SIRDARYo VILOYaTI Yangiyer shahar hokimining
Qarori
YaNGIYER ShAHRIDA TOZALASh VA TOZALIKNI SAQLASh MAQSADIDA ChIQINDI NARXLARINI YaNGI TARIFINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son 320-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son) ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Yangiyer shahar obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 22-apreldagi sanitar tozalik boʻyicha reja koʻrsatgichlarini bajarish, shahar atrof muhitini tozalash va tozalikni saqlash uchun (QMCh) qattiq maishiy chiqindilarni chiqarishdaaholidan bir kishi uchun yangi narxga oʻtish hisobini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xatini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Yangiyer shahar obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 22-apreldagi 12-sonli “Yangiyer shahrida tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi narxlarini yangi tariflarini belgilash toʻgʻrisida”gi xati inobatga olinsin.
2. Yangiyer shahar hududida qattiq holdagi maishiy-xoʻjalik chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlarini takomillashtirish, shahar hududining sanitar holatini yaxshilash maqsadida 2013-yil 1-maydan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagi yangi narhlar belgilansin:
a) Yuridik shaxslardan shartnoma asosida 1 kub metr qattiq maishiy chiqindini toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun — 16000 soʻm;
b) Jismoniy shaxslar uchun qattiq maishiy chiqindini toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun xonadonda yashayotgan kishi boshiga bir oyga — 1200 soʻm;
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari B. Asomov zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v. b B. ASOMOV
Yangiyer shahar,
2013-yil 29-may,
303-son