Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 24-oktabrdagi 478-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining raisi X.M. Mirzaxidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-oktabr,
268-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 1-banddagi, 2-bandning beshinchi xatboshidagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan” soʻzlari “2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-banddagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi)” soʻzlari “2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari “Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 22-banddagi, 28-bandning birinchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari “Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 25-bandda:
toʻqqizinchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari “Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari “Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 26 va 37-bandlardagi “Muvofiqlashtiruvchi kengashga” soʻzlari “Respublika komissiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) ilovada:
“Tadbirlar” ustunining 5 va 6-bosqichlaridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengashga” soʻzlari tegishli ravishda “Respublika komissiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼullar” ustunining 5 va 6-bosqichlaridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” soʻzlari “Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-son qarori bilan tasdiqlangan “2013-yil uchun oldindan kelishilgan hamda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan begʻaraz texnik koʻmak (grantlar) loyihalari roʻyxatining 91-bandidagi “Ijro etuvchi agentlik” ustunida:
“Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Oʻzinfokom” agentligi” soʻzlari “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 528-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)