sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimining
Qarori
Shirin shahrida tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi uchun narxlarning yangi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son 320-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 72-modda; 2003-yil, 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 50-51-son, 512-modda; 2011-yil, 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil 42-43-son) ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Shirin shahar obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 17-apreldagi 56-sonli sanitar tozalik boʻyicha reja koʻrsatkichlarini bajarish, shahar atrof muhitini tozalash va tozalikni saqlash uchun (QMCh) qattiq maishiy chiqindisi aholidagi bir kishi uchun yangi narxga oʻtish hisobini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xatini koʻrib chiqib, qaror qilaman:
1. Shirin shahar obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 17-apreldagi 56-sonli “Shaharda tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi narxlarini yangi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida”gi xati hamda Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasining 2013-yil 27-apreldagi 03/1132-sonli xati asosida qaror loyihasi qonun hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi inobatga olinsin.
2. Shirin shahar obodonlashtirish boshqarmasi tozalash va tozalikni saqlash boʻlimi rejalarini bajarish uchun quyidagi yangi narxda tasdiqlansin.
a) 1 metr kub (QMCh) qattiq maishiy chiqindi — 7234,42 soʻm;
b) Aholidan bir kishi uchun — 602,87 soʻm.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari M. Abdurahimov zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Sh. TOJIBOYEV
Shirin sh,
2013-yil 1-may,
149-son