Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2017 08.08.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2498
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT BOShQARUVI AKADEMIYASI REKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarni dastlabki tanlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2498]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 29-dekabrdagi 482-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2498-1, 29.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF–4435-son “Davlat boshqaruvi sohasidagi kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarni dastlabki tanlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rektor A. ABDUVAXITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektorining 2013-yil 25-iyuldagi 113-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarni dastlabki tanlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF–4435-sonli “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2013-yil 12-iyuldagi PF–4548-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF–4435-sonli “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi farmonlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) magistraturasiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarni dastlabki tanlovdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dastlabki tanlov nomzodning ingliz tili boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun suhbat hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) boʻyicha bilim darajasini, tahlil qilish qobiliyatini va yetakchilik fazilatlarini aniqlashga qaratilgan test oʻtkazish tarzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dastlabki tanlov magistraturaga kirish uchun hujjatlar qabul qilish tugallangandan soʻng, Akademiya rektori buyrugʻiga muvofiq Qabul komissiyasi tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dastlabki tanlovda ishtirok etadigan shaxslar roʻyxati, suhbat va testlarni oʻtkazish jadvali hamda imtihonning taxminiy savollari Qabul komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastlabki tanlovda nomzodning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tili boʻyicha bilimi, xususan, soʻz boyligi darajasi, nutqining grammatik jihatdan toʻgʻriligi, matnlarni va nutqni tushunishi baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKT bilan ishlash koʻnikmasi, Akademiyaning taʼlim dasturlarini toʻliq va sifatli oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan axborotni Internet tarmogʻi orqali qidirish, jamlash va qayta ishlash boʻyicha koʻnikmalarga ega ekanligi tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy rahbar uchun zarur boʻlgan tahlil qilish, aql-zakovat darajasi, shuningdek psixologik testlar oʻtkazish orqali maʼnaviy-axloqiy fazilatlari va yetakchilik qobiliyatlari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kollegiallik, shaffoflik (ochiqlik) va xolislik dastlabki tanlov oʻtkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qabul komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbat va test oʻtkazishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarga, xususan, nomzodlarga dastlabki tanlov oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida xabar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarning maʼmuriy hududiy birliklar boʻyicha roʻyxati, ularni roʻyxatga olish qaydnomalari va fanlar boʻyicha baholar qaydnomasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlar boʻyicha guruhlar faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminoti boʻyicha masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon materiallarining oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Dastlabki tanlovga tayyorgarlik koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dastlabki tanlov har yili iyul oyining birinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nomzodlarning maʼmuriy hududlar boʻyicha roʻyxati dastlabki tanlov oʻtkazilishidan 10 kun oldin Qabul komissiyasi tomonidan tuziladi va Qabul komissiyasining masʼul kotibiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nomzodlar dastlabki tanlov haqida tanlov oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dastlabki tanlovni oʻtkazish jadvali Qabul komissiyasi masʼul kotibining oʻrinbosari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dastlabki tanlov oʻtkaziladigan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha savollar fanlar boʻyicha guruhlar tomonidan ishlab chiqiladi. Fanlar boʻyicha guruhlar tarkibi Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademiyaning kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish