uchinchi qismining “v” bandi quyidagi mazmundagi “v” va “g” bandlar bilan almashtirilsin:
“v) koʻp miqdorda;
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan boʻlsa”;
2) 1852-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining dispozitsiyalaridagi “Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga” degan soʻzlar “Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 2552-modda bilan toʻldirilsin:
“2552-modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek texnologik jihatdan ular bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) magistral quvurlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
g) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga;
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odam oʻlishiga;
b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 47-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 50-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50-modda. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim olgan, shuningdek kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) boʻlgani holda asossiz rad etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) quyidagi mazmundagi 511-modda bilan toʻldirilsin:
“511-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Nogironlar ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha talablarni bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 99-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“99-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajarish talablarini, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududni rejalashtirish va qurish bosh rejalarini, loyihalarini, tarixiy imoratlar joylashgan tumanlarni rekonstruksiya qilish rejalarini, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlari xususidagi, shu jumladan ish hujjatlari xususidagi ijobiy xulosasisiz, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari roʻyxatidan oʻtkazmasdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 100-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 101-moddaning dispozitsiyasidagi “Elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga” degan soʻzlar “Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 165-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“165-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish
Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 1741-modda:
nomidagi “Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishning belgilangan tartibini qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalgʻitish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
9) 175-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 1751-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi “oʻn besh” degan soʻzlar “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 178-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻqqizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, isteʼmolchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlashi, ularni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazish, shuningdek isteʼmolchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
12) 1781-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
13) quyidagi mazmundagi 1794-modda bilan toʻldirilsin:
“1794-modda. Birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
14) 212-modda:
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Standartlar va oʻlchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik —
eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
15) 214-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
16) 2272-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
17) 2274-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yoʻqotish yoxud yetkazib bermaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tovarlarni, transport vositalarini va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
18) 2278-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovni tuzatish, oʻrash, qayta oʻrash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar va boshqa joylarni ochish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
19) 2279-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
20) 22713-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
21) 22714-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qoʻyish —
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
22) 22715-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
23) 22716-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar bunday qaytarib olib kirish shart boʻlsa, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
24) 22717-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
25) 22718-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
26) 22719-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
27) 22727-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
28) 245-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining toʻrtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 157, 158, 159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 161, 163, 1631-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764, 177, 179, 1792, 1793, 1794, 180, 181, 182, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno), 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 189, 1891, 190, 191, 193, 194, 195, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 198, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 2152, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 2411, 2412-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
29) 255-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari”;
30) 262-moddaning birinchi qismidagi “2274-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar “2274-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 60-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishsizlar — oʻn olti yoshdan to pensiya bilan taʼminlanish huquqini olishgacha boʻlgan yoshdagi, haq toʻlanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno).
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan shaxslar ishsiz deb eʼtirof etiladi”;
2) 61-moddaning:
nomidagi “Ishdan va ish haqidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeks 65-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan soʻng kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish topib berish mumkin boʻlmagan taqdirda, ishsiz shaxsning qobiliyatini, uning sogʻligʻi holatini, oldingi ish tajribasini va uning uchun qulay boʻlgan oʻqitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) oʻzgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin”;
3) 63-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar:
ish yashash joyini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlsa;
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq boʻlsa va transportda qatnash jihatdan qulay boʻlmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatdan qulayligi (yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan uzoqligi) mazkur joydagi jamoat transporti tarmogʻining rivojlanganligi hisobga olingan holda mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi;
taklif etilgan ishni rad etish ishsiz shaxsning sogʻligʻi holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga koʻra mavjud moneliklarga asoslangan boʻlsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas”;
4) 65-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yoʻllanma olish uchun murojaat qilishi shart”;
5) 68-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Davlat:
ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalarga;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga;
nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
odam savdosidan jabrlanganlarga qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Qoʻshimcha kafolatlar qoʻshimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, maxsus oʻquv dasturlarini tashkil etish, korxonalarga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun minimal ish joylarini belgilash yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar orqali taʼminlanadi.
