Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
“Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1411-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 22-oktabrdagi 135, 32, 2018-67, 257-V-3 va 4-qq-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1411-3, 26.10.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 36-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 583-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 419-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
65-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
35-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
2013-33-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
13/2-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
4mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomidagi va 1-banddagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan soʻzlar “buxgalteriya hisobida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan soʻzlar “buxgalteriya hisobida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadan “, statistika” degan soʻz chiqarib tashlansin;
v) 1-banddagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar “boshqa kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1.1.12-bandiga, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.”;
d) 5-paragraf nomidan “va statistik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
e) 36 va 38-bandlardan “va boshqa hisobotlarning tegishli moddalarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
j) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 417-modda)