21.08.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2238-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 21.08.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2238-1
Кучга кириш санаси
26.08.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 21-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2238-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq T. OʻLJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27n-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning yigirma birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi — ekspluatant sertifikatiga ega boʻlgan havo kemasining ekspluatanti;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2 — 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Mazkur Qoidalar eʼlon qilingan parvozlar jadvali va charter shartnomalari asosida ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchi va bagaj tashishda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar aviatsiya ishlarini bajaruvchi ekspluatantlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashuvchilar havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashishning oʻz faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va mazkur Qoidalarga zid boʻlmagan qoʻshimcha qoidalarini belgilashi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomalari, jumladan charter shartnomalari asosida tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yoʻlovchi va uning bagajini chiptada koʻrsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qoʻyish majburiyatini, yoʻlovchi bagajini topshirgan boʻlsa — bagajini belgilangan manzilga yetkazib, uni yoʻlovchiga yoki yoʻlovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yoʻlovchi belgilangan tarif boʻyicha parvoz uchun, tashuvchi belgilagan meʼyordan ortiq bagaj boʻlgan taqdirda esa — bunday bagaj uchun ham haq toʻlash majburiyatini oladi. Charter shartnomasi shartlari mazkur shartnomaning oʻzida belgilanishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Tashuvchi havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasini tashish yoʻnalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar yoʻlovchi sogʻligʻining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yoʻlovchining oʻz xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yoʻlovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yoʻlovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tugʻdiradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga va mol-mulkiga tahdid tugʻdiradigan tarzda buzilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yoʻlovchi tomonidan rad etilsa.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Tashuvchi parvozlarning yoʻnalishlari va jadvallarini, yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat koʻrsatish shartlarini eʼlon qilishi hamda aholining (mijozlarning) eʼtiboriga yetkazishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“49. Yoʻlovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yoʻlovchi uchun joy band qilib qoʻyilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yoʻnalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun toʻlangan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qoʻllash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiptaning egasi vafot etgan yoki sogʻligʻi ogʻirlashgan holatlarda yoʻlovchi, uning vakili yoki tegishli huquqqa ega boʻlgan shaxslar chiptaning pulini qaytarib olish huquqiga ega.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi mazmundagi 1041 — 1048-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1041. Uchib kelgan reys yoʻlovchilariga bagaj topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan bagaj uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday bagajning egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda koʻpi bilan 3 oy saqlanadi va aeroportning tegishli xizmati tomonidan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda koʻpi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1042. Talab qilib olinmagan bagajdagi tez buziladigan narsalarda buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, ular yoʻq qilinishi lozim. Bunda aeroportning bagaj qidiruv xizmati xodimlari tomonidan bojxona xizmati vakili ishtirokida talab qilib olinmagan bagaj ochilib, undan buzilgan narsalar dalolatnoma asosida olib tashlanishi mumkin. Buzilgan narsalar olib tashlangandan soʻng, bagajda qolgan narsalar roʻyxati tuzilib, yopiladi hamda muhrlanadi. Dalolatnomada bagajning dastlabki holati (vazni, hajmi) va oʻlchash natijalari aks ettirilishi shart. Bagajda qolgan narsalar roʻyxati dalolatnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1043. Saqlash muddati tamom boʻlgach, aeroport direktori tomonidan talab qilib olinmagan bagajlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya ishida aeroport bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari ishtirok etadi. Bunda talab qilib olinmagan va yoʻq qilinishi lozim boʻlgan bagajlarning roʻyxati aeroportning bagaj qidiruv xizmati tomonidan tuziladi va Komissiyaga taqdim etiladi. Ushbu roʻyxatga Talab qilib olinmagan bagajni roʻyxatga olish jurnali, talab qilib olinmagan bagajning egasini qidirib topish uchun berilgan eʼlon nusxalari, bagajni saqlashga qabul qilish boʻyicha dalolatnoma nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1044. Taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilgach, Komissiya aʼzolari bagajni ochadi va undagi predmetlarni xususiyatlariga koʻra ajratib, yoʻq qilish uchun qoplarga joylaydi. Bunda Komissiya aʼzolari bir martalik qoʻlqoplar va maska-respiratorlar bilan taʼminlanishi shart. Yoqib yuborish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar, jumladan qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar va boshqa shunga oʻxshash predmetlar esa, alohida raqamlangan va muhrlangan idishlarga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1045. Komissiya qarori dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va mazkur dalolatnoma Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda aeroport direktorining imzosi bilan tasdiqlanadi. Mazkur dalolatnomada yoʻq qilish uchun ajratilgan bagajlar soni, bagajlarning ichidagi predmetlar roʻyxati hamda yoqib yuborish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar joylangan idishlarning tartib raqamlari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1046. Komissiyaning bagajni yoʻq qilish haqidagi qarori bagajdagi predmetlarni yoʻq qilish uchun asos hisoblanadi. Yoqish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar mexanik buzish orqali, foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgandan soʻng, yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1047. