Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida
Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, bilimli, ijodkor xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarning istiqlol gʻoyalarini amaliyotga tatbiq etishdagi faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, aʼlo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar roʻyxati ilova qilinadi).
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-Mart — xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A. Koʻchimov) hamda OʻzAga (M. Muxammad Doʻst) Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-fevral,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-fevraldagi 100-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
ROʻYXATI
| Mamutova Diana Sabitovna | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi 83-maktabning 7-sinf oʻquvchisi |
| Qoʻchqorova Hilola Norqoʻziyevna | Andijon Davlat universiteti botanika va ekologiya kafedrasi oʻqituvchisi |
| Rahmonova Navbahor Xalilovna | Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 4-maktabning 11-sinf oʻquvchisi |
| Rajabova Dilfuza Shavkatovna | Jizzax Davlat pedagogika instituti qoshidagi iqtidorli oʻquvchilar litseyining 11-sinf oʻquvchisi |
| Xolmaxmatova Shaxnoza Baxtiyor qizi | Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Alisher Navoiy nomli 102-ixtisoslashgan maktabning 7-sinf oʻquvchisi |
| Isanova Zebiniso Xolmuradovna | Navoiy Davlat konchilik instituti qoshidagi litsey-internatning 11-sinf oʻquvchisi |
| Mirzakparova Xolida Toʻramirzayevna | Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 33-maktabning 7-sinf oʻquvchisi |
| Asqarova Guljamol Shodmonovna | Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani “Hilol” gazetasining xodimi |
| Zoyitova Shahlo Nabiyevna | Sirdaryo viloyati Mehnatobod tumani xalq taʼlimi boʻlimining yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi, 1-maktab oʻqituvchisi |
| Xolmurodova Zebuniso Bahodirjonovna | Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 4-maktabning 11-sinf oʻquvchisi |
| Turgʻunboyeva Gulnoza Toshtemirovna | Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 12- maktabning 11- sinf oʻquvchisi |
| Teshaboyeva Muhayyo Joʻraboyevna | Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi 27-maktabning 9-sinf oʻquvchisi |
| Roʻzmetova Malohat Erkinboyevna | Xorazm viloyati Bogʻot tumani Bobir nomli 1-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi |
| Toʻxliyeva Nargiza Boqijonovna | Toshkent shahar Alisher Navoiy nomidagi Nafis sanʼat litseyining 11-sinf oʻquvchisi |