va dasturiy taʼminot boʻlimi xodimlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter sinflari testga tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test dasturi oʻrnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot va texnika xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ingliz tili boʻyicha dastlabki tanlov oʻtkaziladigan sinflar videokamerali kompyuterlar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Akademiyaning oʻquv-metodik boʻlimi xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyalarining ish jadvali va nazoratchilar roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tanlovni oʻtkazishga oid bayonnomalar blankalarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Dastlabki tanlovni oʻtkazish uchun barcha zarur materiallar (roʻyxatga olish, baholash qaydnomalari va hokazo) Qabul komissiyasi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Dastlabki tanlovni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Dastlabki tanlov nomzodlarni dastlabki tanlov oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ingliz tili boʻyicha suhbat har biri kamida ikkita mutaxassisdan iborat boʻlgan bir nechta imtihon komissiyasi tomonidan olib boriladi. Nomzodlar Qabul komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi va roʻyxat boʻyicha suhbatga taklif qilinadi. Nomzodlarga tayyorlanish uchun oʻn daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. AKT, tahlil qilish qobiliyati va yetakchilik fazilatlarini aniqlash boʻyicha testlar kompyuter sinflarida oʻtkaziladi. Nomzodlarga dastlabki tanlovdan oʻtish uchun bir marta imkoniyat beriladi. Nomzod har bir yoʻnalish boʻyicha test topshirgandan soʻng, test natijasi baholar qaydnomasiga alohida kiritilib, nomzodning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nomzod dastlabki tanlovga uzrli sabablarga (kasalligi, xizmat safari yoki oilaviy sharoitga) koʻra kelmagan va uzrli sabablarni tasdiqlovchi rasmiy hujjat taqdim qilgan hollarda, unga boshqa kunda oʻtkaziladigan dastlabki tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Zarur boʻlgan hollarda, Qabul komissiyasi raisi tomonidan dastlabki tanlov oʻtkazish uchun qoʻshimcha kunlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod dastlabki tanlovda uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, dastlabki tanlovdan oʻtmagan hisoblanadi va Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni asosiy sinovlarga kiritmaslik haqida qaror qabul qilinadi. Qabul komissiyasining ushbu qarori Qabul komissiyasi yigʻilishining bayonnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir oʻtkazilgan dastlabki tanlov natijalari boʻyicha alohida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnomada dastlabki tanlovni oʻtkazish vaqti va joyi, guruhlar tarkibi, dastlabki tanlov oʻtkazishning qisqacha tavsifi aks ettiriladi. Roʻyxatga olish va baholash qaydnomalari bayonnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dastlabki tanlov jadvali eʼlon qilinadigan kuni namunaviy test savollari hamda ingliz tili boʻyicha suhbat biletlari dastlabki tanlov oʻtkazishning vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga dastlabki tanlovga oid stendga, shuningdek Akademiyaning Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Dastlabki tanlovda ishtirok etuvchi nazoratchilar roʻyxati dastlabki tanlov oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin Akademiyaning masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi. Bunda har bir auditoriyaga kamida 2 ta nazoratchi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nazoratchilar dastlabki tanlov oʻtkaziladigan kuni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga biriktirilgan auditoriyaga dastlabki tanlov boshlanishidan 30 daqiqa oldin yetib keladi va auditoriyani dastlabki tanlov oʻtkazish uchun tayyorligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida tekshirib, roʻyxat boʻyicha auditoriyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni dastlabki tanlov oʻtkazish tartibi bilan tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tanlov yakunlangach, tegishli bayonnoma rasmiylashtiradi va Qabul komissiyasiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Nomzodlarni baholash va dastlabki tanlov natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Nomzodning ingliz tilini bilish darajasini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nomzodning ingliz tilini bilish darajasini baholash suhbat shaklida amalga oshiriladi. Suhbat chogʻida har bir nomzodga matn oʻqish va tushunish, tanlangan mavzuga oid matn bayoni hamda imtihon oluvchi bilan suhbat