Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va
Slovakiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Slovakiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Avtomobilda xalqaro yoʻlovchi va yuk tashish aloqasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
avtomobilda xalqaro tashishlarni tartibga solish va rivojlantirishga koʻmaklashishga amal qilib,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Ushbu Bitim Oʻzbekiston Respublikasi va Slovakiya Respublikasi oʻrtasida, shuningdek ular hududlari orqali tranzit tarzda Tomonlarning milliy qonunlariga muvofiq ana shu tashishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan tashuvchilar tomonidan taʼminlanadigan avtomobilda xalqaro yoʻlovchilarni tashish uchun haqiqiydir.
Yoʻlovchi tashish transporti
2-modda
2-modda
Ushbu Bitimga muvofiq shaxslar va ular yuklarini avtobuslarda tashish, shuningdek ushbu transport xizmatlari bilan bogʻliq boʻsh tashishlar avtomobilda yoʻlovchilarni tashish hisoblanadi.
Oʻz jihozlanishi boʻyicha haydovchini ham qoʻshib hisoblaganda toʻqqiz kishidan ortiq shaxsni tashishga qodir va moʻljallangan mexanik transport vositalari avtobuslar deb hisoblanadi.
3-modda
1. Muntazam avtobusda tashishlar shaxslarni tasdiqlangan va eʼlon qilingan yoʻnalishlar hamda harakat grafiklari boʻyicha tashishdan iborat boʻlib, ularga muvofiq yoʻlovchi oldindan belgilangan bekatlarda avtobusga oʻtirishi va undan chiqishi mumkin.
2. Har ikki davlat oʻrtasida muntazam va ular hududi boʻylab tranzit tarzdagi avtobus yoʻnalishlariga har ikki Tomon vakolatli organlarining oʻzaro kelishuvi boʻyicha ruxsat etiladi.
3. Har ikki Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organlari yoʻnalishning ular hududi boʻyicha oʻtadigan qismi uchun ruxsatnoma beradilar.
4. Ruxsat berish uchun talabnoma avtobus roʻyxatga olingan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organiga taqdim etiladi va unda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) tashuvchining nomi, shuningdek uning toʻla manzili;
b) harakat tartibi turi;
v) ruxsatnomaning amal qilish muddati;
g) bajarilayotgan qatnovlar miqdori (har kuni, haftada bir marta);
d) harakat jadvali;
e) yoʻnalish chizmasi (yoʻlovchilarning avtobuslarga chiqishi va tushishi uchun bekatlar, chegaradan oʻtishlar);
j) yoʻnalishning kilometrlardagi uzunligi;
z) haydovchilarning ish vaqti va dam olish vaqti;
i) avtobusda oʻtirishga moʻljallangan oʻrindiqlarning eng koʻp miqdori;
k) yoʻl va tarif shartlari.
5. Bir Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organiga muntazam yoʻnalishlar ochishga talabnomalar beradi, u bu talabnomalarni barcha talab etilgan maʼlumotlar bilan birga tasdiqlaydi.
4-modda
1. Yoʻlovchilar mayatnik tarzda tashishlar oldindan shakllantirilgan shaxslar guruhini bir joʻnash punktidan bir borish joyigacha bir necha qatnovda u tomonga va orqaga tashish xizmatidan iboratdir. Borish joyiga etkazilgan yoʻlovchilar guruhlari keyinchalik joʻnab ketgan joylariga olib kelib qoʻyiladi. Orqaga qatnaydigan birinchi qatnov va u tomonga boradigan oxirgi qatnov boʻsh boʻlishi kerak.
2. Yoʻlovchilarni mayatnik tarzda tashishlarni amalga oshirish uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organining maxsus ruxsatnomasiga ega boʻlish kerak. Talabnoma beruvchi ruxsatnoma olishga talabnomani ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bevosita vakolatli organiga taqdim etadi. Bu talabnoma ushbu tashish amalga oshirilishidan kamida 60 kun avval taqdim etilishi kerak.
3. Yoʻlovchilarni mayatnik tarzda tashishlarga ruxsatnoma olishga talabnomalarda 2-bandga muvofiq tashuvchining nomi, uning toʻla manzili, qatnov sanalari, qatnovlar soni va qayerda joylashishlari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek u erda boʻlishning davomiyligi haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
4. Ruxsatnomalar blanklari, nazorat hujjatlarini berish tartibi va boshqa masalalar ushbu Bitimning 16-moddasiga muvofiq tashkil etiladigan Qoʻshma komissiya tomonidan kelishiladi.
