Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.01.2014 16.01.2013 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.01.2014
Hujjat 25.01.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Margʻilon shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini navbatdagi 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Fargʻona viloyati Margʻilon shahar hokimining 2014-yil 3-yanvardagi 10-sonli “Shahar hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularni tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahardagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan mexanik transport vositalarini texnik holatini, ulardan foydalanish qoidalari va meʼyorlariga amal qilishni nazorat qilish, texnik raqam koʻrsatkichlarini muntazam ravishda tekshirib hujjatlarini taqqoslab borish, taʼmirlash, texnik qarov ishlarini reja asosida tashkil etish hamda navbatdagi 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikni namunali oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvar kunidagi 54-sonli qarori, Respublika Ichki ishlar vazirligining 2003-yil 19-fevraldagi 56-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnik koʻrikni amalga oshiruvchi doimiy ishlovchi komissiya tarkibi 1-ilovaga* asosan, texnik koʻrikni 2013-yilda oʻtkazish uchun tuzilgan majburiy texnik koʻrik jadvali 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Margʻilon shahar “Oʻzagrosugʻurta” DASK Margʻilon SAShK, “Margʻilon Zamin” trans MChJ va Mudofaa ishlari boʻlimi 1-ilovada tasdiqlangan komissiya aʼzolarini texnik koʻrik oʻtkazish davrida, yaʼni 2013-yil 1-fevraldan 31-avgustgacha vazifalari, mansabi va oylik maoshlari saqlangan holda ishdan ozod qilish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya aʼzolariga majburiy texnik koʻrikni belgilangan muddatda va sifatli oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Barcha jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan 2013-yil 5-yanvardan 31-avgustgacha, yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini jadval asosida birinchi bosqich — 1-martdan 30-iyungacha, tijorat asosida yoʻlovchilarni va maxsus yuklarni tashuvchi avtomobillarni ikkinchi bosqich — takroriy texnik koʻrikdan 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazish tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha avtoxoʻjalik, korxona, jamoa korxonalari, kichik korxona va xususiy firma rahbarlari oʻz avtotransport vositalarini, toʻla-toʻkis, texnik soz holda, hujjatlari toʻldirilgan va jadvalda koʻrsatilgan muddatda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi polkovnik K. Obidov hamda shahar Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi mayor Z. Xoʻjaniyozovga majburiy texnik koʻrik natijasi boʻyicha shahar hokimligiga 2013-yilning 10-noyabriga qadar yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. ERKABOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Margʻilon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-son