Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida
1. 1-ilovaga* muvofiq xalqaro shartnomalar tasdiqlansin.
2. Mazkur shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari 2-ilovaga* muvofiq belgilansin.
*1- va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng O‘zbekiston respublikasi tomonidan majburiyatlarning bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-avgust,
PQ-1385-son