1-ILOVA
| T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish shakli | Muddatlari | Mablagʻlar hajmlari |
Moliyalashtirish manbalari | Bajarish uchun masʼullar |
| I. Tashkiliy tadbirlar | ||||||
| 1.1 |
Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining, Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash. |
Tegishli obodonlashtirish boshqarmalarining buyruqlari |
2013-yil III chorak |
- | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 1.2 |
Loyihalash tashkilotlarini oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini “landshaft dizayni” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan landshaft dizayni mutaxassislari bilan taʼminlash. |
Loyihalash tashkilotlari va boshqa tegishli tashkilotlarning buyruqlari |
2013-yil IV chorak |
- | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va tashkilotlar mablagʻlari |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 1.3 |
2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining, Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlari taʼminotiga, shuningdek landshaft dizaynini rivojlantirish uchun zarur texnika, asbob-uskunalar va materiallar sotib olishga zarur mablagʻlar kiritish. |
2014-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari loyihasi |
2013-yil III chorak Har yili |
2013-yil uchun 411,0 mln soʻm Hisob-kitoblar va buyurtmanomalar boʻyicha |
Obodonlashtirish maqsadlari uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida | Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| II. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish | ||||||
| 2.1 |
Toshkent arxitektura-qurilish instituti (keyingi oʻrinlarda TAQI deb ataladi) va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (keyingi oʻrinlarda SDAQI deb ataladi)ning mavjud kafedralari negizida “Landshaft dizayni va interyeri” kafedralarini tashkil etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi |
2013-yil IV chorak |
| | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 2.2 |
TAQI huzuridagi qurilish sohasida Menejerlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida Arxitektorlar, dizaynerlar, quruvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi tashkil etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi |
2013-yil IV chorak |
| | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 2.3 |
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2013-yil oktabr | - | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi |
| 2.4 |
“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi |
2014-yil I chorak |
- | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi |
| 2.5 |
“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. |
Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish |
2013-yil dekabr | - | - | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, TAQI, SamDAQI, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2.6 |
“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yoʻnalishlari boʻyicha TAQI va SamDAQI bakalavriat va magistraturasiga 2014-2015 oʻquv yilidan boshlab qabul qilish kvotalari ajratish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi protokoli |
2014-yil II chorak |
- | - | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, TAQI, SamDAQI |
| 2.7 |
TAQI va SamDAQI bakalavriat va magistraturasiga yangidan tashkil etilgan “Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabul qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | | | | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TAQI, SamDAQI |
| 2.8 |
TAQI va SamDAQI negizlarida landshaft dizayni boʻyicha maket va keramika ustaxonalari, shuningdek texnoparklar tashkil etish, ularni qurish uchun 1,0 gektar qoʻshimcha yer uchastkasi ajratish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi, Toshkent shahar va Samarqand viloyati hokimlarining qarorlari |
2014-yil II chorak |
TAQI va SamDAQI hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari, grantlar va homiylar mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand shahar hokimligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
| 2.9 |
TAQI va SamDAQIda taʼlim jarayoniga arxitektura dendrologiyasi va landshaft dizayni sohasi boʻyicha amaliyotchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan soatbay mehnat haqi toʻlash shartlari bilan jalb etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi |
2014-yil | - | Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 2.10 |
Ijodiy tanlovlardagi ishtirokini hisobga olgan holda oʻqituvchilarning reyting nazorati tizimini takomillashtirish. |
Qoʻshma qaror | Har yili | - | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi |
| III. Ilgʻor tajribani oʻrganish | ||||||
| 3.1 |
Toshkent shahridagi obyektlar (Abdulla Qodiriy nomidagi, “Bolajon” va “Lokomotiv” (sobiq “Zafar Diyor” bogʻlari) negizida landshaft dizayni mutaxassislari, hududiy arxitektura organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun seminarlar oʻtkazish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyrugʻi, Toshkent shahar hokimi qarori |
2013-yil IV chorak |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, grant mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Toshkent shahar hokimligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 3.2 |
Landshaft dizayni mutaxassislarining Angliyada va boshqa xorijiy mamlakatlarda oʻqishini, shuningdek TAQI va SamDAQI talabalarining arxitektura va landshaft dizayni boʻyicha sayyor tanishish amaliyotlarini tashkil etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va loyihalash tashkilotlarining buyruqlari |
2013-yil IV chorak |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Ajratilgan mablagʻlar, grant va homiylar mablagʻlari doirasida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 3.3 |
Tajriba almashish uchun landshaft dizaynining xorijiy mutaxassislarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish |
2014-yil IV chorak |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Ajratilgan mablagʻlar doirasida | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| IV. Landshaft muhitini arxitekturaviy-badiiy jihatdan tashkil etish yutuqlarini ommalashtirish | ||||||
| 4.1 |
Respublika va viloyatlar telekanallarida landshaft dizayniga bagʻishlangan koʻrsatuvlar turkumini tashkil etish. |
Tadbirlar rejasi | 2013-2014 yillar |
Milliy teleradiokompaniyaning hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Ajratilgan mablagʻlar doirasida | Manfaatdor vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
| 4.2 |
Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalarining mutaxassislari va talabalari, kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari oʻrtasida tuman, viloyat va respublika darajasida landshaft dizayni boʻyicha mahorat darslari, ishlarning mavzuli koʻrgazmalari va tanlovlarini tashkil etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyruqlari va qarorlari |
2013-2014-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Ajratilgan mablagʻlar doirasida, oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| V. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
| 5.1 |
Daraxtlar, butalar, gullar va boshqa oʻsimliklar boʻyicha umumiy dendrologiya katalogini ishlab chiqish. |
Katalog | 2014-yil I chorak |
Bajaruvchilar hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va homiylar mablagʻlari |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi |
| 5.2 |
Landshaft dizayni obyektlarini loyihalash va barpo etish ishlari qiymatini aniqlash boʻyicha normativ hujjatni ishlab chiqish. |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi normativ hujjatini ishlab chiqishning manzilli roʻyxati | 2014-yil iyul | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
2-ILOVA
4-ILOVA
2-ILOVA