Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining
Qarori
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2223-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 14-yanvardagi 02/16-10/41-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2223-4, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 16-martdagi 3-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2223, 2011-yil 2-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 185-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-iyul,
01/22-26/05-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 5-iyuldagi 01/22-26/05-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 63-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF–4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomda:
a) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
ikkinchi xatboshisi “muvofiq shaklda” soʻzlaridan keyin “elektron koʻrinishda aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshisi “elektron koʻrinishda” soʻzlaridan keyin “aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasi orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshisi “hududiy organlariga” soʻzlaridan keyin “elektron koʻrinishda aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasi orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 5-iyul
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
2013-yil 5-iyul
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 5-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 379-modda)