5-modda
1. Oʻz xususiyati jihatidan ushbu Bitimning 3- va 4-moddalari qoidalariga mos boʻlmagan tashishlar yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar hisoblanadi.
2. Har ikki davlat oʻrtasida yoki ular hududlari orqali tranzit tarzda yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar uchun, agar ular quyidagicha tashishlar boʻlsa, ruxsatnoma talab etilmaydi:
a) joʻnab ketgan punktiga qaytayotgan yoʻlovchilarning oʻsha bitta guruhini tashiyotgan oʻsha avtobusning oʻzi bajarayotgan kutilmagan tashishlar;
b) yoʻlovchilar u tomonga yoʻl-yoʻlakay olib ketayotgan, orqaga qaytish boʻsh boʻladigan kutilmagan tashishlar.
3. 2-band qoidalariga mos boʻlmagan nomuntazam tashishlarga Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organidan ruxsatnomalar olish kerak.
4. Ahdlashuvchi Tomonlar 3-bandda koʻrsatilgan tashishlar uchun va avtobuslarda texnik buzilishlar hamda ular ishtirokida yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlgan holda yoʻlovchilarni shundan keyin tashishni taʼminlash maqsadida kelishilgan miqdordagi ruxsatnomalarni almashadilar. Ushbu Bitimning 16-moddasiga muvofiq tuzilgan Qoʻshma komissiya ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan tashishlar ustidan nazorat turini kelishadi.
Yuklarni tashish
6-modda
6-modda
1. Bir Ahdlashuvchi Tomoning tashuvchilari bevosita yoʻnalish boʻyicha, shuningdek ular hududidan tranzit tarzda yuklarni tashish va avtotransport vositalarining boʻsh oʻtishi uchun ikkinchi Tomon ruxsatnomalariga ega boʻlishi kerak.
2. Tirkamali yoki yarim tirkamali yoki ularsiz yuk avtomobili tomonidan amalga oshirilgan har bir yuk tashishga alohida ruxsatnoma berilishi kerak. Bunday ruxsatnoma, agar ruxsatnomaning oʻzida boshqa narsa qayd etilmagan boʻlsa, u tomonga va orqa tomonga bitta qatnovni amalga oshirish huquqini beradi. Uchinchi mamlakatlarga va uchinchi mamlakatlardan yuklarni tashishga maxsus ruxsatnoma talab etiladi.
3. Ruxsatnoma bir Ahdlashuvchi Tomon tashuvchilariga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan ikki punkt orasida yuklarni tashishni amalga oshirish huquqini bermaydi.
7-modda
6-moddaga muvofiq quyidagilar uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:
a) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida vaqtincha boʻladigan shaxslarning shaxsiy isteʼmol buyumlarini tashish;
b) bilim orttirish va shunga oʻxshash maqsadlar uchun vaqtincha olib kiriladigan yoki olib ketiladigan sanʼat asarlari, buyumlar va uskunalarni tashish;
v) teatr, musiqa va film tomoshalari yoki sport tadbirlari, yarmarkalar va koʻrgazmalar yoki radio uchun, televideniyaga va kinoga olish uchun moʻljallangan buyumlar, uskunalar yoki hayvonlarni tashish, agar bu buyumlar va uskunalar olib kelinsa va qaytarib olib ketilsa;
g) vafot etganlarning jasadlari va hokini tashish;
d) pochta tashish;
e) yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan foydali yuk koʻtarishi, tirkama yuk koʻtarishini qoʻshib hisoblaganda, 3,5 tonnadan oshmaydigan transport vositalari bilan yuk tashish;
j) shikastlangan avtotransport vositalarini yoki taʼmirlashni talab etadigan avtotransport vositalarini tashish;
z) kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (xususan tabiiy ofatlar chogʻida) tibbiy yordam uchun moʻljallangan dori-darmonlar va tibbiy asboblar, uskunalar yoki boshqa materiallarni tashish.
8-modda
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilari uchun ruxsatnomalarni Slovakiya Respublikasi vakolatli organi yetkazib beradi va bu ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organi qarori asosida beriladi.
2. Slovakiya Respublikasi tashuvchilari uchun ruxsatnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organi yetkazib beradi va bu ruxsatnomalar Slovakiya Respublikasi vakolatli organi qarori asosida beriladi.
