Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining
Qarori
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining shu mazmundagi 2013-yil 11-iyuldagi 154-Q-sonli qarorini tumanda bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining shu mazmundagi 2013-yil 11-iyuldagi 154-Q-sonli qarori rahbarlik va amalda bajarish uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
2013-yil 19-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bosh vazirning oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruh tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi:
koʻp xonadonli uy-joy fondi, unga xizmat koʻrsatuvchi markazlashtirilgan qozonlar va qozonxonalarni, sovuq suv va markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tarmoqlarini joriy va kapital taʼmirlash, irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish, markaziy va kvartallar ichidagi koʻchalarni sanitariya jihatidan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek Toshkent shahri va respublikaning 28 ta yirik shaharlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B.I. Zakirov);
ijtimoiy soha obyektlariga, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga belgilangan muddatlarda hamda yetarli hajmlarda yoqilgʻi-energetika resurslarining asosiy turlarini–tabiiy gaz, elektr energiyasi, mazut, pech yoqilgʻisi, koʻmir, tom yopish uchun qattiq bitumni uzluksiz yetkazib berish, elektr va gaz taʼminoti, gaz taqsimlash punktlari va transformator podstansiyalarini kapital va joriy taʼmirlashni amalga oshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ.I. Ibragimov);
maktablar, bolalar bogʻchalari, “Mehribonlik” va mehr-shafqat uylari, tibbiyot muassasalari, kollejlar, litseylar, oliy oʻquv muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga, mazkur obyektlarning tomlarini, ichki isitish tizimlari va qozonxonalarini joriy va kapital taʼmirlab, ularni muqobil yonilgʻi turlaridan foydalanishga oʻtkazishni, obyektlarning issiqlik bilan taʼminlanishini, tegishli sanitariya holati, ularning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutuvchi ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A.I. Ikramov).
Bunda:
2013-2014-yil kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalar belgilanganligi;
har bir hudud kesimida, shuningdek respublikaning 28 ta yirik shaharlari va tumanlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi, masʼul ijrochilar-vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2-3-ilovaga* muvofiq;
2013-2014-yillar kuz-qish mavsumi koʻmir, suyultirilgan gaz, mazut va texnik tuz jamgʻarishni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshiriqlari 4-ilovaga* muvofiq;
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini muvofiqlashtirish komissiyasi tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
*1-5-ilovalar berilmaydi.
4. Tumandagi korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. Tuman komissiyasiga:
kommunal soha, qozonxonalar, koʻp kvartirali turar joy binolari, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda ijtimoiy soha obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqib, joriy yilning 25-iyuliga qadar ushbu masala yuzasidan komissiyaning majlisini oʻtkazish;
oʻrganish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2013-2014-yillar kuz-qish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy va kompleks tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlash;
2013-2014-yillar kuz-qish davrida tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni bajarilishini taʼminlash va bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oʻn kunda maʼlumotlarni umumlashtirish uchun tuman hokimligiga taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda tuman hokimligi majlislarida koʻrib chiqilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamga hamda iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari zimmalariga yuklansin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim v.b. A. AShUROV
Jomboy t.,
2013-yil 31-iyul,
946-q-son