O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 24-oktabrdagi 478-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining raisi X.M. Mirzaxidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-oktabr,
268-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 1-banddagi, 2-bandning beshinchi xatboshidagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan” so‘zlari “2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-banddagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi)” so‘zlari “2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 22-banddagi, 28-bandning birinchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 25-bandda:
to‘qqizinchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 26 va 37-bandlardagi “Muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “Respublika komissiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) ilovada:
“Tadbirlar” ustunining 5 va 6-bosqichlaridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari tegishli ravishda “Respublika komissiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ullar” ustunining 5 va 6-bosqichlaridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-son qarori bilan tasdiqlangan “2013-yil uchun oldindan kelishilgan hamda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ro‘yxatining 91-bandidagi “Ijro etuvchi agentlik” ustunida:
“Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“O‘zinfokom” agentligi” so‘zlari “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 40-son, 528-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)