9-modda
1. Ushbu Bitimning 16-moddasiga muvofiq tashkil etilgan Qoʻshma komissiya tashqi savdo va tranzit transportining holatini hisobga olgan holda har bir davlat uchun kelgusi yilga ruxsatnomalarning zarur miqdorini belgilaydi.
2. Ushbu modda 1-bandiga muvofiq belgilangan ruxsatnomalar etarli boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuv boʻyicha yil davomida qoʻshimcha ruxsatnomalar berishlari mumkin.
Umumiy qoidalar
10-modda
10-modda
Bir Ahdlashuvchi Tomon tashuvchilari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida amal qiluvchi harakat va foydalanish qoidalariga, shuningdek tegishli bojxona qoidalarga rioya etishga majburdirlar.
11-modda
Ahdlashuvchi Tomonlardan birida joylashgan boʻlib, ushbu Bitim asosida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida tashishlarni amalga oshirayotgan tashuvchilar, ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonda amal qilayotgan davlat ichki qoidalariga muvofiq soliqlar, maʼmuriy-boshqaruv va boshqa yigʻimlarni toʻlaydilar.
12-modda
Ushbu Bitim yoki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi boshqa xalqaro bitimlar bilan tartibga solinmagan barcha masalalarda tashuvchilar ular hududida turgan davlatlar ichki qonun hujjatlariga amal qiladilar.
13-modda
1. Agar transport vositasi yoki yukning ogʻirligi va oʻlchamlari ikkinchi Tomon hududida yoʻl qoʻyiladigan transport vositasi va yuk ogʻirligi hamda oʻlchamlaridan ortiq boʻlsa, bunday tashish ana shu Tomon vakolatli organi bergan maxsus ruxsatnoma boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
2. Xavfli yuklar va chiqindilarni tashishda ham maxsus ruxsatnoma boʻlishi zarur.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq berilgan maxsus ruxsatnomalar, avtotransport vositasining maʼlum yoʻnalish boʻyicha harakatlanishini chegaralaydi.
14-modda
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida har ikki mamlakat vakolatli organlari transport vositalariga bergan roʻyxatga olish hujjatlarini va nomer belgilarini, shuningdek avtotransport vositasini boshqarish huquqini beradigan guvohnomalarini tan oladi.
2. Ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida roʻyxatga olingan, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida xalqaro tashishlarni bajarayotgan avtotransport vositalarining haydovchilari milliy yoki xalqaro haydovchilik guvohnomalariga, tegishli avtotransport vositalariga, milliy hujjatlarga va xalqaro normalarga muvofiq boshqa hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
3. Ushbu Bitim qoidalariga muvofiq talab etiladigan ruxsatnoma va boshqa hujjatlar ular taalluqli boʻlgan avtotransport vositasida boʻlishi va istalgan paytda vakolatli nazorat qiluvchi organlar talabi boʻyicha etilishi kerak.
15-modda
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tashuvchisi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida ushbu Bitim qoidalarini buzsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organlari bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organlarini xabardor qilishlari kerak.
a) tashuvchiga, agar u takror qoidabuzarlikka yoʻl qoʻysa, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida tashishlarni amalga oshirish imkoniyatidan qisman yoki toʻla mahrum etilishi haqida yozma ogohlantirish berish;
b) tashuvchining ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida tashishlarni amalga oshirish huquqini vaqtincha, qisman yoki toʻla bekor qilish.
3. Bunday qarorni qabul qilgan vakolatli organ bu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organini xabardor qilishi kerak.
16-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga ushbu Bitimda belgilangan tadbirlarni amalga oshiradigan vakolatli organlarni xabardor qiladilar hamda barcha zarur statistik va boshqa axborotni almashadilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar Qoʻshma komissiyani tuzadilar, bu komissiya yiliga kamida bir marta yoki zarurat tugʻilganda esa u istalgan Tomon talabi boʻyicha toʻplanadi. Qoʻshma komissiya ushbu Bitimni roʻyobga chiqarish usulini belgilaydi.
17-modda
1. Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim nomaʼlum muddatga tuzilgan. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri yozma tarzda ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bu holda Bitimning amal qilishi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi xabarni olgan sanadan olti oy oʻtgandan keyin toʻxtatiladi.
Bratislava shahrida 1997-yil 17-yanvarda ikki nusxada, har biri oʻzbek, slovak va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadlarida rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)