06.10.2008 yildagi F-3077-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari oʻlchamlarini maqbullashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqish boʻyicha maxsus komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari oʻlchamlarini maqbullashtirish asosida ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari oʻlchamlarini maqbullashtirish va fermer xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularni birlashtirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) joyiga chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqatan fermer xoʻjaliklari tasarrufida boʻlgan yer uchastkalari maydonlarini viloyatlar kesimida rayonlashtirilgan hududlar boʻyicha chuqur va puxtalik bilan xatlovdan oʻtkazsin, ulardan qanchalik oqilona foydalanilayotganligi, yer uchastkasi fermer xoʻjaligining faoliyati samaradorligini qay darajada taʼminlayotganini oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining moliyaviy ahvoli va moddiy-texnika bazasining holatini tanqidiy tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining zarur texnika bilan taʼminlanganligiga, fermerlarning oʻz xoʻjaligini puxta va samarali yuritish qobiliyatiga alohida ahamiyat bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan xatlov va fermer xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini chuqur tahlil qilish asosida har bir rayonlashtirilgan hudud boʻyicha fermer xoʻjaliklari uchun yer uchastkasining maqbul namunaviy oʻlchamini belgilab, mazkur xoʻjaliklar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsin. Bunda rayonlashtirilgan hududlarning oʻziga xos sharoitlari — ushbu hududlardagi qishloq aholisining zichligi, ularning ish bilan bandligi hamda xoʻjaliklarning tarmoq boʻyicha ixtisoslashuviga (paxtachilik, gʻallachilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, chorvachilik va boshqalar) alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) 2008-yil 15-noyabrgacha koʻrsatilgan masalalar ustida puxta ishlash va tahlil qilish asosida har bir rayonlashtirilgan hudud boʻyicha fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish, maqbul namunaviy maydonga ega boʻlmagan kichik fermer xoʻjaliklarini birlashtirish mexanizmi va tartibi yuzasidan aniq takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-3077-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi F-3077-son farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari oʻlchamlarini maqbullashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqish boʻyicha maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.M. Mirziyoyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi

2.

R.S. Azimov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

B.A. Xodjayev

—

iqtisodiyot vaziri

4.

S.U. Ismailov

—

qishloq va suv xoʻjaligi vaziri

5.

R.A. Muxitdinov

—

adliya vaziri

6.

E.M. Gʻaniyev

—

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

7.

U.Y. Uzoqov

—

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri

8.

D.A. Mirzakarimov

—

Oliy xoʻjalik sudi raisi

9.

A.A. Xaitov

—

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b.

10.

A.X. Salimov

—

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

11.

E.O. Turdimov

—

qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

Y.E. Tursunov

—

moliya vaziri oʻrinbosari

13.

G.S. Kudratov

—

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

14.

A.A. Abduazizov

—

Davyergeodezkadastr qoʻmitasi raisi

15.

E.F. Gadoyev

—

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

16.

B.S. Ulashev

—

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi v.b.

17.

K.T. Rofiyev

—

Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

18.

A.D. Boymuratov

—

“Paxta-bank” raisi

19.

Sh.M. Tashmuradov

—

“Gʻalla-bank” raisi

20.

A.O. Aripov

—

Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi

21.

F.B. Omonov

—

“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi

22.

E.K. Kudratov

—

“Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi raisi

23.

S.B. Sayidjalolov

—

“Oʻzvinosanoatxolding” kompaniyasi raisi

24.

B.A. Abduqodirov

—

“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi

25.

G.I. Ibragimov

—

“Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi raisi

26.

A.A. Azizov

—

“Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi raisi

27.

Y.S. Xidirov

—

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori

28.

Sh.I. Nurmatov

—

“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi raisi

29.

S.B. Shermatov

—

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari ATD bosh mutaxassisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari