Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi 414–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) 1-moddasining uchinchi qismidagi “yetti yil” degan soʻzlar “besh yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismidagi “besh yildan yetti yillik qilib” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 8-moddaning matnidagi “yetti yil” degan soʻzlar “besh yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
OʻRQ-306-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)