Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xoʻjalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini koʻzlab:
1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi hamda tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish va barcha tekshirishlarni oʻtkazish, qoida tariqasida, bir yoʻla kompleks tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutgan holda faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;
mazkur subyektlarning faoliyatini qoʻshimcha, shuningdek muqobil tekshirish va taftish qilish ishlarini oʻtkazish jinoiy ishlar boʻyicha tergov davomida yoki faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Gorizontal tekshirishlar va taftishlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlarni oʻtkazishga esa faqat ularning tekshirish obyekti bilan oʻzaro munosabatlari doirasidagina yoʻl qoʻyiladi;
budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga soliqlar hamda toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻla hajmda toʻlab turadigan, boshqa norma va qoidalarga rioya etadigan, auditorlarning har yillik tegishli xulosalariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi va tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilish nazorat organlari tomonidan, qoida tariqasida, har ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat koʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha tergov tartibida tekshiriladi va taftish qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga respublika hamda mahalliy budjetlarning, shuningdek qoʻshma budjetda hisobga olinadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalanadigan muassasalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
nazorat organlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish va har qanday tekshirishni oʻtkazish muddati 30 kalendar kunidan oshib ketishi mumkin emas. Alohida hollarda bu muddat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Xoʻjalik yurituvchi hamda tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish, jumladan nazorat tariqasidagi tekshirishlar va taftishlarni oʻtkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangilangan tarkibi va u haqdagi Nizom 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bir oy muddatda vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan hududlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish borasida 1999-yilgi muvofiqlashtiruvchi rejalar ishlab chiqilishini taʼminlasin, bunda kompleks tekshirishlarni keng joriy etish asosida ularni oʻtkazish davriyligi va muddatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash nazarda tutilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliqlarni va majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ashaddiy boʻyin tovlash faktlarining har biri boʻyicha chora koʻrish uchun yilning har choragida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga oʻz takliflarini taqdim qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar:
ikki hafta muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslarning roʻyxatini tasdiqlasinlar;
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni taʼminlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, qonunda koʻzda tutilgan choralarni koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini koʻzda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori koʻtarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio”, ommaviy axborot vositalari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish ishlarini oʻtkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar.
11. 1998-yil 8-iyundagi PF-2008-son Farmonning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-noyabr,
PF-2114-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 209-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 352-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2010-y., 20-son, 150-modda; 2011-y., 14-son, 133-modda; 2013-y., 13-son, 163-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)