16.06.2011 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va 2011-yil iyun-sentabr oylarida sugʻorma suvni tejashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, suv taqchilligining salbiy oqibatlarini yumshatish va 2011-yil iyun — sentabr oylarida qishloq xoʻjaligini sugʻorma suv bilan barqaror taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzgidromet” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq 2011-yil iyun — sentabr oylari davrida qishloq xoʻjaligi uchun suv olish limitlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga* muvofiq 2011-yilda qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish parametrlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga* muvofiq 2011-yil iyun — sentabr oylari davrida suv xoʻjaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya xarajatlari hisobiga bajariladigan taʼmirlash-tiklash ishlari parametrlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga* muvofiq 2011-yil iyun — sentabr oylari davrida suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklari mablagʻlari hisobiga bajariladigan taʼmirlash-tiklash ishlari parametrlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovaga* muvofiq 2011-yil iyun — sentabr oylari davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar roʻyxatini oʻz ichiga oladigan suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va sugʻorma suvni tejash boʻyicha kompleks tadbirlar maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda suv olish limitlarini har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisiga yetkazsinlar hamda suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish uchun ularning masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish parametrlari va taʼmirlash-tiklash ishlari bajarilishi ustidan obyektma-obyekt monitoring olib borsinlar, ushbu ishlar belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida va sifatli tugallanishiga doir tezkor chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv olish limitlariga rioya qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek sugʻorishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish parametrlari va taʼmirlash-tiklash ishlari oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uch kun muddatda manbalar boʻyicha hududlarning suv olishi oʻn kunlik limitlarini hamda suv omborlarini toʻldirish va ulardan suv chiqarish rejimini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda suv olish limitlariga muvofiq sugʻorma suv berish uchun nasos stansiyalari va quduqlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash jadvallarini tasdiqlasin hamda ularning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga nasos stansiyalarining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi funksiyasi yuklansin. Koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni moliyalashtirish 6-ilovaga* muvofiq parametrlarga binoan kompaniyaning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga 2011-yil 1-sentabrgacha nasos stansiyalarining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurishni loyihalashtirish bilan bir paytda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasiga haq toʻlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan 6,11 mlrd soʻmni 5-ilovaga* muvofiq asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar sotib olishga, shuningdek suv xoʻjaligi obyektlarida avariya-tiklash ishlarini bajarish uchun moddiy-texnika resurslari zaxirasini yaratishga ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilning toʻqqiz oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlovlar boʻyicha moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar va suv xoʻjaligi tashkilotlarining qarzdorligini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlarining qishloq xoʻjaligini sugʻorma suv bilan barqaror taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish natijasida hosil boʻlgan kreditorlik qarzlarini uzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda suv taqchilligini yumshatish boʻyicha sugʻorishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha “Jizzaxplastmassa” ochiq aksiyadorlik jamiyatining toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalari boʻyicha polietilen granulalar yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” xulosasiga muvofiq taʼmirlash-tiklash ishlarini bajarish uchun birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga koʻra yoqilgʻi-moylash materiallari yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, suv taqchilligining salbiy oqibatlarini yumshatish va 2011-yil iyun — sentabr oylarida qishloq xoʻjaligini sugʻorma suv bilan barqaror taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 7-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh (Sh.M. Mirziyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish limitlariga va suv omborlaridan sugʻorma suv chiqarishga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish parametrlari va taʼmirlash-tiklash ishlari bajarilishini muntazam oʻrgansin va har oʻn kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining suv taqchilligining salbiy oqibatlarini yumshatish va 2011-yil iyun — sentabr oylarida qishloq xoʻjaligini sugʻorma suv bilan barqaror taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha hisobotlarini eshitsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda, manbalardagi suvdan kelib chiqib, zaruriyat boʻlganda, suv olish limitlariga tuzatishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178-son