Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009 10.10.1998 yildagi PF-2086-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009
Hujjat 08.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI UChUN YAGONA YER SOLIGʻINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjalik ekinzorlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining pirovard mehnat natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va bir xil qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻi joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, yagona yer soligʻi amaldagi barcha umumdavlat soliqlari (aksiz soligʻidan tashqari) hamda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan quyidagi mahalliy soliqlar va yigʻimlarni toʻlash oʻrniga joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad (foyda) soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi (tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya soligʻi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer ostidan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa mahalliy soliqlar va yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻi toʻlovchilari boʻlmish qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun boj toʻlovi, davlat boji, litsenziya yigʻimlari, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, shuningdek boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yagona yer soligʻini toʻlovchilar hisoblanadilar, dehqon xoʻjaliklari bundan mustasnodir. Dehqon xoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻzda tutilgan soliqqa tortish shartlari tadbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer maydoni yagona yer soligʻiga tortish obyekti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻi miqdori yer maydonining qayerda joylanganligini, sifati (ball-boniteti)ni va suv bilan taʼminlanganligini hisobga oluvchi bazaviy stavkalar hamda tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqqan xolda aniqlanadigan yer maydoni birligiga qayd etib qoʻyilgan toʻlov holida belgilanadi. Yagona yer soligʻining miqdori qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining xoʻjalik faoliyati natijalariga bogʻliq boʻlmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻi Mahalliy budjet hisobiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 19-sentabrdagi PF-2714-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 9-10-son, 270-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning 15-noyabriga qadar yerlar joylashishining tafovutlari, sifati (ball-boniteti)ni va suv bilan taʼminlanganligini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha qishloq xoʻjalik ekinzorlariga mutlaq miqdorda 1999-yilga moʻljallangan yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalarini, shuningdek yagona yer soligʻi muvaqqat bazaviy stavkalarining tuzatish koeffitsiyentlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi Davlat budjetini tasdiqlash chogʻida tumanlar va shaharlar boʻyicha yagona yer soligʻi stavkalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilgi ish yakunlari boʻyicha, Respublika komissiyasining takliflarini hisobga olgan holda yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalari va tuzatish koeffitsiyentlarini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmon amalga kiritilgunga qadar ayrim qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yer soligʻi, shuningdek daromad (foyda) soligʻini toʻlashda imtiyozlar qancha muddatga berilgan boʻlsa shu muddat toʻlagunga qadar bunday imtiyoz yagona yer soligʻi toʻlashga tadbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻini hisoblash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq yer soligʻiga tortilmaydigan yer maydonlari soliqqa tortish bazasidan mustasno qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab ikki yil muddatga yagona yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2086-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 202-modda; 2000-y., 9-10-son, 270-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2006-y., 16-son, 131-modda, 28-29-son, 262-modda; 2007-y., 25-26-son, 259-modda)