Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompleksi” ochiq aksiyadorlik jamiyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyuldagi 152-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompleksi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirishni va uning tomonidan koʻrsatilayotgan koʻrgazma-yarmarka xizmatlari samaradorligini oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-iyul,
197-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 197-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompleksi” ochiq aksiyadorlik jamiyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyuldagi 152-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomidagi “milliy koʻrgazma kompleksi” soʻzlari “milliy koʻrgazma kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda, aksiyalarning qoʻshimcha emissiyasini bozor qiymati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari oʻrtasida ularning investitsiya majburiyatlariga mutanosib ravishda joylashtirgan holda, “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini koʻpaytirishni belgilangan tartibda taʼminlasin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 361-modda)