Ish beruvchi ish joylarining belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar boʻladi”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar “toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 72-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodim oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzishi mumkin”;
7) 84-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Homilador ayollar, uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi”;
8) 90-moddaning uchinchi qismidagi “ish beruvchi unga rad etishning sababini maʼlum qilishi kerak” degan soʻzlar “ish beruvchi unga rad etishning sababini yozma shaklda maʼlum qilishi kerak” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 107-moddaning toʻrtinchi qismidagi “aspiranturaga” degan soʻz “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 113-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
11) 149-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “252” raqami chiqarib tashlansin;
12) 150-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimning arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak”;
13) 160-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, oʻrindoshlik asosida ishlaganlik uchun, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi”;
14) XIV bobning 2-paragrafi quyidagi mazmundagi 2471-modda bilan toʻldirilsin:
“2471-modda. Taʼlim muassasalarining bitiruvchilari uchun qoʻshimcha kafolatlar
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan eʼtiboran uch yillik muddat oʻtguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart”;
15) 251 va 252-moddalar chiqarib tashlansin;
16) 258-moddaning birinchi qismidagi “nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarini” degan soʻzlar “doktorlik dissertatsiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda) 1066-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda) 27-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi — beshinchi qismlar quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, isteʼmolchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek isteʼmolchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi ishlab chiqaruvchilarni (ijrochilarni, sotuvchilarni) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda toʻlanganida toʻlov terminallarining cheklari ham boshlangʻich hisob hujjatlari deb tan olinadi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi 398–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 591-modda; 2010-yil, № 12, 466-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 10-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi 412-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 423-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 18-modda ikkinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 21-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bevosita energiya nobudgarchiligini va energetika jihatidan samarasiz mahsulot ishlab chiqarilishini istisno etadigan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishning belgilangan energiya jihatidan samaradorligini taʼminlashi shart. Bu talablar buzilganda mansabdor shaxslar:
energiyaning sifat koʻrsatkichlari buzilgan;
energiyaning bevosita nobudgarchiligi asboblar yordamida yoki normativ usul bilan aniqlangan;
energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlari normativ hujjatlar talablariga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarilgan;
energiya sarflanishini asbob yordamida hisobga olish buzilgan;
sertifikatlashtirilmagan energetika asbob-uskunalaridan, energiya taʼminoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanilgan;
mavjud ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan ulushi taʼminlanmagan taqdirda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shugʻullanayotgan yuridik shaxslarni oʻzlari yetkazgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan 463-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 11-12, 295-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 160-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3.3-bandning 3.3.3-kichik bandi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” boʻlimining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni oliy oʻquv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik) olish mumkin. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga koʻra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi”;
2) 4.1-bandning birinchi xatboshisidagi “Aspirantura va doktorantura faoliyati” degan soʻzlar “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi 464-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 225-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 15-moddaning:
birinchi qismidagi “(aspirantura, adyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik)” degan soʻzlar “(katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “ilmiy darajalar va unvonlar” degan soʻzlar “ilmiy daraja va ilmiy unvonlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning uchinchi qismidagi “fan nomzodi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 12-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqishda qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi”;
toʻrtinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan 548-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 178-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
“71-modda. Tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi”;
2) 51-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51-modda. Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati
Bojxona organlari tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyin, agar qonun hujjatlari buzilganligi haqida taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari tovarlar mavjudligini tekshirishga, ularni takroran bojxona tekshiruvidan oʻtkazishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operatsiyalariga daxldor hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirishga haqli. Tekshirish deklarant turgan joyda, koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqasi boʻlgan yoki zarur hujjatlarga ega boʻlgan har qanday boshqa shaxs turgan joyda oʻtkazilishi mumkin. Huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida, bojxona toʻlovlarini qoʻshib hisoblash esa tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir bitim boʻyicha koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin”;
3) 73-modda yettinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisidagi “145, 146” raqamlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisidagi “ushbu Kodeksning 171-moddasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 112-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlarini qoʻshib hisoblash tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda yuridik shaxslar bojxona organiga xabarnoma yuborib, tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlari summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini toʻlashni undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli”;
uchinchi qismidagi “0,05” raqami “0,033” raqami bilan almashtirilsin;
5) 131-moddaning birinchi qismidagi “137, 139, 144 — 146, 151 — 154, 156 — 159, 161 — 169, 171 va 172” raqamlari “161 — 169” raqamlari bilan almashtirilsin;
7) 164-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “159” raqami chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritiladi”;
2) 22-modda:
birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart”;
3) 29-moddaning uchinchi qismi:
birinchi xatboshisidagi “shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari” degan soʻzlar “shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari beradilar hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam koʻrsatadilar”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga koʻmaklashadilar;
foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish uchun ijaraga beradilar;
fermer xoʻjaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga koʻmaklashadilar”;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 32-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“fermer xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida oʻz ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaganida, shu jumladan fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganida”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 604-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda) 25-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) nomidagi “hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) toʻrtinchi qism chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda) 52-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “aspirantlar” degan soʻz “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 5-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi”.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi 723-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 29-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Reklama beruvchi reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborotning mazmuniga doir qismi buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar boʻladi.