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar hamda tabiiy marvaridlar va boshqa shunga oʻxshash predmetlar yoʻq qilinmaydi. Bunday predmetlar boʻyicha Komissiya aʼzolari tomonidan ikki nusxada ularning vazni va alohida belgilari koʻrsatilgan roʻyxat tuziladi. Mazkur roʻyxat Komissiya aʼzolari va Komissiya ishida ishtirok etgan aeroportning bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari tomonidan imzolanadi. Aeroport direktori tomonidan roʻyxat rasmiylashtirilgach, uch ish kuni ichida unda nazarda tutilgan predmetlarni tasarruf qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1048. Bagajlarni yoʻq qilish boʻyicha tegishli hujjatlar, shuningdek ularni yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi video va foto materiallar tegishli aeroportda saqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 116-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“116. Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonun hujjatlari va Havo kodeksi bilan tartibga solinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi mazmundagi 1161-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1161. Havo transportida tashish yoʻlovchilar va bagaj aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qoʻnish joyida boʻlishidan qatʼi nazar, tashuvchining javobgarligi ostida boʻlgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 118-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Etkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy normalariga muvofiq zarar uchun toʻlanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi yoki zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻi shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini taʼminlashi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 126-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qiymati eʼlon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan bagajning, shuningdek yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar boʻladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi mazmundagi VIII1-bob bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VIII1 bob. Tashuvchining xatti-harakati oqibatida yoʻlovchi tashish shartnomasi bajarilishining kechikishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1301. Rasmiylashtirilgan chipta va oldindan band qilingan joyga ega boʻlgan yoʻlovchiga tashuvchi tomonidan havo kemasidan joy berish rad etilgan boʻlsa va bu yoʻlovchining belgilangan vaqtdan ortiq uchish punktida ushlanib qolishiga sabab boʻlsa, yoʻlovchiga yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan kompensatsiya toʻlovi yoki bepul qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish orqali qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya toʻlovini toʻlash tartibi va miqdori tashuvchi tomonidan fuqarolik qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qoidalar, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, mazkur Qoidalar, shuningdek joʻnab ketish yoki tranzit mamlakatning qonun hujjatlari va xalqaro tijorat ittifoqlarining talablari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1302. Parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yoʻlovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1303. Yoʻlovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha boʻlgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan koʻra koʻproq boʻlsa, mehmonxona bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qoʻyish va qaytishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1304. Quyidagi hollarda yoʻlovchiga kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi boshqa reysda uchishdan bosh tortsa va chipta uchun toʻlangan pulning majburiyat bajarilmagan qismi doirasida joyida toʻlab berishni talab qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi tashuvchining chipta olish va roʻyxatdan oʻtishga kelish muddatlari bilan bogʻliq talablariga rioya qilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi mazkur Qoidalarning 14-bandiga asosan parvozdan chetlatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi roʻyxatdan oʻtib, uchib ketish joyiga kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reysda yoʻlovchiga uni chiptasida koʻrsatilgan klassdan yuqoriroq klassda qoʻshimcha haq olmasdan tashish taklif etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuv bepul amalga oshirilayotgan boʻlsa.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 131-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 132-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“132. Yoʻlovchi yoki bagajni tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar daʼvogarning xohishiga koʻra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, bagaj tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar daʼvogarning xohishiga koʻra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yoʻlovchining oʻlimi yuz bergan yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yoʻnalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 462-modda)