27.05.2013 yildagi 254-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Fargʻona tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda toza ichimlik suvini sarflash meʼyoriy miqdorini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman aholisini uzluksiz ichimlik suviga ehtiyoji sezilayotganligiga qaramay, suvni isrof qilish va undan nazoratsiz foydalanish holatlari koʻp uchramoqda. Bu masala oʻrganilganda, aholi tomonidan ichimlik suvini sarflanishi belgilangan amaldagi miqdoriy meʼyorlaridan 3-4 barobar ortiq ekanligi ayon boʻldi. Ayrim joylarda sugʻorish shoxobchalari yoʻqligi, mavjud ariqlarning koʻmib tashlangani tufayli yoz mavsumida aholi tomonidan tomorqalarni ichimlik suvi bilan sugʻorish va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari uchramoqda, shu bilan birga suv quvurlarini teshilishi, suv joʻmraklarining yaroqsizligi va suvni ochiq holda qolishi natijasida katta suv isrofgarchiligiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muammolar natijasida, Fargʻona tumani “Suvoqava” ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan talab darajasida uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berishda uzilish holatlari kuzatilmoqda. Ichimlik suvini yoʻqotilishi korxonaning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatib, ishlab chiqarish jarayonida joriy va mukammal taʼmir ishlari oʻz vaqtida bajarilmasligiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda ichimlik suvidan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish va aholi tomonidan isteʼmol qilinayotgan umumiy ichimlik suv miqdori meʼyorlarini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 3-bandiga asosan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasini qoʻllab qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman “Suvoqava” ishlab chiqarish davlat korxonasi (S. Qodirov), “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlimi (Y. Tillaboyev) hamda tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini xatlovdan oʻtkazishda, suv oʻlchagichlarni oʻrnatilishida amaliy yordam berish hamda joylarda ichimlik suvini behuda isrof qilmasdan, samarali foydalanishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududlaridagi aholiga toza ichimlik suvini isrof qilinishini oldini olish borasida yetarli tushuntirish hamda tashviqot ishlarini olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomonidan ariqlarni koʻmib oʻrniga qurilish ishlarini amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslikni nazoratga olish taʼkidlab oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman aholisi uchun toza ichimlik suvini sarflanish miqdori meʼyori tuman “Suvoqava” ishlab chiqarish davlat korxonasining 2013-yil 26-apreldagi 33-sonli taqdim etgan xatiga asosan quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xovli uy joyda yashovchi xar bir kishi uchun ajratilgan umumiy ichimlik suvi sarflanish meʼyori — 15 m3/oy miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli uylarda yashovchi xar bir kishi uchun ajratilgan umumiy ichimlik suvi sarflanish meʼyori — 10 m3/oy miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻcha joʻmraklaridan foydalanuvchi xar bir kishi uchun ajratilgan umumiy ichimlik suvi sarflanish meʼyori — 5 m3/oy miqdorida etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (X. Ashuraliyev)ga tuman markaziy koʻchalarida va boshqa hududlardagi obodonlashtirish maydonlarini sugʻorilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududlaridagi obodonlashtirish maydonlarini, gulxonalarni sugʻorish ishlarini olib borilishini yoʻlga qoʻyish hamda suv isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymasliklari tavsiyaviy xususiyatga ega ekanligi eslatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilib borishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim S. IMOMALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vodil sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-son