Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 20.09.2013 yildagi 259-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2015-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, mamlakatimiz va chet el turistlarini mintaqaning tarixiy-madaniy merosi bilan keng tanishtirish, transport-kommunal infratuzilma obyektlari kompleksi bilan Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasida yangi loyihalarni amalga oshirish yoʻli bilan aholining dam olishi va turizmi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash hamda yangi turizm yoʻnalishlarini shakllantirish, shuningdek turizm xizmatlari sifatini oshirish, shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va viloyat aholisi daromadlari oʻsishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi F-4038-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-2015-yillar davrida Toshkent viloyatidagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini tadqiq qilish, konservatsiyalash, restavratsiya qilish va ularning holatini yaxshilash boʻyicha manzilli roʻyxat 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida mehmonxonalarni hamda boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxat 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar va tadbirlarni tijorat banklarining kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jadvali 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturni bajarish monitoringi boʻyicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh (E.M. Gʻaniyev)ga quyidagilar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, kreditlarni hamda donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhga, zarurat boʻlganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyihaviy takliflar mavjud boʻlgan taqdirda, Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati hokimligi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda har chorakda Ishchi guruhga ularning bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi hamda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda — noqonuniy qurilishlarga va yer uchastkalaridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga ushbu qaror doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarning tashabbuskorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha, oʻn ikki oydan iborat imtiyozli davr bilan kamida besh yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan 2016-yil 1-yanvargacha tovarlar bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek turizm sohasini rivojlantirishga doir boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan keltiriladigan tovarlardan belgilangan maqsadlardan tashqari foydalanilgan taqdirda, boʻshab qoladigan mablagʻlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini qoʻllagan holda toʻliq hajmda Davlat budjetiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 510-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)