Reklama tayyorlovchi reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar boʻladi.
Reklama tarqatuvchi reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining reklamani tarqatish vaqti, joyi va vositalariga taalluqli qismi buzilganligi uchun javobgar boʻladi.
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — jismoniy shaxslar notoʻgʻri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmani oʻz vaqtida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik, reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻgʻri maʼlumotlar takdim etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilarni vakolatli davlat organining qarorini yoki koʻrsatmasini bajarish yoki reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 39-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar besh yilda koʻpi bilan bir marta, kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar uch yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi”.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 12, 467-modda; 2012-yil, № 4, 107-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 26-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar, bundan sugʻurta qildiruvchilarning va sugʻurtalangan shaxslarning sogʻligʻi holati, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi maʼlumotlar mustasno, qonun hujjatlarida majburiy sugʻurta boʻyicha belgilangan majburiyatning sugʻurta qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlariga sugʻurta qildiruvchilarning roziligi olinmagan holda belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar tomonidan taqdim etiladi”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar tegishincha yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasiga qoʻshilish haqida”gi 681-II-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 181-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasining 18-moddasiga taalluqli izohi olib tashlansin;
2) ikkinchi xatboshidagi “quyidagi izohlar” degan soʻzlar “quyidagi shart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
4) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
5) uchinchi xatboshining oʻzbekcha matnidagi “taalluqli izoh” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-42-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 37-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 54-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish yuborib, tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini toʻlashni undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli”;
2) 90-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda koʻpi bilan bir marta, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi”;
3) 115-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganlik uchun soliq toʻlovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq toʻlovchi — jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”;
4) 116-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Buxgalteriya hisobining mavjud emasligi yoki uni belgilangan tartibni buzgan holda yuritganlik hisoblanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlab boʻlmasligiga olib kelsa, soliq toʻlovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi soliq toʻlovchi — yuridik shaxsni buxgalteriya hisobini tiklash majburiyatidan ozod qilmaydi”;
5) 117-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanganlik uchun shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi”;
6) 120-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “0,05” raqami “0,033” raqami bilan almashtirilsin;
7) 179-modda quyidagi mazmundagi 33-band bilan toʻldirilsin:
“33) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari”;
8) 181-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “bundan ushbu Kodeksning 179-moddasi 33-bandida koʻrsatilgan jismoniy shaxslarning daromadlari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 329-modda quyidagi mazmundagi 35-band bilan toʻldirilsin:
“35) Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xoʻjaliklarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xoʻjaliklarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan”;
10) 330-modda quyidagi mazmundagi 29-band bilan toʻldirilsin:
“29) Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xoʻjaliklarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xoʻjaliklarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan”;
11) 367-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sugʻorishdan foydalanilayotgan boʻlsa, oʻsha qismida tomchilatib sugʻorish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga”.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 55 va 56-moddalari chiqarib tashlansin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-319-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 25-moddaning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
2) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan kelishib olingan harakatlari va bitimlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni suiisteʼmol qilganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) hamda boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlar tuzishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi xoʻjalik yurituvchi subyektni monopoliyaga qarshi organning qarorini (koʻrsatmasini) bajarish yoki raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Raqobatni cheklovchi va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda maʼlum qilgan shaxs maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi”;
3) 28-modda chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
31-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi 173-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 21-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 174-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 22-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 621-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 90-modda) XXIII boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-12-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 411-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 29-moddasi.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
33-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-oktabr,
OʻRQ-355-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 543-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son)