natijalariga koʻra baho qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Suhbat natijalari 100 ballik reyting tizimida baholanadi. Nomzodning matnni oʻqishi va tushunishi hamda uning mazmunini davlat yoki rus tilida gapirib berishi 40 ballgacha, tanlangan mavzu boʻyicha matn bayoni 40 ballgacha baholanadi, bunda gaplar soni, ularning mazmuni hamda nutq matnining grammatik tuzilmasi inobatga olinadi. Imtihon oluvchi bilan suhbat 20 ballgacha baholanadi, bunda javobning mazmuni va gaplarning grammatik jihatdan tuzilmasiga eʼtibor beriladi. Ogʻzaki suhbat (matnni oʻqish, uning mazmunini davlat yoki rus tilida tushuntirish va intervyu) vaqtida nomzodning tilga oid bilimlari, ogʻzaki nutq borasida amaliy mahorati va koʻnikmalari baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Nomzodning AKTdan foydalanish darajasini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nomzodning AKTdan foydalanish darajasi oddiy foydalanuvchi darajasidagi dasturlar, zamonaviy amaliy dasturlar va internetda ishlash boʻyicha tuzilgan test savollari vositasida aniqlanadi. Test savollarining 75 foizi — Microsoft Office Applications dasturi, 25 foizi — Internet tarmogʻi va axborot texnologiyalardan foydalanish boʻyicha tuziladi. Har bir savolga javob berish uchun nomzodga bir daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Natijalar 100 ballik reyting tizimida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Nomzodning tahlil qilish qobiliyatini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nomzodlarning tahlil qilish qobiliyati test savollari vositasida aniqlanadi. Test savollari nomzodning mantiqiy fikrlash, axborotni tizimga solish, uni tahlil qilish va umumlashtirish, qonuniyatlar topish, amaliy miqdoriy masalalarni echish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Test savollari Akademiyaning professor-oʻqituvchilari tomonidan tuziladi va tekshiriladi. Bunda savollar miqdoriy, mantiqiy, qiyosiy va makonga oid turlarga boʻlinadi. Miqdoriy savollar nomzodning amaliy arifmetik masalalar va hisoblashga oid misollarni echish, mantiqiy savollar muayyan shart-sharoitdan kelib chiqib, aniq fikrlash va toʻgʻri xulosa chiqarish, sonli va shaklli qonuniyatlarga eʼtibor berishga, qiyosiy savollar esa, oʻzaro bogʻliqlikni hamda turli tushuncha va jarayonlar oʻrtasidagi oʻxshashlikni sezish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan. Makonga oid savollar makonga oid fikrlash darajasini aniqlovchi geometrik shakllar bilan bogʻliqdir. Har bir savolga javob berish uchun nomzodga ikki daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Natijalar 100 ballik reyting tizimida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Nomzodning yetakchilik fazilatlarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nomzodlarning yetakchilik fazilatlari psixologik test savollari vositasida aniqlanadi hamda rahbar kadrlarni kasbiy jihatdan tanlashni takomillashtirish va ularning shaxsiy va emotsional jihatlari shakllanishida ijtimoiy-ruhiy qonuniyatlarni oʻrganishga qaratilgan. Nomzodning yetakchilik fazilatlarini aniqlashda uning rahbarlik faoliyatiga (mustaqillik, masʼuliyat, maqsadga erishishda faollik) moyilligi, berilgan vazifani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishi, jamoani qoʻyilgan vazifani echishga yoʻnaltira olishi, hamkasblar bilan munosabat oʻrnatish va ularni mustahkamlash mahorati, kasbiy oʻsish va oʻzini rivojlantirishga intilishi eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nomzodlarning yetakchilik fazilatlarini aniqlash uchun ularga bir xil psixologik test savollari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Dastlabki tanlov natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Dastlabki tanlov natijalariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tili boʻyicha — ushbu yoʻnalish uchun belgilangan maksimal ballning 20 foizi va undan koʻp;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKTdan foydalanish boʻyicha — ushbu yoʻnalish uchun belgilangan maksimal ballning 30 foizi va undan koʻp;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil qilish boʻyicha — ushbu yoʻnalish uchun belgilangan maksimal ballning 30 foizi va undan koʻp ball toʻplagan nomzodlar dastlabki tanlovdan oʻtgan hisoblanadi va Akademiyaning kirish imtihonlarida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Dastlabki tanlov natijalariga koʻra Akademiyaning kirish imtihonlarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan nomzodlar roʻyxati Qabul komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-iyul

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 434-modda)