Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda) 51-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq, shuningdek statistika ma’lumotlarini elektron shaklda taqdim etish tartibini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda), “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 4-son, 41-modda), “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 230-modda) qonunlariga muvofiq, Internet tarmog‘i orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron hujjat ko‘rinishida davlat statistika hisobotini (bundan buyon matnda statistika hisoboti deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 26-sentabrdagi 5-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2479-1, 08.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 10/18/2479-1/2008-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi